Boshqa savollar kelib chiqqan taqdirda mijozga 781401414 raqami orqali aloqa markaziga murojaat qilishni maslahat berish lozim.
korzinka.uz mobil ilovasidan foydalanish bo‘yicha yo‘riqnoma
Asosiy vazifalar:
Avvaldan mavjud bo‘lgan (mijoz ilgari do‘konlarimizdan birida ochgan) sodiqlik kartasini qo‘shish.
Yangi virtual sodiqlik kartasini ro‘yxatdan o‘tkazish (kartaning jismoniy analogi yo‘qligi tufayli uni faqatgina ilova yordamida ishlatish mumkin).
Uzcard va Humo bank kartalarini qo‘shish
Sodiqlik kartasi va bank kartalarini yagona QR-kod orqali ishlatish. Ilovada har 30 soniyada yangilanadigan QR-kod hosil bo‘ladi. Mazkur QR-kodni kassirga taqdim qilib, bir vaqtning o‘zida sodiqlik kartasiga bonuslar yig‘ish va bonuslarni ishlatish, shuningdek, bank kartasi hisobidan to‘lash mumkin. Ilovadagi mazkur funksiya qurilmada internet o‘chgan taqdirda ham ishlaydi.
Ilova orqali sodiqlik kartasidan yechib olinadigan summaning eng ko‘p miqdori – 200 000 bonus, kartaning o‘zidan esa – cheklanmagan.
Bank kartasidan yechib olinadigan enga kam miqdor – 1000 so‘m
Ilovadagi mazkur funksiya qurilmada internet o‘chgan taqdirda ham ishlaydi.
Sodiqlik kartalarini bloklash va blokdan chiqarish. Agar mijoz kartani oldindan ilovaga biriktirib qo‘ygan bo‘lsa, karta yo‘qolganda uni mustaqil ravishda bloklashi mumkin.
Bank kartasini bloklash. Agar mijoz bank kartasini oldindan ilovaga biriktirib qo‘ygan bo‘lsa, karta yo‘qolganda uni mustaqil ravishda bloklashi mumkin. Ammo mijoz uni blokdan chiqarish uchun pasport bilan bankka murojaat qilishi kerak.
Do‘konlar bo‘ylab navigatsiya. Ilovada xarita mavjud bo‘lib, unda sizni qiziqtirgan do‘konni topishingiz, ish vaqtini ko‘rish, shuningdek, google map yordamida unga yo‘nalishni belgilashingiz mumkin.
Sharhlar. Ilovada (*bilan belgilangan) kerakli maydonlarni to‘ldirgan holda o‘z fikr-mulohazalaringiz yoki savollaringizni qoldirishingiz mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |