Kechirganlari


aytishingizga ehtiyoj yo‘q


Download 6.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/63
Sana04.11.2023
Hajmi6.61 Mb.
#1747444
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   63
Bog'liq
Tom Soyerning boshidan kechirganlari. Mark Tven

aytishingizga ehtiyoj yo‘q.
Fursati 
kelganda undan ham so‘rarmiz. Siz qabristonga 
borgan vaqtingizda, qolingizda biror narsangiz 
bormidi?
Tom, aftidan, uyalgan bolsa kerak, nima deb 
javob berishini bilmay, ikkilanib turar edi.
- So'zlayvering, qo'rqmang. To‘g‘ri 
so‘z
qilichdan 
o‘tkir, - deganlar. Siz u yerga nima olib borgan 
edingiz?
- Faqat... faqat bittagina olik mushuk.
Zalda o‘tirgan xalq gurillab kulib yubordi. Rais
qo‘ng‘iroq chalib, ulami tartibga chaqirib qotydi.
- Biz dalil qatorida o‘sha mushukning suya- 
gini ko'rsatamiz. Endi, do'stim, siz bizga ko‘rgan- 
bilganlaringizning birontasini ham qoldirmay, 
qo'rqmasdan birma-bir so'zlab bering.
Tom aw ali tortinibroq so‘zga kirishgan edi, 
keyinchalik o‘z-o'zidan qiziqib ketdi. Uning so‘zlari 
birin-ketin tartibli ravishda bir-biriga ulanib bora 
boshladi: tezda butun zal ichida faqat Tomning to- 
vushigina yangrardi. O'tirgan xalq uning hikoyasi- 
ga shunday qiziqib ketgan ediki, ulardan birortasi 
ham nafaslarini chiqarmay, og'izlari ochilib, uning 
bir og‘iz so'zini ham qoldirmay diqqat bilan tinglab 
o‘tirar edilar. Tomning hikoyasi odam oldirgan 
yerga kelganda, xalqning hayajoni eng so‘nggi 
nuqtasiga borib yetdi:
- Doktor Meff Potteming boshiga taxta bilan urib 
yiqitganidan keyin, hindi Jo qolidagi pichogl bilan 
doktoming oldiga yugurib bordi-da, uni...
Shu vaqt hindi, yashin tezligida irglb o‘midn 
turdi-da, ushlamoqchi bolgan kishilarni itarib- 
yiqitib, o'zini derazadan tashlab qochdi.
191


YIGIRMA TO ‘RTINCHI B O B
PORLOQ KUNLAR -  
QO'RQINCHLI TUNLAR!
Tom yana bir marta atoqli qahramon nomini oldi. 
Kattalar uni erkalatsalar, o‘zi tenggi yoshlar undan 
rashk qilishib, shunday qahramon bolishni havas 
qilar edilar. U o‘zi uchun abadiy shuhrat qozongan 
edi: uning nomi matbuotda ham ko‘rinib, mahalliy 
gazetalardan biri uni ortiq darajada maqtab chiqdi. 
Shunday kishilar ham bor ediki, agar uni oldinroq 
osib yubormasalar, u bora-bora prezident ham bolib 
ketar, deb oyiar edilar.
Kishilaming hammasi Meff Pottemi hurmatlab, 
dordan qutulgani uchun uni qizg'in tabriklar edilar.
Tom kunduz kunlari shuhrat va shodliklarga tolib 
yurar, kechasi bolsa uni cheksiz qo'rquv bosar edi. 
U doimo tushida hindi Joning intiqomli bir nazar 
bilan tikilib turganini koVar edi. Kun kech bolib
qorongllik tushdi deguncha, uydan tashqariga chi- 
qish uchun uni hech narsa qiziqtirmas edi. Gek be- 
chora ham xuddi shunday kun kechirar, chunki Tom 
sud boladigan o'sha kundan bir kun oldin advokatga 
bolgan butun voqeani so‘zlab bergan edi. Hindining 
qochib ketishi garchi Gekni so'roq berishdan qutqaz- 
gan bolsa ham, u o‘zining shu ishda aralashgani 
yuzaga chiqib qolishidan juda qo'rqar edi. Advokat 
bu voqealami hech kimga og‘zidan chiqarmaslikka 
so‘z bergan edi. Biroq bundan nima foyda? Tomning 
vijdoni uni yarim kechada advokatning uyiga haydab 
kelgan va bu yomon ishni birovga aytmaslik uchun 
qasam bilan yopilgan og‘zini yana ochishga majbur 
etgan kundan boshlab Gek umuman inson ahliga 
ishonchini yo‘qotib qoygan edi.
Tom kunduz kunlari Potterning tuganmas min- 
natdorchiliklarini eshitib, bu simi ochib berganiga
192


shodlanar, kechasi bolganda esa, buni og'zidan 
chiqarib qo“yganiga achinib xafa bolar edi. U 
ba’zan hindi Joni endi sira qolga tushira olmay- 
dilar, deb qo'rqsa, ba’zan uni qolga tushiradilar, 
deb qo'rqar edi. U shu kishining olganligini o‘z 
ko‘zi bilan ko‘rgan vaqtdagina erkin nafas olishiga 
ishonar edi.
Butun okrugni tintib chiqdilar, hindini tutib 
beruvchiga katta mukofotlar va’da qildilar. Biroq 
uni topa olmadilar. Sent-Lui shahridan hamma 
narsani biladigan ajoyib bir josusni topib keltir- 
dilar. U u yoq-bu yoqni axtargan, iskab ko'rgan 
boldi-da, keyin boshini chayqab, odat bo“yicha 
xuddi shu kasbdagi kishilar qanday natija chiqa- 
radigan bo'lsalar, bu ham muvaffaqiyat bilan 
shunday natija chiqazdi, ya’ni: «Izi topildi» degan 
natijaga keldi. Biroq, odam oldirgani uchun oldi- 
ruvchi kishining o‘zi bolmasa, uning «izi»ni dorga 
osib bolmaydi-ku! Shuning uchun josus jo ‘nab 
ket-ganidan keyin ham, Tom awalgiday xavf ichida 
qolaverdi.

Download 6.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling