Psixolog-tarbiyachi lavozimiga quyidagi malaka talablari qo‘yiladi:
Oliy pedagogika va psixologiya to'g‘risida ma'lumot va kichik yoshdagi bolalarni tarbiyalash bo‘yicha kurslami tugutganlik.
Amaliy ish staji talab qilinmaydi.
KATTA TIBBIYOT HAMSHIRASI LAVOZIMINING MALAKA TAVSIFLARI
Katta tibbiyot hamshirasi lavozimi majburiyatlariga quyidagilar kiradi:
Tashkilotni bino va hovlisini tozaligini nazorat qiladi.
Tibbiyot xodimi shifokor (vrach) bolalarni ko‘rikdan o'tkazishga tayyorlaydi, bolalarni ko‘rikdan o‘tkazayotganda ishtirok etad. tanani sog‘lomligini ko‘radi, tanani ayrim qismlarini oichaydi, emlashni bajaradi, tibbiyot xodimini, shifokomi belgilagan vazifasini bajaradi. Tozalik saqlanishini nazorat qiladi.
Bolalar tanasini chiniqtirish tadbirlarini belgilaydi va bajaradi, kundalik tartibni to‘g‘ri va to‘liq bajarilishiga javobgardir.
Sog'lomlashtirish tadbirlarini o'tkazadi, ertalabki jismoniy mashqlarni, jismoniy tarbiya mashg'ulotlarini, saymi to‘g‘ri tashkil etish va o‘tkazish, bolalar zaharlanishiga qarshi chora- tadbirlar ko'radi va bajaradi, nazorat qiladi.
Kasalligi tufayli kelmagan bolalami hisobga oladi, kasal boiib qolgan bolalarni guruhdan chetlashtiradi. Alohida xonaga yotqizadi va nazorat qilib turadi.
Ertalabki bolalarni qabul qilish vaqtida termometr qo‘yish orqali sog'lig'ini tekshiradi. Kasal bo'lgan va tuzalib qaytgan bolalarga alohida e’tibor beradi.
Kundalik tozalikni nazorat qiladi, tarbiyachilar tomonidan bolalami ertalab qabul qilishda qatnashadi.
Turli xil dori-darmon, dezenfeksiya qiladigan dorilarni olishga hujjat tayyorlaydi.
Ota-onalar o'rtasida va tarbiyachilarga ilmiy-oqartuv ishlarini olib boradi.
Hamma xodimlarni tibbiy ko‘rikdan o'tishlarini nazorat qiladi.
Tibbiy hujjatlarni to‘g‘ri va o‘z vaqtida yuritadi, bolalarning kasal boiish sabablarini ma'sul xodimlar bilan muhokama qiladi va kasallikni oldini olish chora-tadbirlarini belgilaydi. Pedagogik kengashda qatnashadi, bolalarning sog‘lig‘i, ko'rilgan chora-tadbirlar haqida ma’ruza qiladi. YUqumli kasalliklar haqida ko'rgazma tashkil etadi.
Oshxona xodimlari, enaga va yordamchi tarbiyachilar uchun har oyda maslahatlar beradi. Oshxona xodimlarini yaralariga e’tibor qiladi va yozib qo‘yadi.
Bolalarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatadi, lat egan bolalarni o‘sha zaxoti maxsus bo’limga olib borib ko‘rsatiladi. YAqin shifokor xona bilan bog'lanib turadi. Turli yangiliklardan xabardor bo'ladi.
Agar tashkilot oshxonasida ovqatlarni ta’mini ko'ruvchi hamshira bo'lmasa uni o‘rniga ham o‘zi ishlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |