Kechirganlari
anatomiya ilmini o'rganish man qilingan edi. Shu sababli go‘r
Download 6.61 Mb. Pdf ko'rish
|
Tom Soyerning boshidan kechirganlari. Mark Tven
anatomiya ilmini o'rganish man qilingan edi. Shu sababli go‘r
qazuvchilami pulga yollashar, ular yangi ko'milgan oliklarni go'rdan kavlab olib berar edilar. 86 oqarib ketgan yuzini yoritdi. Uni awaldan tayyor- lanib qoyilgan zambilga solib, ustidan ko'rpayopib, arqon bilan bogladilar. Potter yonidan katta pak- kisini olib, tobutning ichida osilib turgan arqonni qirqar ekan: - Mana, sizlaming falokat ishlaringiz ham tugadi. Endi yana besh oltin berasizlar: bolmasa biz buni shu boyicha tashlab ketamiz, - dedi. - To‘g‘ri, to‘g‘ri! - deb qichqirdi hindi Jo. - To'xtang, bu qanday gap? - qarshilik ko‘rsatdi doktor. - Sizlar pulni oldin so‘radingiz, men ham pulning hammasini sizlarga berib qoydim-ku. - Pulni toladingiz, lekin siz bilan yana boshqa hisob-kitobimiz bor, - dedi Jo doktorga yaqin kelib. Doktor o‘midan turmoqchi bolib qo‘zg‘alar ekan, Jo unga qarab: - Bundan besh yil burun ovqat so tab otangizning oshxonasiga kirib borganimda, siz meni yomon maq- sad bilan kelgan deb haydab chiqargansiz. Men bun ing uchun yuz yildan keyin bolsa ham sizdan qasos olishga qasam ichganimda, otangiz meni ko'chada tentirab yurgan gazanda qatorida turmaga qamab qoydi. Bular mening esimdan chiqib ketgan, deb oyiaysizmi? Mening tanamdagi qonim hindi qoni ekanligi bejiz emas, siz endi mening qolimga tush- dingiz, men siz bilan endi hisoblashaman, shuni bilib qoying! - dedi. U mushtini doktorning tumshugl ostiga olib borib, o‘dag‘aylar edi. Doktor esa to‘satdan qulochini yozib bir urishdayoq uni yerga ag'darib tashladi. Potter ta- ajjubda qolib, qolidagi pichoglni tushirib yubordi-da: - Hoy, menga qaranglar! Bu nima gap? Men o‘rtog‘imning kaltak yeyishiga y o l qo У may man! - dedi. Shu so'zlar bilan u doktor tomoniga qarab tash- landi, bir damda ular bir-birlariga yopishib ketib, yer- 87 dagi maysa otlami tepkilab va etik poshnalari bilan yerning changini chiqarib, bor kuchlari bilan olishib yotar edilar. Hindi Jo ham oYnidan irgib turdi: uning ko'zlarida g‘azab oti yonar edi. U Potteming qolidan tushib ketgan pichoqni oldi-da, butun gavdasi bilan egilib-bukilib mushukdek o'grincha harakat bilan qulay paytni poylab, urishayotganlar oldida aylanib yurdi. Birdan doktor dushmanining quchog'idan bo'shalib chiqib, Vilyamsning qabri ustida yotgan bir og‘ir taxtani oldi-da, o'sha taxta bilan Pottemi bir urib yerga ag'dardi. Shu vaqtning o'zida metis paytdan foydalanib, qolidagi pichoqni dastasigacha yosh yigitning kolcragiga suqdi. U turgan yerida teb- rana-tebrana Potteming ustiga yiqilib, uni o‘z qoniga boladi. Shu vaqt to'satdan kolcda paydo bolgan qora bulutlar ixtiyorsiz ravishda tomoshabinlardan bu dahshatli manzaraning ustini bekitib qo*ydi va bulami ко lib qo'rqib qolgan bolalar orqa-oldilariga qaramasdan qocha boshladilar. Oy qaytadan bulutlar orasidan chiqib yomglik sochganida hindi Jo qol-oyoqlari kerilib yotgan ikkita kishining gavdasi tepasida chuqur xayolga cho'mib turar edi. Doktor kishi anglayolmaslik darajada bir-ikki so‘z aytgan boldi-da, bir-ikki oglr nafas olgandan keyin jimjit bolib, tovushi chiqmay qoldi. - Ha, basharang qurg'ur, endi sendan o‘chimni oldim-ku, - dedi sekinlik bilan metis. Shu so‘zlar bilan u olikning bor narsasini yiglsh- tirib oldi-da, pichoqni Potteming ochiq qolgan o‘ng qoliga ushlatib qo^ib, o‘zi to'ntarilib yotgan tobut ustiga borib otirdi. Oradan uch, to‘rt daqiqa chamasi vaqt otdi... Potter harakatlanib, ingradi. U qolidagi pichoq ni mahkam siqimlab ko‘zi oldiga olib bordi-da, cho'chib ketib, pichoqni qolidan tushirib yubordi. Keyin o'midan turib otirdi va doktoming gavdasini 88 o'zidan nariroqqa itarib tashladi-da, unga bir tikilib qarab qoydi. Keyin ko‘zlari xiralangan holda atrofga qararkan, ko‘zi metisning ko‘ziga tushdi. - Ey parvardigor! Bu ish qanday yuz berdi, Jo? - Ish pachava boldi, - dedi o‘midan qo‘zg‘almagani holda. - Nega sen uni bunday qilding? - Menmi? Bunday qilishni oyiaganim ham yo‘q edi. - Qoysang-chi, qani, gapir! Nayranglaring bilan qutulolmaysan! Potterning rangi o‘chib ketib, butun tanasini qal- tiroq bosdi. - Men, mastligim tarqab ketgandir, deb о У lagan edim. Kechqurun ichmasam bolar ekan. Boshim- ning og‘rig‘i bu yoqqa kelayotganimizdagidan ham yomonroq, hozirgacha bosilmadi. Hammasi chalkash bolib ketdi, hech narsani eslayolmayman. Menga qara, Jo, sen menga insof bilan to‘g‘risini aytib ber, chindan uni men oldirdimmi? Uni oldirish mening xayolimda ham yo‘q edi-ku. Jo, to‘g‘risini aytib ber, bu ish qanday boldi? Bu qanday yomon ish! U o‘zi yosh va qobiliyatli kishi edi... - Qanday boldi deysanmi? Ikkovingiz urishib ketdingiz. U taxta bilan boshingga urgan edi, sen ag‘darilib tushding. Keyin o‘mingdan turding-da, tebranib, turtinib-surtinib borib pichoqni olding, u qaytadan senga yopishishi bilan uning kolcragiga pichoq bilan urib qolding. Shundan keyin sen yiqil- ganingcha to‘nkadek qo‘zg‘almay shu vaqtgacha yotaverding. - Oh, men o'sha vaqtda o'zimning qilayotgan ishimni o‘zim ham bilmaganman. Agar yolg‘on so‘zla- sam, hozir yer yutsin shu yerda! Buning hammasi aroqning kasofati, o'sha vaqtda men mast edim, seningyoningni olib, ungayopishganman. Bolmasa, men pichoqni ham durustgina ushlay bilmayman. 89 Kishilar bilan urushib, mushtlashib yurganman, lekin hech vaqt pichoq ushlagan emas edim. Bu hammaga malum. Jo, chirog'im, sen endi buni hech kimga aytma, meni sharmanda qila ko'rma! Jo, birovga aytmasligingga so‘z ber, men hamma vaqt seni sevib, seni yoqlab yurganman. Sen о‘zing yaxshi bilasan-ku, yoinlri yolg'on aytayotirmanmi? Hech kimga aytmaysanmi, Jo? Shu so'zlar bilan bechora Potter qonxoV qotil ol dida tiz choldb, qollarini cho‘zib yolvordi. Qotilning qovogidan qor yogllgani holda Potterga xo‘mrayib qaradi. - Durust, MefF Potter, sen men bilan hamma vaqt insof va diyonatli ravishda munosabat qilib yurgan kishisan, men ham senga shunday yaxshilik qila- yin. Xotiijam bol, mening so‘zim bitta. Bu to‘g‘rida ortiqcha so'zga ham o‘rin yo‘q. - Jo, azbaroyi xudo, sen farishtasan. Men seni so‘nggi nafasimgacha duo qilaman. - Shu so‘zlar bilan Potter yiglab yubordi. - Boldi, endi tinchlan! Hozir glnshib o‘tirishning vaqti emas! Tez bol, sen ana u yol bilan ketaver, men esa mana bu yol bilan ketaman. Ehtiyot bol, orqangda iz qoldirmasdan ket! Potter juda tez yurib ketdi, keyin bora-bora ku- chining boricha chopib ketdi, metis uning orqasidan qarar va o‘zicha g‘o‘ng‘irlab: - Agarda chindan ham kaltakdan va uning ustiga ichkilikdan uning miyasi shunchalik gangib qolgan bolsa, pichoqni eslayolmaydi ham. Agar uzoqroqqa borib, esiga kelib qolganida ham bu yoqqa qaytib kelishga qo‘rqadi! - der edi. Oradan bir necha minut otgandan keyin ko‘rpaga o‘ralgan olikka, qopqoqsiz tobutga va usti ochilgan qabrga faqat osmondagi oygina moValab qarab turar, tevarak-atrofda esa yana jimjitlik hukm surar edi. Download 6.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling