Kasblarning milliy standart klassifikatori bo'yicha kodi
TA’LIM TASHKILOTI RAHBARINING XOJALIK ISHLARI BO‘YICHA 0‘RINB0SARI LAVOZIMINING MALAKA TAVSIFLARI
Download 286.13 Kb.
|
Ta\'lim tashkilot xodimlarining lavozim yo\'riqnomalari
TA’LIM TASHKILOTI RAHBARINING XOJALIK ISHLARI BO‘YICHA 0‘RINB0SARI LAVOZIMINING MALAKA TAVSIFLARI
Xo‘jalik ishlari bo‘yicha o‘rinbosari lavozim majburiyatlariga quydagilar kiradi: Tashkilot binolarining texnik holatiga, ya’ni saqlanishiga, barcha moddiy boyliklar (inventarlar, turli o’quv ko‘rgazmali jixozlar)ning saqlanishiga javobgardir. Ta’lim tashkilotidagi xo'jalik ishlarini nazorat qilish, har oyda hisobxonaga, ishchi-xodimlarni ishga kelganligi haqida tabelb topshirish. Hisobxonaga oy oxirida kirim, chiqim qilingan moddiy tovar boyliklaming (muassasaga olib kelingan inventarlami, xo‘jalik va kanselyariya mollarini kirim qilish, ularni o'z vaqtida tarqatish, ro‘yxatdan chiqarilgan moddiy boyliklarni chiqim qilish) aylanma qaydnomasini topshirish. Har o‘quv yili boshlanguncha barcha jihozlarni ta’mirlash, ro'yxat bo‘yicha jixozlarni mudira, tarbiyachilar va ishchi xodimlarga belgilangan tartibda topshirish va o‘quv yili yakunlanganda ularni butun holatda qabul qilib olish. Kommunal xizmat ko’rsatadigan har bir tashkilot bilan ajratilgan limitlar asosida, belgilangan tartibda shartnomalar tuzish hamda xududiy g'aznachilik bo'limlaridan ro‘yxatdan o‘tkazish uchun tashkilot hisobchisiga taqdim etish. Kommunal to‘lovlar (gaz, suv, elektr va issiqlik energiyasi) bo'yicha hisoblagichlami kundalik ko'rsatkichlarini olib. tahlil qilgan holda, byudjetdan ajratilgan mablag‘lardan tejamkorlik bilan foydalanishni tashkil qilish. Telefon tarmoqlaridan foydalanishda, aloqaning uzluksizligini, sifatini nazorat qilish hamda aloqa buzilgan hollarda xududiy telefon tarmoqlari boiinmalariga xabar berib, aloqani tiklash choralarini ko'rish. Ta’lim tashkilotining sanitariya holatini talablar darajasida bo'lishida farroshlar, binoni qo‘riqlashda qorovullar, atrof-muhitni obodonlashtirishda bog‘bonlar ishini to‘g‘ri tashkil qilish. Bir yilda bir marta tashkilot hisobchisi bilan birgalikda moddiy boyliklarni turlari bo'yicha inventarizatsiya qilish. Tashkilotda xodimlar o'rtasida shanbaliklarni, ko'kalamzorlashtinsh va obodonlashtirish ishlarini tashkil etish va ularda faol qatnashish. Qish mavsumida issiqlik tizimidan foydalanishda xizmat ko‘rsatuvchi tashkilot bilan tuzilgan shartnomaga asosan issiqlik bosimining etarli darajada bo'lishini, uning davomiyligini, issiqlik etarli darajada bo‘lmagan kunlarda xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotga ma’lum qilish hamda ushbu kunlarni ro‘yxatga olib, tashkilot hisobchisiga issiqlik uchun to‘lab beriladigan mablag‘larni qayta hisob-kitob qilish haqida ogohlantirish. Kuz-qish mavsumiga tashkilot binosi tomlarini, oyna va romlarini, isitish tizimini, kanalizatsiya quvurlarini ta’mirlab, tayyor holga keltirish. YAkka tartibda isitiladigan ta'lim tashkilotlarida qattiq va suyuq yoqilg‘i materiallarini vaqtida etkazish va sifatli saqlash, ularni belgilangan miqdorlarda sarflash hamda isitish tizimini optimal darajada ishlashini ta’minlash. YOng’in xavfsizligi asboblarini etarli darajada bo’lishini nazorat qilish. Download 286.13 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling