Kassirlar uchun yo‘riqnoma


Mobil ilova orqali to‘lov qilgandagi chek namunasi


Download 49.99 Kb.
bet4/5
Sana19.06.2023
Hajmi49.99 Kb.
#1625356
1   2   3   4   5
Bog'liq
Kassirlar uchun yo‘riqnoma (3)

Mobil ilova orqali to‘lov qilgandagi chek namunasi.
Masalan, 3990 so‘mlik mahsulot sotib olingan va mobil ilova orqali to‘langan: sodiqlik kartasidan 990 so‘m to‘langan, bank kartasidan 3 000 so‘m
SAVDO CHEKI N 1 05/03/2021 16:03:26
----------------------------------------------------------------
Жеват. резинка Orbit Эвкалипт 13,6г 3990,00 So'm
sh.j. QQS 15% 520,43 So'm
Sh.k. / MXIK 5545454556/4555665
MK -----------------------
----------------------------------------------------------------
HAMMASI: 3990,00 So'm
Shu jumladan QQS 520,43 So'm
To‘landi (Loyal): 990,00 So'm
Tuzatish QQS: -129,13 So'm
To‘landi Mobile Korzinka.uz: 3000,00 So'm
To'lov shakli: Plastik karta
----------------------------------------------------------------
KARTA DASTURI
BONUSLAR
Bor edi: 33364,92
Jami qo‘shildi: 0,00
Chek bo‘yicha bonus, 1%: 0,00
Olib qolindi: -990,00
Qoldi: 32374,92
Kassir uchun onlayn to‘lov miqdorini ko‘rsatadigan qo‘shimcha mini-chek:

SAVDO CHEKI N 1 05/03/2021 16:03:26


----------------------------------------------------------------
ONLAYN TO‘LOV
TO‘LANDI (JAMI): 3000,00 So'm
----------------------------------------------------------------
Mobile Korzinka.uz: 3000,00 So'm
----------------------------------------------------------------


  • Agar QR-kodida bank kartasi ma’lumotlarini o‘z ichiga olmagan mobil ilovaning eski versiyasi ishlatilayotgan bo‘lsa, QR-kod orqali to‘lov faqat sodiqlik kartasi orqali amalga oshiriladi. Eski ilova QR-kodini skaner qilinganda ekranda sodiqlik kartasidan to‘lov qilish oynasi paydo bo‘ladi:



Sodiqlik kartasi orqali to‘lovni bekor qilish uchun, “Bekor qilish” tugmasini bosish kerak.

  • Agar tovarlarni kiritish vaqtida kassir “Sodiqlik kartasi” tugmasini bossa, u holda ekranda sodiqlik kartasi kodini kiritish oynasi paydo bo‘ladi.


Mobil dastur orqali chekdagi sodiqlik kartasini faollashtirish uchun kassir "Tab" tugmasini bosishi kerak. Keyin ushbu oyna rangi o‘zgaradi.

Kassir QR-kodini skanerdan o‘tkazishi kerak. Shundan keyin mobil ilovada ko‘rsatilgan sodiqlik kartasi chekda faollashtiriladi.
Diqqat! Sodiqlik kartasini bu tarzda faollashtirish mobil ilova orqali to‘lov hisoblanmaydi. Mobil ilova orqali to‘lovni amalga oshirish uchun to‘lov rejimida ("To‘lash" tugmasini bosgandan keyin) QR-kodini qayta skaner qilish kerak.


  • Agar mobil ilovaga sodiqlik kartasi emas, faqatgina bank kartasi biriktirilgan bo‘lsa, u holda mablag‘ni yechib olish faqatgina ban kartasidan amalga oshiriladi. Bunday vaziyatda kassa ekranida sodiqlik kartasidan yechib olish imkoniyati bloklangan sodiqlik kartasidan: degan kulrang yozuvli oyna paydo bo‘ladi.


Kerakli miqdorlar ko‘rsatilganidan keyin, “Tovar kodi” tugmachasini bosish kerak. Yechib olinadigan miqdorni kiritish oynasi yopiladi va kassa belgilangan miqdordagi to‘lovlar qilishga so‘rov yuboradi. Agar bank kartasidan yechib olinadigan miqdor ko‘rsatilmagan va 0 ga teng bo‘lsa, u holda bank kartasidan yechib olish amalga oshirilmaydi. Agar mobil ilova orqali to‘lovni bekor qilish kerak bo‘lsa, “Bekor qilish” tugmasini bosish zarur. Yechib olinadigan miqdorni kiritish oynasi bu kartalardan mablag‘ yechmasdan yopiladi.



  1. Download 49.99 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling