Kechirganlari


Download 6.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/63
Sana04.11.2023
Hajmi6.61 Mb.
#1747444
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   63
Bog'liq
Tom Soyerning boshidan kechirganlari. Mark Tven

o‘z
vijdonlarini tinchitmoqchi bolsalar ham, lekin 
ulaming vijdonlari bunday bahonalami juda zaif 
sanab, tinchitmas edi. Nihoyat, ular somsayoki olma 
o'glrlab olish hech gap emas, lekin birovning butun 
katta bir bolak go‘shtini, umuman begona kishining 
qanday bolsa ham biror qimmatli narsasini olish, 
bu - chinakam o‘g‘rilik boladi. Bu haqda Tavrotda 
maxsus nasihat ham bor.
Shuning uchun ular ocz ko‘ngillarida: agar qa- 
roqchi bolib qolsalar, qaroqchilik nomuslarini may- 
da-chuyda narsalami o'glrlash kabi jinoyat bilan 
qoralamasga qaror qildilar. Mana shunday shartlar 
bilan vijdonlari rozi bolib, qaroqchilarimiz tinchgina 
uyquga ketdilar.
0 ‘N TO‘RTINCHI BOB 
BAXLI QAROQCHILAR LAGERI
Tom ertalab uyqudan uyg‘onar ekan, o'zining qa- 
yerda ekanini darhol payqab ololmadi.
U o'midan turib otirib, ko'zlarini uqalab va atro- 
fini kuzatib chiqqandan keyingina payqadi. Salqin 
va koldmtir glra-shira tong yorishib kelmoqda. O'r- 
monning haddan tashqari sukunati kishini shod va 
mamnun etuvchi hissiyotini tevarak atrofga tarqa- 
tar edi. Birorta yaproq ham tebranmas, tabiatning 
buyuk oyiarini birorta tovush ham buzmas edi. 
Daraxt yaproqlari va yerdagi maysa otlarga tushgan 
shabnam tomchilari marvariddek yarqirab turar-
122


di. Kechqurun yoqilgan olov oppoq kul qatlamlari 
ostida dimlanib qolib, faqat ko‘kimtir tutunning 
ingichka tolasigina buralib-buralib havoga kotarilar 
edi. Jo bilan Gek hali uxlab yotardilar. Uzoqlardan, 
o‘rmonning eng ichkari tomonlaridan qushlar to­
vushi eshitila boshladi. G'ira-shira tong yorishib
atrofdagi narsalar aniqroq ko'rina boshlagan sayin, 
tevarak-atroflarda tovushlar ko'payib, hayot uyg'onib 
kelar edi. Tabiatning ajoyib manzaralari o‘z yelka- 
laridan uyquni olib tashlab, ishga tutinganlari holda, 
xayol daiyosiga cho‘mib otiruvchi bu bolaning ko‘z 
oldidan birma-bir otib bormoqda edi.
Qirov tushib, nam bolgan yaproqlar ustidan yashil 
barg qurti o'rmalab kelar edi. Vaqt-vaqti bilan u tana- 
sining uchdan ikki qismini kotarib atrofga qaragan- 
day bolar, keyin yana o‘rmalashda davom etar edi. 
Shu vaqt uni koVgan Tom: «Xuddi bichiqchilardek 
olchov olayotir-a?» dedi. Qurt uning oldiga yaqin- 
lashganda toshdek qotib qoldi. Qurt o‘z tomoniga 
kelayotganiga yoki boshqa yol bilan ketishni moljal- 
layotganiga qarab, Tomning ko'nglida goh umid 
tug'ular, goh yo‘qolar edi. Nihoyat, barg qurti bir 
necha vaqtlargacha gavdasini yuqori kotarganicha 
oyianib turgandan keyin, Tomning oyogldan o‘rma- 
lab chiqib, tanasida sayohat qilib, yura boshladi; 
buni koYgan Tom juda sevinib ketdi. Negaki bu unda 
yangi kiyim bolishi va u kiyim albatta juda go'zal, 
qaroqchilar kiyadigan kiyim bolishidan dalolat edi.
Qayerdandir bir gala chumolilar paydo bolib
hammalari birdan ishga kirishdilar. Ulardan biri 
o‘zidan besh marta katta va olgan bir o‘rgimchakni 
sudrab, darhol kavagiga olib kirib ketishga mu- 
vaffaq boldi.
Tanasining hammasi xol-xol bolgan kichkina 
qo'nglzcha baland bir otning uchiga chiqib otirdi. 
Tom uning ustiga engashib, shunday der edi:

Download 6.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling