Birinchi malaka toifasini berish quyidagi asosiy ko‘rsatkichlar bilan aniqlanadi:
ikkinchi toifa pedagogga qo'yilgan barcha talablarga javob berish;
bolaning intellektual va shaxsiy rivojlanish darajalarini diagnostik taxlil qilish usullarini
bilishi;
maktabgacha yoshdagi bolalarga ta’lim va tarbiya berishning zamonaviy texnologiyalarini
bilishi;
ta’lim jarayonida dastur va texnologiyalami ijodiy qo'llashi;
ilg‘or ish tajribalari maktabgacha ta’lim muassasasida ommalashtirilishi, metodik tavsiyalar yaratish;
o‘z yo'nalishi bo'yicha oliy yoki o'rta maxsus ma’lumotli hamda tarbiyachi vazifasida uch yildan kam bo'lmagan mehnat stajiga ega bo‘lishi; malaka oshirish kurslarini muntazam o'tishi; ikkinchi toifali tarbiyachi lavozimida kamida uch yil ish stajiga ega bo'lishi bilan.
Oliy malaka toifasini berish quyidagi asosiy ko‘rsatkichlar bilan aniqlanadi: birinchi toifa pedagogga qo'yilgan barcha talablarga javob berishi;
maktabgacha yoshdagi bolalar ta’lim-tarbiya jarayonida umumiy rivojlantiruvchi dastur va texnologiyalami, bolaning psixik rivojlanish darajalarini hamda bolalar bilan korreksion ishlash asoslami bilishi;
yangi pedogogik texnologiyalar va metodikalami ishlab chiqishi, ularni tadqiqot eksperemental faoliyatlarda ishtirok etgan holda sinashi;
bolaning rivojlanish muhitini mustaqil yarata olishi, shuningdek, ta'lim va tarbiyaning ko'rgazmalar, o'yinlar, original vositalari muallifi bo'lishi;
ilg'or ish tajribalari tuman yoki shaharda ommalashtirilishi, metodik tavsiyalar va uslubiy qo'llanmalar yaratishi;
o‘z yo'nalishi bo'yicha oliy pedagogik ma'lumotli hamda birinchi toifali tarbiyachi lavozimida kamida uch yil stajga ega bo'lishi, malaka oshirish kurslarini muntazam o'tishi bilan.
Tartib raqami
|
5482
|
Kasblarning milliy standart klassifikatori bo'yicha kodi
|
5131
|
Xodimlar toifasi
|
Xizmat ko'rsatuvchi xodim
|
Do'stlaringiz bilan baham: |