Bilishi lozim:
0‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to'g‘risida”gi, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to'g'risida”gi va “Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi qonunlarini;
o‘z kasbiga oid bo'lgan maktabgacha ta’lim tashkilotiga qo‘yilgan davlat talablarining mazmunini;
v) hukumatning tegishli qarorlari, maktabgacha ta'limi vazirligi tomonidan chiqarilgan normativ-huquqiy hujjatlarni, tarbiyalanuvchilami maktab ta'limiga tayyorlash dasturi va tarbiyaviy ishlar konsepsiyasini;
g) maktabgacha pedagogika va psixologiyani, defektologiya asoslarini, yosh anatomiyasi va fiziologiyasini;
maktabgacha yoshdagi bolalami o‘qitish va tarbiyalash shakl va metodlarini, jumladan maktabgacha yoshdagi bolalarga tilni. matematikani, tabiatshunoslikni, tasviriy san atni o‘qitish metodikalarini. mehnat ta’limini, musiqiy va jismoniy tarbiyani o'rgatishni, bolalar o'qitilayotgan tilning grammatik tuzilishi va so'z tarkibini;
pedagogik fan va amaliyotda ishlab chiqilgan metodik hujjatlarni. o‘quv va tarbiya jarayonida o‘qitish texnikaviy vositalaridan foydalanish amaliyotini;
j) maktabgacha yoshdagi bolalarning ommaviy o‘yinlarini tashkil qilish qoidalarini, gigiena asoslarini.
Malaka talablari:
o'z yo'nalishi bo'yicha kamida bakalavr darajasidagi oliy pedagogik yoki o'z yo'nalishi bo'yicha o'rta maxsus pedagogik ma’lumot;
amaliy ish staji talab qilinmaydi.
Tashkiloti tarbiyachisiga ikkinchi malaka toifasini berish quyidagi asosiy ko‘rsatkichlar bilan aniqlanadi:
tashkilot tarbiyachisiga qo‘yiladigan umumiy talablarga javob berishi;
maktabgacha tarbiya va ta'limning zamonaviy pedagogik texnologiyalarini bilishi;
bolalar bilan o'zaro munosabatlarda ularning individual va yosh guruhlari xususiyatlarini
bilishi;
ta’lim-tarbiya jarayonida bolalarning qiziqishi va sog‘lig‘ini hisobga olgan holda yondoshishi; ta’lim jarayonida qulay shart-sharoit yaratish, amaliy faoliyatida ta'lim jarayonining xilma- xilligini (variantliligini) ta’minlovchi metodlar, usullar va vositalarni qo'llay olishi;
tarbiyalanuvchilami “Ilk qadam ” dasturi orqali Davlat talablariga mos holda bilim olishini ta’minlashi;
Tashkilot ijtimoiy faoliyatida faol qatnashishi;
o'z yo'nalishi bo'yicha oliy yoki o'rta maxsus ma’lumotli hamda tarbiyachi vazifasida uch yildan kam bo'lmagan mehnat stajiga ega bo'lishi; malaka oshirish kurslarini belgilangan muddatlarda o'tishi bilan.
Magistr darajasiga ega bo'lgan pedagogik xodimga attestatsiya o'tkazilmasdan ikkinchi malaka toifasi beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |