Kechirganlari
Download 6.61 Mb. Pdf ko'rish
|
Tom Soyerning boshidan kechirganlari. Mark Tven
TO‘QQIZINCHI BOB
QABR1STONDAGI FOJIA Shu kecha Tom bilan Sid ikkovlari har safargidek, soat to'qqiz yarimda uxlashga ketdilar. Sid darrov uxlab qoldi, Tom esa uxlamasdan, chidamsizlik bilan signalni kutib yotdi. U bezovtalanib o‘ziga joy topa olmas, uning nazarida go У о hademay tong otib qolayotgandek tuyular edi. Biroq shu vaqt u soat o‘nni ko‘rsatib bong urganligini eshitdi. Uning diqqat boli- shi ham oVinsiz emas edi. U shu paytda dam-badam ag'darilib, oyoq-qollarini ham qo‘zg‘ata olmas, chunki Sidning uyg'onib qolishidan qo'rqar edi. Shuning uchun, u qorongllikda ko‘zi ochiq holda tinch yotar edi. Tevarak-atrofda jimjitlik hukm surar edi. Keyin sekin-asta bir xil ohangda tovushlar eshitila boshla- gandek boldi. Hammadan oldin soatning chiqillashi, keyin eski to‘sin yog'ochlarning sirli ravishda qasirla- gani, zinapoya-dagi ohista gljirlagan tovushlar eshiti la boshladi. Aftidan, shu vaqt uyda jinlar yurgandek bolardi. Polli holaning xonasidan xurrak tovushi ke lib turardi. Undan keyin eski binolarda boladigan va kishilar qolidan keladigan har qanday ustalik bilan ham yo'qotib bolmaydigan chigirtkalarning tovush- lari - yog'ochlar orasidagi chigirtkalarning chirfflash- lari va karavotning bosh tomonidagi devor orasida soatsoz-qo'nglzning chiqillagan mash’um tovushi eshitila boshladi. Tom bir seskanib ketdi. Shunday bolganda, biror kishining muqarrar ravishda olishi kutilar edi. Keyin qayoqdandir, uzoqdan bir itning uvlagan tovushi, undan nariroqda unga javoban, 81 yana bir itning tovushi eshitildi. Tom juda ogir va azobli daqiqalami kechirib turar edi. Nihoyat, u vaqt butunlay tamom bolib, endi abadiylik davri bosh- langan, deb ishondi va ixtiyorsiz mudray boshladi. Soat o'n bimi urdi, lekin Tom buni eshitmadi. Birdan uyqusi ichida ayanchli suratda miyovlagan tovushni eshitdi. Qo'shnilarining derazalari taraqlab ochilar- kan, u uygbnib ketdi. «Yo'qol nari, falokat, degan ovoz eshitilib, saroy devoriga borib tekkan bo'sh shisha jarangladi. Tom o'midan sakrab turib, tezgina kiyin- di-da, derazadan oshib tizzasi bilan oVmalab tomga chiqdi, haligi eshitilgan tovushga javoban bir-ikki marta mushuk bolib miyovlab ham qoydi. Keyin saroyning tomiga sakrab otdi-da, undan yerga irglb tushdi. Geklberri Finn, olgan mushukni kotargani holda uni kutib turar edi. Bolalaming ikkalasi ham yolga tushib, bir zumda qorongllikda ko‘zdan gbyib boldilar. Yarim soatdan keyin ular endi qabristondagi qalin otlar orasidan yurib bormoqda edilar. Qabriston juda eski, qadim zamondagi g‘arb uslubida bolib, qishloqdan bir yarim mil chamasi yiroqlikdagi bir tepalik ustida edi. Atroflari taxtadan ishlangan va devorlari eskirganidan taxtalaming ba’zi yerlari ichkariga va ba’zi yerlari tashqariga to- mon egilib ketgan edi. Butun qabriston yowoyi otlar bilan qoplanib, qadim zamonlardagi qabrlar o‘sha otlar orasida ko'milib yotardi. Qabristonda bironta ham haykal ko‘rinmasdi; qabrlar ustida kamalak qilib egilib qo^ilgan taxtalar eskirib, chirib qolgan, o'zlariga tayanch axtarib yerga tomon engashgan, lekin tayanch topa olmay turardilar. Taxtalaming hammasida bir zamonlar olgan kishilar sharafiga: «Falonchining abadiy xotirasi uchun» degan yozuvlar yozilgan, lekin hozir ulaming harflari shunday obhib ketgan ediki, chirog' yoqib qaraganda ham ulardan biror narsa anglab olish mumkin emas edi. 82 Sekingina esgan shamol daraxtlar orasidan chi- уШаЬ eshitilgandek bolar, buni eshitgan Tomning yuraklari uvushib, o‘zini vahimaga tushgandek his qilar edi. Uning nazarida go У о shu yerda yotgan u oliklaming ruhlari kelib, nima uchun tirik kishilar kelib bizlami tinch yotgan yerimizda bezovta qiladi- lar, deb shikoyat qilgandek bolib ko'rinar edi. Bolalar o'zaro juda oz so'zlashar, har zamonda bir-ikki oglz so'zlashsalar ham, shivirlashibgina so'zlashar edilar; bulaming hozirgi turgan yerlari va otkazayotgan vaqtlari, tevarak-atroflarini qurshagan sukunat va tantana - bularga tovushsiz ezayotganday qattiq ta’sir qilmoqda edi. Ular o'zlari axtarib yurgan, ya’ni qazilib ko'milgan yemi topishib, qabrdan ikki qadam naridagi uchta katta daraxt yoniga borib turishdi. Shu ravishcha, ular o‘z nazarlarida ancha vaqt kutib turdilar. Uzoqdan boyo'glining tovushi eshiti- lar, tevarak-atrofdagi sukunatni buzgan birdan-bir tovush ham shu boyo'gli edi. Tomning fikrlari uni shunchalik diqqatini tortar ediki, u qanday bolsa ham gapirishga zarurat sezardi. - Shunday qilib, sen qanday deb o'ylaysan, Gek, - u shivirlab so‘z boshladi, - bizning bu yerga keli- shimizdan oliklar xafa bolishmasmikan? Geklberri ham shivirlab javob berdi: - Kim biladi deysan, bilmadim! Ammo bu yeming o‘zi juda vahimali ekan. To‘g‘rimi? - Bolmasa-chi! Ancha vaqtgacha so'zlashmay, jim bolib qolishdi, Doiaiaming ikkalasi ham faqat bir masala to‘g‘risida: «Oliklar bizlaming kelishimizga qanday qarashar- kin?» degan masala to‘g‘risida o^lar edilar. Keyin Tom shivirlab: - Menga qara, Gek, sen qanday deb o'ylaysan, biz ning so ‘zlashayotganimizni gllay Vilyams eshitayot- ganmikan? - deb so‘radi. 83 - Albatta eshitadi. Harholda uning ruhi muqarrar eshitadi. Yana orada jimjitlik hukm surdi. - Men afsus qilamanki, - dedi Tom, - uni mister Vilyams demasdan, to‘ppa-to‘g‘ri Vilyams deganman. Biroq, men buni uni ranjitish maqsadida aytganim yo'q-ku. Uni hamma g‘ilay deb ataydi-da. -Tom, olganlar to‘g‘risida so ‘zlaganingda, ehtiyot bolib so‘zlashing kerak. Gekning bu tanbehi Tomning so'zlash istagini so'ndirdi. Shu orada u birdaniga o‘rtog‘ining yengini mahkam ushlab oldi: - Tss! - Nima gap, Tom? Ikkovlari ham bir-birlariga mahkam yopishib olib, nima bolishini kutib turdilar. - Tss! Ana, tagln! Eshitdingmi? - Men... - Ha, ha! Endi sen ham eshitding-a? - Tom, ular kelayotirlar! Ana ular! Endi nima qilamiz? - Bilmadim. Ular bizlami ко‘rib qoladilar, deb o'ylaysanmi? - Oh, Tom, ular xuddi mushukka o‘xshab qorongllikda ham ko‘ra beradilar-da. Oh, nega men bu yerga keldim-a? - QoVqmasang-chi... Ular bizlarga tegmas deb oyiayman. Biz hech qanday yomonlik qilganimiz yo‘q-ku. Agar biz bekinib tursak, balki butunlay ko'rmay otib ketar. - Ko'ramiz-da. Biroq, juda ham dahshatli ahvol. Meni qaltiroq bosib ketdi! - Tss... jim! Quloq solib turgin. Bolalar zo‘rg‘a nafas olishib, bir-birlariga mahkam yopishib turdilar. Qabristonning narigi chekkasidan allaqanday bo‘g‘iq tovushlar quloqlariga chalinardi. 84 - Uni qara! Qarasangchi! - dedi Tom shivirlab. - Nima u? - Bu - do'zax oti-ku! Oh, Tom, biz xavf ichida qoldik! Qorongllik ichidan allaqanday qora sharpalar chiqib kela boshladi. Ulaming oldilarida eski fonus chayqalib shula sochar edi. Geklberri seskanib ketib: - Bular jinlar bolsa kerak! Xuddi uchta-ya! Ja- hannamga ketdik endi. Kalima keltirishni bilasanmi? - Urinib ko‘rarman. Axir, qo'rqmasangchi - ular bizga tegmaydi. «Ey parvardigor, yomon tushlardan saqla va gunohimni kechir». -Tss! - Nima gap, Gek? - Bular kishilar-ku! Boshqalarini bilmayman, ulardan biri muqarrar odam! Bu qari Meff Potter ekan, men uni tovushidan tanidim. - Rostdanmi? Yo‘g‘-e, bu mumkin emas! - Sen jim tur, nafasingni chiqarma. U bizni ko‘ra olmaydi: chol har safargidek mast bolsa kerak. Az- baroyi xudo tanidim. - Durust. Men jim turaman. Ana, ular to'xtadilar. Bir narsa axtarib yurganga o'xshaydilar. Topol- mayotirlar. Ana, tagln bu yoqqa yurib kelishyapti. Ulaming chopishlarini qara. Yana sekinroq yura boshladilar. Ana tagln tez-tez qadam tashladilar. Endi albatta shu yoqqa kelayotgan bolsalar kerak! Menga qara, Gek, men ikkinchisining ham tovushi dan tanidim, bu - Jo degan hindi. - Boldi, u - albatta o'sha la’nati metislardan!10 Bular о‘mida jinlar bolsa yaxshiroq bolar edi. Ular bu yerda nima qilar ekanlar? Download 6.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling