Xo‘jaIik ishlari bo‘yicha o‘rinbosarming zimmasiga kassirlik vazifasi yuklatilgan holatda:
Ta’lim tashkiloti kassiri naqd pullarni davlat bankidan qabul qilish va topshirish bo'yicha kassa operatsiyalari 0‘zbekiston Respublikasi Qonunchiligiga muvofiq tasdiqlangan birlamchi hisob hujjatlari shakllari bilan rasmiylashtiradi.
Kassa operatsiyalari hisobini O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlangan shakl bo‘yicha maxsus kassa daftarida yuritadi hamda kassa daftarini o‘chirishlar va taqiqlanmagan tuzatishlar qilishga yo‘l qo‘ymasdan olib boradi.
Ta'lim tashkiloti xodimlariga ish haqi va unga tenglashtirilgan toiovlar (ya’ni xizmat safari xarajatlari kasallik varaqalari, suyunchi pullari, qarilik nafaqalari, 2 yoshgacha bolasiga qarayotgan onalarga to‘lanayotgan nafaqalar) bo‘yicha bankda naqd pulga buyurtma beradi va naqd pul oladi hamda xodimlariga o‘z vaqtida berilishini ta’minlaydi. Kundalik tarqatilgan naqd pullar haqida ta’lim tashkilot rahbariga hisobot berib boradi. Kassaga doir barcha moliyaviy hujjatlar va kassa kitobini yuritadi.
Kassada pul mablag‘larining saqlanishini va tarqatilmagan pul mablag'larini bank muassasasiga qaytib topshirishga javobgar hisoblanadi.
Xo‘jalik ishlari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga qo‘yidagi malaka talablari qo‘yiladi:
0‘rta maxsus ma’lumot;
Amaliy ish staji talab qilinmaydi.
MTT ichki imkoniyatlafiidan chiqib kelgan xolda tuzilgan PSIXOLOG-TARBIYACHI LAVOZIMINING MALAKA TAVSIFLARI Psixolog - tarbiyachi lavozim majburiyatlariga quyidagilar kiradi:
Tarbiyalanuvchilarni ruhiy, jismoniy va ijtimoiy jihatdan sogTom iqlimni saqlashda mutaxasislik faoliyatini ko‘rsatadi.
Bolalar huquqi haqidagi bitimga rioya qilgan hamda shaxsini ijtimoiy himoya qilishda qatnashadi.
Bolalar ruhiga ta’sir qiluvchi sabablami aniqlaydi va ruhiy yordam beradi (maslahatlar berish, ruhiy yordam berish).
Turli muammoli masalalar yuzasidan tarbiyachi , bolalar. ota-onalar va pedagogik xodimlarga yordam beradi.
Ruhiy tashxis qo‘yadi va davolash usullarini ko‘rsatadi, tekshirish natijalariga qarab ota-onalar, bolalar va xodimlaming ijtimoiy rivojlanishini yaxshilash yo'llarini ko'rsatadi, ko‘rsatilgan usul asosida hujjat yuritadi va belgilangan joyda ishlatadi.
Tarbiyachilaming rivojlanish o'qav-tarbiya faoliyatlarini yaxshilashni hisobga olgan holda dastur tuzishda qatnashadi. Qobiliyatli kuchli bolalarni ruhshunos sifatida qo‘llab quvvatlaydi, rivojlanishlarida, yordam beradi. Aqliy, jismoniy va ruhiy tomondan kamchiligi bor bolalarni aniqlaydi, jismoniy rivojlanishdagi kamchiliklarini ham aniqlaydi va yaxshilashga yordam beradi.
Tarbiyachi va xodimlarga ruhiy jihatdan tarbiya berish usullarini o‘rgatadi va suhbatlar o'tkazadi.
Ota-onalar va tarbiyachilami ijtimoiy ruhiy xabardorliklarini oshirib boradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |