Kechirganlari


Download 6.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/63
Sana04.11.2023
Hajmi6.61 Mb.
#1747444
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   63
Bog'liq
Tom Soyerning boshidan kechirganlari. Mark Tven

0 ‘N YETTINCHI B O B
QAROQCHILAR 0 ‘ZLARINING KO'MISH 
MAROSIMLARIGA ISHTIROK ETADILAR
Shanba kunlarining tinchgina kechki paytlari... 
Polli xola, Meri, Sid va missis Garpeming barcha 
oilasi qayg4i-hasrat va ko‘z yoshlariga ko'milib, mo- 
tam kiyimlari kiyib olganlar. Bu yer awaldan ham 
uncha to‘polon joy bolmagani uchun, hozir ayniqsa 
jimjit bolib qolgan. Bu yerda yashovchilar xayollari 
parishon holda o‘zlarining odatdagi ishlarini bajarib 
yurar va dam-badam xoYsinib qoyar edilar. Bolalar 
bolsa, shanba kungi dam olishni ham o‘zlari uchun 
oglr bir narsa deb sanaydilar. Oyinlar ham odat- 
dagidek qovushmay, kam-kam bolib, nihoyat ular 
oynashni ham batamom yigishtirib qoydilar.
Kechga yaqin Bekki Techer yolglz edi, maktab 
hovlisida o‘zini hech narsa bilan ovuntirolmay, 
o‘z-o‘zicha so'zlab otirar edi:
-
Hech bolmasa, u menga hadya qilgan mis soqqa 
bolsa-chi! Hozir qolimdaxotirlaydigan hech narsa yo‘q.
147


Bekki bir olcsib qoydi-yu, yana davom etdi:
- O'sha uchrashuvimiz xuddi mana shu yerda 
bolgan edi. Oh, qani o'sha uchrashuvimiz yana 
takrorlansa, men endi unga hech bir yomon so‘z 
aytmagan bolar edim. Biroq u endi yo‘q va men uni 
endi hech vaqt ko‘rolmayman.
Shunday fikrlar uning yuraklarini ezar edi. Ko‘zlari 
jiqqa yoshga to lib ketdi.
Keyin bir to‘da o‘gll va qiz bolalar - Tomning mak- 
tabdoshlari kelib, hammalari devor yonida to'xtab, 
halok bolganlarga hurmat yuzasidan tovushlarini 
sekin chiqarib, Tomning qilgan ishlarini va Joning 
aytgan so‘zlarini yodlashardi. Ulami eslovchilardan 
har qaysilari yo‘qolgan bolalaming turgan yerlarini 
aniq ko‘rsatib: «Men hozir qanday turgan bolsam, 
o‘sha vaqtda ham xuddi shunday turar edim, u mana 
bunday qilib kulimsirab qolgan edi, o‘shanda men 
buning ma’nosini bilmagan edim, hozir tushunib 
turibman», - der edi.
Ulami eng so‘nggi va tirik vaqtlarida koVganlar 
kimlar degan mavzuda suhbatlashib ketdilar. Qa- 
chonki, o‘sha halok bolgan o'rtoqlarini hamma- 
dan keyin ko‘rib, so‘zlashib qolganlar kimlar ekani 
aniqlanganda, ular gtirurlanar, boshqalari esa bu- 
larga rashk nazari bilan qarab turar edilar. Bolalar­
dan biri boshqa durustroq so‘z topolmay, sezilarlik 
bir kibr bilan:
- Tom Soyer meni bir kuni olgidek do‘pposlagan 
edi, - dedi.
Biroq uning bu tariqa shuhrat qozonishi o‘rinli 
bolib chiqmadi. Bolalar halok bolgan qahramonlami 
ehtirom bilan yodlay-yodlay tarqalishdilar.
Ertasi kuni ertalab maktabda mashgtilotlar 
tamom bolgandan keyin, odatdagi shoshilish va 
jaranglagan tovush o‘miga, qo‘ng‘iroq sekin-asta 
og‘ir va uzoq tovush bera boshladi. Оtgan-ketganlar
148


birin-ketin cherkov eshigiga to^lanishib, bu qayg'uli 
voqea to‘g‘risida shivirlashib so'zlashar edilar. Bu 
kichkinagina cherkovning qachon bolsa ham shun- 
chalik tola bolganini hech kim eslayolmaydi. Birdan 
hamma yoq jimib qoldi. Cherkovga Sid bilan Merini 
ergashtirib, Polli xola, uning orqasidan Garperlar 
oilasi kirib keldi. Hammalari qop-qora motam ki- 
yimiga o‘ralgan. Cherkovdagilaming hammalari bir 
kishidek, shu jumladan keksa domla ham hurmat 
bilan o'midan turib, halok bolganlaming qarindosh- 
lari oldingi qatordagi kursilarga borib otirgunlaricha 
tikka turdilar. Keyin yana tinchlik hukm surdi va 
bu tinchlikni bo‘g‘iq ho‘ngragan yigl tovushlarigina 
buzib turar edi. Nihoyat, domla qollariniyozib ta’ziya 
marosimini boshladi. Kishiga qattiq ta’sir qiladigan 
va’z va ancha duolar о‘qildi.
Domla halok bolgan bolalaming xususiyatlari, 
kam uchraydigan qobiliyatlari va boshqachalikla- 
rini shunday ochiq va ravshan tasvirlab berdiki, 
cherkovda o'tirganlar ichida halok bolgan bechora 
bolalaming yaxshiliklaridan ko‘z yumib, faqat ular- 
ning kamchilik va nuqsonlarinigina ко “rib kelganlari 
uchun vijdonan azoblanib o‘z ichida oldnmagan 
biror kishi ham qolmadi.
Domlaning so'zlari borgan sari ta’sir eta bor­
di. Yiglndagilarning ko‘ngillari tobora yumshab
hammalari bolalaming qarindoshlariga qo'shilib 
birdan ho'ngrab yiglay boshladilar. Hatto domlaning 
o‘zi ham chidab turolmay, yiglab yubordi.
Xalq ichidan qandaydir bir shovqin chiqdi, lekin 
bunga hech kim e’tibor qilmadi. Oradan biror daqiqa 
otishi bilan, tashqari eshik gljirladi.
Domla, yoshga tolgan ko'zlaridan ro'molchasini 
olib, boshini kotarib qaragan edi, hayratidan surat 
bolib qotib qoldi.
149


Buni ко‘rib otirgan kishilardan biri, keyin ikkin- 
chisi, so'ngra uchinchisi, to‘rtinchisi qaradi va bir 
damda cherkov ichida oUrgan butun xalq o'midan 
turib qaray boshladi. Ko'rsalarki, oldi deb hisoblan- 
gan bolalaming uchalasi ham domla turgan meh- 
robga tomon yurib kelmoqda edilar. Oldinda Tom, 
undan keyin Jo, eng orqada o'zining uvada bolib 
ketgan kiyimlariga qaray-qaray Gek kelar edi. Bular 
ko‘p vaqtlardan beri o'zlarining motamlarini eshitib 
otirgan edi.
Polli xola, Meri va Garperlar o'zlarining tirilib kel­
gan sevikli bolalari oldiga yugurib borib, ulami o'pib 
quchoqlay boshladilar. Biroq bechora Gek shuncha 
tikilgan ko‘zdan qayoqqa qochishini va o‘zini qayoq- 
qa urishni bilmay, uyalib qarab turar edi. U atrofga 
qaray-qaray endi qochmoqchi bolib turganida Tom 
uning qolidan ushlab olib:
- Polli xola, bunday qilish yaramaydi. Gek uchun 
ham kim bolmasin birov shodlanishi zarur-ku! -
dedi.
- Ha, albatta, bolam. Men shu yetim bechorani 
koYganim uchun butun vujudim bilan sevinchlarga 
tolaman.
Shu so‘zlar bilan Polli xola Gekka qarab, uni awal- 
gidan ham ortiqroq uyaltiruvchi, erkalovchi so‘zlar 
yog‘dira boshladi.
Keyin hammalari birdan ashula aytib yubordilar. 
Qadim zamonlardan qolgan tashakkur duosining 
ashulasi bu choqqacha eshitilmagan darajada g‘oyat 
jaranglab eshitilar, dengiz qaroqchisi Tom Soyer 
bolsa o‘ziga rashk bilan tikilib turuvchi o‘rtoqlariga 
qarar ekan, ko'nglida umrining eng yaxshi daqiqa- 
larini kechirayotgandek his qilar edi. Kelgan kishilar 
uy-uylariga tarqalishar ekanlar, bir-birlari bilan 
so'zlashib, garchi o'zlarini uyatsizlarcha aldatgan 
bolsalar ham, ammo bunday ajoyib bajarilgan tari-
150


xiy munojotni yana eshitish uchun tagin bir karra 
ahmoq bolishga rozi edilar.
Shu kuni Tom Polli xolaning kayfiyatiga qarab 
shuncha о‘pish va shuncha chertmoqlar oldiki, agar 
hisoblasa, ular bir yilga yetarlik edi.

Download 6.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling