Ehtimoliy xatoliklar.
Bank kartasidan yechiladigan minimal miqdor 1000 so‘mni tashkil etadi, agar belgilangandan kam miqdorni ko‘rsatgan bo‘lsangiz, kassa ekranida quyidagi xabar paydo bo‘ladi:
va bank kartasi orqali to‘lov amalga oshmaydi. Agar sodiqlik kartasi orqali to‘lov miqdori ko‘rsatilgan bo‘lsa, u holda to‘lov amalga oshadi.
Agar mijoz eskirgan QR-kodni taqdim etgan yoki mobil telefonida vaqt qo‘l rejimida o‘rnatilgan bo‘lsa (“Avtomatik sozlash” rejimida emas), kassa ekranida quyidagi xabar paydo bo‘ladi:
“Bekor qilish” tugmasini bosish kerak, shundan so‘ng ekranda quyidagi xabar paydo bo‘ladi:
Keyin “Bekor qilish” tugmasini bosish kerak. QR-kod yangilanganiga va telefonda vaqt avtomatik sozlash rejimiga o‘tkazilganiga ishonch hosil qilib, QR-kodini qayta skanerlash zarur.
Agar tovarlarni hisoblash rejimida kassir “Tab” tugmasini bosmagan va mobil ilovadagi QR-kodni skanerlagan bo‘lsa, u holda kassada quyidagi xatolik yuz beradi – Sodiqlik kartasi topilmadi. Mobil ilovadan foydalanish uchun “Sodiqlik kartasi”ni, so‘ngra “Tab” tugmasini bosing.
Kartani yuqoridagi ko‘rsatmalar asosida o‘tkazish lozim.
Agar kassir “Tab” tugmasini bosgan va sodiqlik plastik kartasining o‘zini skaner qilgan bo‘lsa, u holda kassada quyidagi xatolik ro‘y beradi – Kartadan mobil ilova orqali foydalanish kerak yoki telefonda noto‘g‘ri vaqt ko‘rsatilgan
Mijoz kartasini standart amaliyot bo‘yicha o‘tkazish kerak. Biroq, bordiyu mijoz mobil telefonida QR-kodni taqdim qilsa, undan telefonida vaqt to‘g‘ri o‘rnatilganligini tekshirib olishini so‘rash kerak. “Avtomatik sozlash” rejimi o‘chirib qo‘yilgan bo‘lishi mumkin.
Agar kassir mobil ilovadan foydalanganda bonuslarni yechib olish uchun 200 000dan ortiq miqdorni kiritgan bo‘lsa, u holda kassada quyidagi xatolik yuz beradi – Yechib olish miqdori limitdan oshib ketdi
Kassir “Bekor qilish” tugmasini bosishi va 200 000dan ko‘p bo‘lmagan miqdorni kiritib, qayta urinib ko‘rishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |