Kechirganlari
Ay qo‘ng‘izcha, qo‘ng‘izchcL, uyingga tez uch, -
Download 6.61 Mb. Pdf ko'rish
|
Tom Soyerning boshidan kechirganlari. Mark Tven
123
Ay qo‘ng‘izcha, qo‘ng‘izchcL, uyingga tez uch, - Uyingga o‘t ketibdi, bolalaringni quch! Uning shu so'zlari bilan qo‘nglzcha ham bolalari- dan xabar olish uchun uyiga qarab uchib ketdi. Bu ish bolani ajablantirmadi, chunki qo ‘ng'izchaning har bir narsaga tezgina ishona berishini allaqachon- lar bilar va uning soddaligidan foydalanib, uni ko‘p aldagan edi. Undan keyin yumaloq gavdasini zo‘rg‘a sudrab go'ng qo‘ng‘izi keldi. Uning oyoqlarini tanasiga siqib, o‘zini olikka solib yotishini ko'rish uchun Tom unga bir tegib qo^di. Shu orada qushlar dahshatli bir shovqin ko'tar- dilar. Yevropa qirg'iylari va Amerika qirg'iylari da- raxt shoxiga qo'nib, yerdagi qo‘shnilarini masxara qilib, xandon ura boshladilar. Ko‘m-ko‘k uchqun kabi bir tusda havodan sershovqin boyo‘g li ham uchib o‘tib, Tomga xuddi qolini cho'zsa yetarli darajada daraxt shoxiga qo‘ndida, boshini bir yon- boshiga qiyshajrtirgani holda yangi kelgindilarga qaray boshladi. Bir ko‘k olmaxon bilan undan kattaroq bir tulki jinsidan bir hayvon ikkalasi yu- gurganicha otib ketishdi. Bu hayvon har zamonda to'xtab, kutilmagan mehmonlarga tikilib qarab qo^ar edi. Bu hayvonlar, aftidan, bundan awal hech bir kishi zotini ko‘rmagan bolib, bulardan qo ‘rqish-qo ‘rqmasliklarini ham bilmay turishardi. Butun tabiat uyg'ongan edi. Quyosh nurlari qalin yaproqlar orasidan o‘qdek teshib otgan, havoda un- cha-muncha kapalaklar ham paydo bolgan edi. Tom yonidagi sheriklarini ham qo‘zg‘atdi-da, shundan ikki minut o'tar-o'tmas ular oppoq qumlar ustida sho'xlik qilib, bir-birlarini itarib-turtib, quvlashib oynay boshladilar. Suvning narigi tomonida hali uyquda yotgan shaharcha bulami o‘ziga jalb qilmas 124 edi. Tasodifiy ravishda kelib qolgan suv tolqini ular- ning solini oqizib ketdi, biroq bolalar buning uchun g'am yemadilar, balki shodlandilar. Buning ma’nosi go У о o'zlari bilan shahar o'rtasida turgan ko'prikni yondirib yuborishdek gap edi. Ular lagerga qaytib kelganlarida, o'zlarini juda tiniqqan, shod va soglom his qildilar, lekin qorinlari juda och edi. Hademay qaroqchilar olovi yana gurul- lab yona boshladi. Gek shu yaqin oYtadan toza sovuq suv topdi, bolalar katta-katta eman va yong'oq barg- laridan idish qilib oldilar-da: «Shunday togli yerlarda, jimjitlik va salqin havo orasida bolgan suv qahva o‘rnida otadi» degan qarorga keldilar. Jo nonushtaga go‘sht kesib tayyorlashga urina boshlagan edi, biroq Tom bilan Gek uni to‘xtatdilar. Ular suv bo'yidan bir holi tinch yer topib, qarmoq tashlagan edilar. Ovlari uzoq kutdirmadi. Ular qollarida ancha baliqni kota- rib kelib qoldilar. Ular baliqlami go'shtga qo‘shib qovurib olar ekanlar, taajjubda qoldilar. Chunki baliqning bunchalik shirin bolishini haligacha tatib ko‘rmagan edilar. Daryo baliglni tutib keliboq qo- vurilsa, yaxshi bolishligini bular bilmas edilar, shu bilan birga ochiq havoda uxlash, yugurib oynash, cho'milish, ayniqsa, och qolishdan keyin ovqatning qanday mazalik bolishini ham endi bildilar. Nonushtadan keyin Gek chilim chekib olgunicha, ular soyada yonboshlab yotdilar-da keyin hammalari birga razvedkaga chiqib ketdilar. Ular sho'xlik bilan dam-badam chirik to‘ngakiar ustidan sakray-sakray, qalin chakalakzorlami oralab, boshidan-oyoglga- cha yowoyi tok novdalari bilan o'ralib ketgan daraxt shoxlari orasidan yurib borar edilar. Vaqt-vaqti bilan kote-kolc gilam to'shalgandek maysazor va atrofi be- baho gullar bilan tolgan yerlami ham uchratar edilar. Ular soat sayin cho‘milishar, shiming uchun la gerga tushdan keyingina qaytib keldilar. Och qolib 125 kelgan edilar, shuning uchun yana qarmoq solib otirmadilar, yaxna go‘sht bilan ovqatlanib oldilar-da, keyin yana qaytadan soyada ag^nashib, so‘zlashib yot- dilar. Biroq bulaming suhbatlari bolina-bolina, ha demay jimib qoldilar. О Vmonning tantanali sukunati, yolg'izlik, kishilardan ajralib turish hissiyoti, bular- ning hammasi - bolalarga o‘z ta’sirini bUdira bosh ladi. Ular o^lanib qoldilar. Ulaming ko‘ngillarida qandaydir bir g'amginlik, uylarini soglnish hissiyoti tugila boshladi. Hatto Qonli Qol Finga nima? 0 ‘sha ham o‘ziga tanish eshik oldilari va bo'sh yotgan boch- kalami xotirlay boshladi. Biroq bulaming har qaysisi ham ko'ngillari bo‘shligidan uyalar va hech qaysisi o‘z fikrini ochiq aytishga jur’at qilolmas edi. Bizlar ba’zi vaqtlarda soatning chiqillab yurishiga obcshash maxsus bir tovush eshitamiz-da, uning nima ekaniga e’tibor qilmay parvosiz yuraveramiz, bolalar ham xuddi ana shunday, bir necha vaqt- lardan beri uzoqlardan qandaydir bir ajoyib tovush eshitib turar edilar. Bora-bora bu tovush aniqroq eshitiladigan bolib, o'ziga e’tibor qilishni talab eta boshladi. Bolalar seskanib, alanglab, diqqat bilan quloq sola boshladilar. Orada birmuncha vaqt hech qanday tovush eshitilmay tamom jimjitlik hukm surdi. Keyin uzoqdan qandaydir gungurt «bum»! - degan tovush keldi. Jo shivirlab: - Bu nima? - dedi - Tushuna olmadim! - dedi shivirlab Tom. - Bu havoning guldurashi bolsa kerak, o'rtoqlar, - dedi Geklberri qo'rqqan holda, - chunki, havoning guldurashi... - Jim tursang-chi! - dedi Tom unga baqirib- Shov- qin qilmay quloq solib tur! Ular bir daqiqa chamasi indamay turdilar, bu bir vaqt ham ular uchun allaqancha zamonlardek bolib 126 ko'rindi. Keyin tantanali sukunat ichida yana o‘sha gungurt «bum»! degan tovush eshitildi. - Yuringlar, o'rtoqlar, borib ko'ramiz. Uchovlari ham orinlaridan turib, o‘z shaharchalari tomoniga qarab turgan qirg'oqqa yugurishib ketdilar. Chakalak shoxlarini ikki yoqqa surib, o‘sha tomonga tikilib qaradilar. Suvning o‘rtasida, shahardan bir mil chamasi pastroqda, bir kater suvning oqimiga qarab ketib borar, yana undan boshqa juda ko*p qayiqlar yuqori va pastga qarab suzib borar edilar. Biroq, bolalar o‘sha qayiqlardagi kishilaming nima qilib yurganliklarini anglay ololmadilar. Behosdan haligi kater ustida oq tutun paydo boldi; tutun ko'payib bulutdek bolib ketdi va shu bilan qahramonlarimiz quloglga ketma-ket uchinchi marta boyagiday gungurt tovush eshitildi. - Endi tushundim, - dedi Tom, - biror kishi suvga g'arq bolgan! - Albatta shundaydir-da, - dedi Gek, uning so'zini quwatlab, - o‘tgan yil Bill Terner suvga g‘arq bolganida ham xuddi shunday bolgan edi. O'shanda ham suv ustida to‘p otib yurgan edilar. Shunday qilsalar, suvga botganlar suvning beti- ga qalqib chiqar emish. Yana shunday vaqtlarda ozgina non olib, uning ustiga simob qo'yib suvga tushirar ekanlar, haligi non suvga botgan kishining yotgan yeriga borib to'xtab qolar emish. - To‘g‘ri, buni men ham eshitgan edim, - dedi Jo. - Faqat men nonning qanday qilib o'sha yerga borib to'xtab qolishiga tushuna olmayman. - Bunda, meningcha, gap nonda emas, - dedi Tom, - ish o‘sha nonga о‘qilgan duoda. Nonni suvga tushirgan vaqtda, albatta, uni indamay tushirmaydilar. - Hech narsa demaydilar, - dedi Gek, - nonni suvga tushirganlarini o‘zim ko ‘rganman-ku, hech narsa deb o'qiganlari yo‘q. 127 - Qiziqsan-a!... - dedi Tom. - Balki ular sekingi- na o‘z ichlarida o'qigandirlar. Albatta! Buni darrov payqab olish qiyin. Tomning so‘zini ma’qul topdilar, chunki shunday bolmaganda, oddiy bir bolak nonning shunday ish bajarishiga ishonish qiyin. - Oh, qani endi shu vaqt o‘shayerlarga bora olsak, - deb qo^di Tom. - Mening ham borgim kelyapti, - dedi Gek. - Suvga cho‘kkanning kim ekanini juda ham bilging keladi kishi. Birdan Tomning fikriga bir narsa kelib qoldi. - Suvga cholckanning kimligini bildim. Suvga choTdcan - 0 ‘zimiz! Ular o'zlarini darhol qahramon deb his qila bosh ladilar. Qanday tantana, qanday baxt! Ulami axtarib, oldi deb motam tutadilar, qanchadan-qancha qa- yiqlar ovora, azob chekib, ko‘z yoshlarini tolcadilar, toshmehrliklari uchun vijdon azobida qiynaladilar. Hammasidan katta quvonch shuki, ular to‘g‘risida butun shahar so'zlaydi, ulaming botirliklariga bar- cha shahaming bolalari rashk qiladi. Bu yaxshi ish emasmi? Nihoyat, bitta shu shov-shuv uchungina o‘g katerlar o‘z joyiga qaytdi va qayiqlaming hammasi ko‘zdan g'oyib boldi. Qaroqchilar ham o‘z lager- lariga qaytib keldilar. Ular shod-u xurramlik qilar, qarindosh-uruglarini shuncha tashvish ichida qoldirishlari bilan mag‘rurlanar edilar. Ular baliq tutib, pishirib, kechki ovqatni yeb bolganlaridan keyin, shaharda hozir bular to‘g‘risida nimalar so ‘zlayotganliklari va qanday ishlar qilinayotganligi to'g'risida har xil taxmin va farazlar tuza boshladilar, shu bilan birga, ular shahardagi umumiy qayg'uni ko‘z oldilariga shunday gavdalantirib keltirar edilar- 128 ki, undan o'zlariga zavq olar edi. Biroq qorongl kechaning qora kolankalari ulami o‘z quchoglga olgandan keyin gap-so‘zlari sekin-asta pasaya boshladi. Endi uchovlari ham yonib turgan otga tikilib otirar, fikrlari esa boshqa uzoq yerlarda kezib yurar edi. Tom bilan Jo, bu qilgan ishlari o'zlariga yaqin ba’zi bir kishilar uchun uncha ko'ngilli bir ish bolmasligini eslamasdan turolmadilar. Shubhalar tug'ildi. Ikkalasining ham ko‘ngillari tinchimas, ik- kalasi ham o'zlarini baxtsiz sanar edilar, hatto ba’zi vaqtlarda yuraklari tolib ketib, ixtiyorsiz uh tortib yuborardilar. Hatto Jo o‘z oYtoqlaridan, hozir emas, qachon bolsa ham shaharga qaytib borishga qanday qarashlarini so‘rashga ham jur’at qildi. Tom bu fikmi istehzolari bilan koYnib tashladi. Gek ham Tomning fikriga qo‘shildi-da, bechora hardam- xayol qahramon o‘zini oqlab olish uchun: «Buni shun- chalik aytgan edim-da!» deb tushuntirishga shoshildi. Ha, isyon boshlanishi bilanoq bostirilgan edi... Qoronglliq qalinlasha borgan sayin Gek mudrab tez-tez bumini torta-torta, piravordida xurrak ota boshladi, uning orqasidan Jo ham uyquga ketdi. Tom bir qancha vaqt tirsagiga tayangani holda joyidan qo‘zg‘almay oYtoqlariga qarab yotdi, keyin sekingina tiz choldb, gulxanning miltillab turgan yoruglda yer- dagi ot laming orasini timirskilab qaray boshladi. U yerdan uch-to‘rtta katta-katta oq anjir po'stloqlarini topib, ulaming orasidan ikkita durustroglni ajratib oldi-da, o‘chay-o‘chay deb miltillab yotgan olov yo niga cholckalab otirdi va bu ikki po‘stloqning har qaysisini timab, uch-toYt so‘zdan iboratyozuvyozdi. Bulardan birini o‘z cho'ntagiga soldi-da, ikkinchi- sini Joning qalpogi ichiga tiqib, boshidan nariroqqa qoydi. Buridan tashqari, u yana o‘sha qalpoq ichiga uch-toYt narsani solib qoydi; bular ichida bir bolak boY, rezinka, uchta qarmoq va yana «chinakam 129 xrustal» deb ataladigan bir soqqa ham bor edi. Keyin sekingina oyoqlarining uchi ЬДап yurib, daraxtlar orasidan keta boshladi; u o'rtoqlari yiroqda qolgan- liklarini va qadam tovushlari eshitilmay yotganini sezgach, chopganicha daryo boViga qarab ketdi. Download 6.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling