Kechirganlari


Download 6.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/63
Sana04.11.2023
Hajmi6.61 Mb.
#1747444
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   63
Bog'liq
Tom Soyerning boshidan kechirganlari. Mark Tven

YIGIRMANCHI BOB 
TOMNING YANA BIR JASORATI
Polli xola Tomni o'pgan vaqtda uning chehrasi 
shunday ediki, uni ко‘rishi bilan Tomning ma’yusli- 
gi birdan yo'q bo lib ketdi, yuragida yaxshi hislar 
tuglla boshladi. U maktabga bordi va shu damdan 
boshlab uning ishlari o'nglanib ketdi. Tom yolda bir 
kolcalamzorda Bekki Techemi uchratdi. Tom har
164


doim shu ayni fursatdagi daqiqaning taassuroti bilan 
harakat qilar edi. U uzoq o“ylanib turmay Bekkining 
oldiga yugurib borib:
- Men bugun juda yomon ish qildim, Bekki, keyin 
juda achindim. Bundan keyin bunday ishni hech 
vaqt qilmayman. Kel, endi yarashaylik, xo'pmi? -
dedi.
Qiz to'xtab, uning yuziga bir tikilib qaragandan 
keyin:
- Mister Tomas Soyer, siz meni bundan keyin 
tinchgina o‘z holimga qoysangiz, sizdan juda min- 
natdor bolar edim. Men bundan keyin siz bilan 
so'zlashishni xohlamayman, - dedi.
Qiz shu so‘zlar bilan boshini bir silkib, uning 
yonidan otib ketdi. Tom shunday achchiglangan 
ediki, hatto unga: «Qanday baxtsizlik-a, so‘zlash- 
masangiz undan nari!» deyishga ham ulgurolmay 
qoldi. U ma"yuslik bilan maktab hovlisida aylanib 
yurar ekan, Bekkining o‘g‘il bola bolmagani uchun 
mushtlashib undan o‘chini ololmaganiga afsuslanar 
edi. Shu vaqt Bekki uning yonidan olib boraturib, 
unga tegizib, alam qiladigan bir so‘z aytib o‘tdi. 
Tom ham shunday qo‘pol bir so‘z bilan unga javob 
qaytardi-yu, shu bilan bulaming orasi yana qay- 
tadan butunlay buzildi. Tomga nisbatan g'azab oti 
alangalanib ketib, Bekki tezdan yana dars boshla- 
nishini kutar, chunki kitobga siyoh toldlib buzilgani 
uchun Tomning tezroq jazolanishini istar edi. Shu 
paytgacha Alfred Templnmg siyoh tolckanini aytib 
bermoqchi bolib yurganrbolsa, endi Tomning shu 
daraja zaharli hazilidan keyin Alfred ustidan cha- 
qimchilik qilish fikri butunlay yo‘qolib ketdi.
Bechora qiz! U o‘zining boshiga keladigan ba- 
lolardan mutlaqo xabarsiz edi. Maktab muallimi 
mister Dobbins, yoshi anchaga borgan bolsa ham, 
shu choqqacha qozongan obro‘ va e’tiboridan norozi 
edi. Uning ko‘p zamonlardan beri orzu qilib yurgan
165


narsasi doktorlik bolsa ham, biroq kambag‘alligi 
natijasida maktab o'qituvchiligidan nariga otolmadi. 
U har kuni sinfda otirgan vaqtida, bolalar darslar- 
ga javob bermay turganlarida yoki boshqa shunga 
o'xshash bo'sh vaqtlari bolib qolganda o‘zining stol 
yashigidan qandaydir sirli bir kitobni olib o'qishga 
berilib ketar edi. Bu kitobni har doim stoli yashigiga 
solib, qulflab qoVardi. Maktabda uning bu kitobini 
aqalli salgina bolsa ham ко‘rib, nima ekanini bilib 
olish orzusida bolmagan birorta ham bola yo‘q. Lekin 
buni ko'rish hech kimga muyassar bolmas edi. Bu 
kitobning qanday kitob ekani to‘g‘risida bolalaming 
har qaysilari o‘zlaricha har xil narsalar o'ylar edilar. 
Lekin haqiqatni topish mumkin emas edi. Bir kuni 
Bekki o‘qituvchining stoli yonidan olib borayotib, 
eshikka yaqin joyidan turib stol yashigining kaliti 
og‘zida qolganini ко “rib qoldi: o‘qituvchi kalitni unu- 
tib qoldirib ketgan edi. Shunday to‘g‘ri kelib qolgan 
qulay paytni qoldan berish mumkinmi? Qiz atrofga 
qaradi, hech kim ko'rinmadi. Oradan bir daqiqa 
o‘tar-o‘tmas, qiz kitobni qolida ushlab turar edi. 
Kitobning sarlavhasidagi «Anatomiya» degan so‘z 
unga hech narsani anglatmadi. Shuning uchun 
u kitobning ichini ochib varaqlay boshladi. Uning 
birinchi varag‘idagi chiroyli ranglar bilan ishlangan 
kishi suratiga ko‘zi tushdi.
Shu vaqt kitobning betiga soya tushdi: eshik 
oldida Tom Soyer turar, uning ham ko‘zi kitobdagi 
rasmda edi. Bekki shoshilib kitobni yopar ekan
qo'pol harakati bilan o‘sha rasmlik bir varaqni yirtib 
yubordi. U darhol kitobni yashikka tashlab, kalitni 
buradi-da, uyat va achchigiga chiday olmasdan 
yiglab yubordi.
-
Tom Soyer! Bunday qiliq albatta sizdan boladi. 
Birovning orqasidan poylab, unga chuqur qazish 
qanday yomon ish!
166


- Nega poylab yurayin? Men qilayotgan ishingizni 
bilgan edimmi?
- Uyaling, Tom Soyer? Siz endi, albatta mening 
ustimdan chaqimchilik qilarsiz, unda nima qilaman? 
Meni albatta kaltaklaydilar. Shu choqqacha maktab- 
da hech kaltak yemagan edim.
U oyogl bilan yerga qattiq bir tepindi-da:
- Boldi, mayli, kaltak yesam yerman, mening 
ham bilgan narsalarim bor. Qarab turing, hali ко‘rib 
qolarsiz, yaramas bola! - dedi-da, yiglab tashqariga 
chiqib ketdi.
Tom, bu tariqa kutilmagan hujumdan hayron 
bolib, turgan yerida qotib qoldi. Keyin o‘z-o‘zicha:
- Shu qiz bolalar ajab bir qiziq va ahmoq boladi- 
lar-da. Shu choqqacha maktabda hech kaltak yema­
gan emish. Kaltaklasalar nima bolar ekan. Bu qizlar 
hamma vaqt ham shunday qo'rqoq va nozik boladi. 
Albatta men bu ahmoqning qilgan ishlarini Dobbins 
cholga borib aytmayman-ku, shunday bolsa ham 
baribir, qolga tushib qoladi. Dobbins albatta kitobni 
kim yirtdi, deb so'raydi. Hech kim javob bermagach, 
u har safargidek, bolalaming hammasini birma-bir 
tekshirishga tutunadi-da, navbat aybdorga yetgan- 
da, so ‘ramay-netmay uning basharasidanoq bilib 
oladi. Qizlar har qanday ish qilsalar ham, ulami 
darhol basharalaridan bilib olish mumkin: ular hech 
narsani yashirolmaydilar. Shunday bolgandan keyin 
albatta u kaltak yeydi. Bekki Techer endi albatta 
qolga tushdi, u endi qutulolmaydi.
Tom biroz oyianib turdi-da:
- Ajab boldi! Agar men shunday bolib qolga 
tushsam, u xursand bolar edi, qani endi o‘zi bir 
ko‘rsin-chi! - dedi.
Shundan keyin Tom hovlida о у nab yurgan 
bir to‘da bolalarga borib qo‘shildi. Birozdan keyin 
o‘qituvchi keldi-da, dars boshlandi. Tom dam-ba-
167


dam qizlar o'tirgan tomonga qaraydi-da, Bekkining 
chehrasi o'zgarishini ко‘rib, bezovtalana boshlaydi. 
U qizga rahmdillik qilishni mutlaqo istamas, lekin 
shunday bolsa ham unga rahm qilmay turolmas edi. 
U qancha urinsa ham, o‘zida zarracha shodlik his 
qila olmadi. Biroq, bir qancha vaqt otgach, o‘qituv- 
chi Tomning kitobidagi siyoh tolrilgan yerni ко‘rib 
qolishi bilanoq endi Tomning butun diqqati buyoqqa 
oglb ketgan edi. Bekki ham o'zining diqqatchiligini 
bir nafas esidan chiqarib, Tomning kitobi ustidagi 
ishga qiziqqanday boldi. U o‘z xayolida Tomning bu 
ishni o‘zim qilganim yo‘q, deb aytishi foyda bermas 
deb o^ylagan edi, xuddi shunday bo lib chiqdi. Tom- 
ning indamay turishi ishni chatoq qildi. Bekki shu 
ishga, ya’ni Tomning jazolanishiga shodlanaman, 
deb о “ylagan va shodlanishga urinib ham koVgan 
edi, lekin bu unchalik oson bolmadi. Bekki oVnidan 
irg‘ib turib, kitobga siyoh tolckan Tom emas, balki 
Alfred Tempi deb aytmoqchi ham bolgan edi, biroq 
u: «Baribir u kitobdagi suratni yirtdi, deb chaqim- 
chilik qilar-ku, mana endi men ham aytmayman».
Tom o‘ziga yarasha jazosini tortib rosa kaltak yeb, 
o‘miga qaytib kelib oUrdi. U o‘z ko'nglida: «Balki buni 
o^nab yurgan vaqtimda, o‘zim toldb yuborib bilmay 
qolgandirman», deb o^ladi.
Oradan bir soatcha vaqt o*tdi. 0 ‘qituvchi o‘zi- 
ning baland kursisida bolalarning dars takrorlab, 
gurunglashgan tovushlaridan uyqusi kelib otirar, 
ob-havoning o‘zi ham uyqu keltiradigan edi. Ni- 
hoyat, mister Dobbins qaddini to‘g‘rilab bir esnab 
oldi-da, keyin kitobni olishni ham, olmasligini ham 
bilmay qolini yashikka cho'zdi. Bolalardan ko'plari 
o'qituvchining bu harakatiga parvosizlik bilan qarab 
tursalar ham, lekin ulardan ikkitasi uning har bir 
harakatini diqqat bilan kuzatib turardttar. 0 ‘qituvchi 
kitobini olishdan ilgari yashik ichida ancha vaqtga-
168


cha u yoq-bu yoglni ag'darib ко‘rib, keyin qoliga 
oldi-da, uni o‘qish uchun kursiga otirdi.
Tom Bekkiga qarab qo^ydi. Bechora Bekkining tusi 
shu vaqt butunlay o'zgarib, o‘zini yo‘qotgan, juda 
achinarlik holda, go^o ovchining nishoni ostida tur- 
gan quyonga o'xshar edi. Tom o'zining u bilan urish- 
ganini darhol unutib yubordi. Hozirdanoq buning ol- 
dini olib, bir minut ham kechiktirmay biror chorasini 
ko‘rish kerak! Biroq qoYqinchning muqarrarligi uni 
shoshirib qo^gan edi. Nihoyat xayoliga yaxshi bir fikr 
keldi. U hozir yugurib borib, o'qituvchining qolidan 
kitobni yulib oladi-da, qochadi. Lekin u birozgina 
oyianib qolgan edi, fursat otib ketdi-da, o'qituvchi 
kitobni ochdi. Qani, boy berilgan shu fursatni endi 
qaytarib bolsa! «Endi vaqt otdi, hozir Bekki uchun 
najot yo‘q!» der edi Tom o‘z-o‘zicha.
Oradan yana biror daqiqa otishi bilan o'qituvchi 
sinfga ko‘z yugurtira boshladi. Uning dahshatli su- 
ratda tikilib qarashiga chidab turolmay, bolalaming 
hammasi ko'zlarini yerga qaratdilar. Uning hozirgi 
o'qrayib qarashi shunday ediki, hatto o'zlarida hech 
qanday ayb sezmagan bolalar ham qo‘rqib ketdilar. 
Orada ancha vaqt jimjitlik hukm surdi. Shu vaqtda 
o'qituvchi butun qahr-u zahrini sochishga tayyor- 
lanib turar edi. Nihoyat, so'zga ogiz ochib:
- Kitobni kim yirtdi? - deb so‘radi.
Hech kim churq etmadi. Maktab ichi shunday 
jimjit ediki, agar shu vaqt yerga igna tushib ketsa, 
o‘sha ignaning tovushi eshitilar edi. Jimjitlik davom 
etar, o'qituvchi aybdomi topish ilinjida bolalardan 
har birining yuziga birma-bir tikilib qarar edi.
- Benjamen Rojers, kitobni sen yirtdingmi? Un­
dan: «yo‘q!» degan javob eshitilgandan keyin yana 
jimjitlik boshlandi.
- Jozef Garper, sen yirtdingmi?
Yana «yo‘q» degan javob olindi. Tomning tashvi- 
shi borgan sari ortib borardi. Bu savol va javoblar
169


Tom uchun go “уо sekin-asta bolayotgan qiynoqdek 
ko‘rinar edi. O'qituvchi o‘g‘il bolalardan so'rab 
boldi-da, qiz bolalarga qarab:
- Emmi Lorens yirtdimi? - deb so‘radi.
U boshini chayqab qoydi.
- Gresi Millermi?
U ham xuddi shunday qildi.
- Suzanna Garper, bolmasa sen ekansan-da?
Yana «yo‘q» degan javob olindi. Endi navbat Bekki
Techerga kelib yetdi. Tomning oyoq-qollari, hatto 
butun a’zoyi-badani titray boshladi.
- Rebekka Techer (Tom qizning yuziga qaradi: 
qiz qo'rqqanidan rangi oppoq bo lib ketgan edi), bu 
kitobni senyirtdingmi... yo'qdeysanmi... qani, men­
ga qara-chi (Bekki yalingansimon qolini kotardi)... 
kitobni yirtgan sen emasmi?
Shu vaqt Tomning miyasiga xuddi yashin tezligida 
bir fikr keldi. U o'midan irglb turdi-da:
- Kitobni men yirtdim! - dedi.
Bolalaming hammasi odatdan tashqari jasorat 
ko‘rsatgan bu bolaga tikilib qoldilar. Tom o‘zi- 
ning chuvalgan fikrlarini yig'ishtirib olish uchun 
biroz to'xtab turdi-da, keyin jazoni tortish uchun 
burchakka qarab borar ekan, bechora Bekki­
ning ko'zida aks etib turgan hayronlik va undan 
minnatdorligi, uni yuz qamchi uchun bolsa ham 
mukofotlagandek ko‘rinar edi. 0 ‘zining bunday ja- 
sorati tufayli ortib ketgan qahramonligi bilan Tom 
bu ayovsiz jazoni churq etmay boshidan kechirdi 
va qo'shimcha jazo tariqasida darsdan keyin ikki 
soat maktabda yolg'iz qolish jazosini ham hech 
tashvishlanmay qabul qildi. U shunday jazolardan 
qutulib chiqqan vaqtda, hovlida kutib o‘tiruvchi 
kishilar bolar, shuning uchun, maktabda yolglz 
qolib zerikib otirish ham uning uchun ortiqcha bir 
mashaqqat qatoriga kirmas edi.
170


Tom shu kecha uyquga yotish oldidan Alfred 
Templdan qanday qilib o‘ch olishi to‘g‘risida juda 
uzoq va jiddiy oyianib otirdi. Chunki Bekki o'kinch 
va uyat aralash hamma voqeani, shu jumladan o‘zi- 
ning xiyonat qilganini ham so'zlab bergan edi.
Biroq o‘ch olish rejasining о‘mini yoqimli, shirin 
xayollar egalladi va u ko'zi uyquga ketar ekan Bek­
kining:
-
Tom, qanday qilib sen shu qadar muruwatlik 
bolding? - degan so'nggi nidolari hamon quloqlariga 
jaranglab eshitilar edi.

Download 6.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling