O‘qituvchi test natijalarini sarhisob qiladi.
Topshiriq
“Kaftlarimiz” mashqlari. Qo‘llaringizni qog‘ozga qo‘ying, barmoqlaringizni yoyib, qo‘llaringiz konturlari atrofini qalam bilan chizing. Keyin qog‘ozdagi har bir barmoq orasiga o‘zingiz haqingizda biron bir yaxshi narsa yozing: “Men go‘zalman”, “Men kuсhliman” va boshqalar. Keyin bajargan ishingizni (qog‘ozga imzo qo‘yib) kelgusi mashg‘ulotga olib keling. Ularni guruhda birma-bir o‘qib chiqamiz. Bajarilgan ish kimga tegishli ekanligini aniqlaymiz.
8-mavzu. Mening fe’l-atvorim, kamchiliklarim va afzalliklarim
M ashg‘ulotning ta’limiy maqsadi: O‘quvchilarga berilgan mavzu yuzasidan bilimlar berib, ularda amaliy ko‘nikma va malakalarni shakllantirish. Ta’lim jarayonida mehnat, kasb, xarakter tushunchalari, xarakterning ijobiy va salbiy xususiyatlari, xarakterning aks etishi kabi tushunchalar bilan tanishtirish.
Mashg‘ulotning tarbiyaviy maqsadi: O‘quvchilarni Ona-Vatanga muhabbat va milliy iftihor tuyg‘usi ruhida tarbiyalash. Temperament, xarakter, o‘ziga baho berish, o‘z imkoniyatlarini amalga tatbiq etish kabi xususiyatlarni tarbiyalash.
Mashg‘ulotning rivojlantiruvchi maqsadi: Olgan bilimlarni amaliyotga tatbiq etish. Mustaqil kasb tanlashga ijobiy munosabatini, qiziqish hamda ehtiyojini shakllantirish. O‘z-o‘zini tahlil qilish –o‘z xarakterini, intellektual qobiliyatini, mahoratini, jismoniy kuchini aniqlash imkonini shaklantirish.
Mashg‘ulot uchun jihozlar: audio va video materiallar, tarqatma materiallar, mavzuga oid rasmlar.
Mashg‘ulot turi: suhbat, bahs-munozara, savol-javob.
Mashg‘ulotning borishi: 45 daqiqa
Xarakter [yun. – xususiyat, o‘ziga xoslik] degan ma’noni bildiradi.
1) odam, narsa va hodisalarning o‘ziga xos xususiyati bor (masalan, joy xarakteri);
2) psixologiyada – odamning xatti-harakati va atrof muhitga munosabatida namoyon bo‘ladigan shaxsiy xususiyatini bildiradi.
Har bir insonning o‘ziga xos xususiyatlari bor. Xarakter og‘ir yoki engil, kushli yoki kushsiz bo‘lishi mumkin. Xarakter - bu turli xil insoniy fazilatlarning barqaror birikmasi. Qo‘rqoq odam biron bir qat’iyatli harakat qilishi, yoki muloyim odam qo‘pol harakat qilishi mumkin. Ammo jasur yoki qo‘pol odam uchun bunday xatti-harakatlar odatiy hisoblanadi, ya’ni- tipik. Yaxshi va yomon fazilatlar kichik harakatlardan kelib chiqishi -bu tabiiy.,
Hesh kim ochko‘z, dangasa, g‘azablangan, adolatsiz va hasadgo‘y odamlarni yoqtirmaydi. Xarakter insonning barcha xatti-harakatlariga, fikrlari va hissiyotlariga o‘rnashgan bo‘ladi. Odamni yoshi qanchalik katta bo‘lsa, uning xarakterini o‘zgartirish shunchalik qiyin bo‘ladi. Sizning fe’l-atvoringiz hali shakllanmagan bo‘lsa, kelajakda siz va yaqinlaringizning hayotiga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan xususiyatlardan xalos bo‘lishingiz mumkin.
Biror kishining fe’l-atvori, avvalambor, uning harakatlariga qarab baholanishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |