Kasblarning milliy standart klassifikatori bo'yicha kodi
Download 286.13 Kb.
|
Ta\'lim tashkilot xodimlarining lavozim yo\'riqnomalari
Lavozim vazifalari:
tarbiyalanuvchilami har tomonlama uyg'un rivojlantirish va tarbiyalash ishlarini tashkil qilish, ularni davlat talablariga muvofiq maktabda o'qishga tayyorlash; kichik, o'rta va katta yoshdagi tarbiyalanuvchilami aqliy va jismoniy rivojlantirishga. muomala ko'nikmalarini shakllantirishga qaratilgan turli xildagi tadbirlardan foydalanish, jumladan guruh va individual mashg‘ulotlar, o‘yinlar, sahnalashtirishlar, tabiatga ekskursiyalar tashkil qilish; v) tarbiyalanuvchilaming individual xususiyatlarini, qiziqishlari va mayllarini o‘rganish; g) ta’lim-tarbiya dasturlarini muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun guruhlarda zarur sharoitlar yaratish; guruhdagi har bir bolaning holati va sog'lig'ini nazorat qilish, maktabgacha ta'lim muassasasi tibbiy xodimlari bilan birgalikda tarbiyalanuvchilaming sog'lig‘ini mustahkamlashga, ruhiy-jismoniy rivojlanishiga ko‘maklashuvchi tadbirlarni muntazam o‘tkazish; tarbiyalanuvchilar sog‘lig‘idagi o‘zgarishlar to‘g‘risida maktabgacha ta'lim muassasasi mudirini, tashkilot tibbiy xodimlarini, ota-onalami o‘z vaqtida xabardor qilish; j) tarbiyalanuvchilaming maktabgacha ta'lim tashkilotiga qatnovini hisoblash tabelini yuritish, ularni tashkilotga kelmaganlik sabablarini aniqlash, tibbiy xodimlami muassasaga kelmagan tarbiyalanuvchilar to‘g'risida xabardor qilish; z) o‘quv-tarbiyaviy ishlarni rejalashtirish, tarbiyalanuvchilar uchun o'rnatilgan kun tartibini bajarishni ta’minlash, ular to'g'risida ota-onalar bilan suhbatlar olib borish; i) ta’lim tashkiloti faoliyatiga qo‘yilgan sanitariya-gigiena talablari, mehnatni muhofaza qilish, texnika va yong‘in xavfsizligi qoidalari talablariga rioya qilish; y) tarbiyalanuvchilami ichimlik suvi bilan ta’minlash va bolalar uchun qo'yilgan sanitariya- gigiena talablariga rioya qilish. Download 286.13 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling