Kechirganlari


Download 6.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet50/63
Sana04.11.2023
Hajmi6.61 Mb.
#1747444
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   63
Bog'liq
Tom Soyerning boshidan kechirganlari. Mark Tven

o‘z
yuragining urganinigina eshitar edi. Te- 
paning ustidan bir boy о‘g lining mash’um tovushi 
keldi. Biroq ulaming oyoq tovushlari eshitilmas 
edi. Nahotki mehnatlarim bekor ketgan bolsa? 
Gek endigina qaytib ketmoqchi bolib turgan edi, 
birdan o'zidan ikki qadam chamasi yerda birov
228


yotaldi. Gekning nazarida, joni go У о halqumiga 
irg‘ib chiqqandek boldi. Biroq u o'zini bosib olib, 
o‘midan qo‘zg‘almay turaverdi. Hozir u o'ziga go^o 
birdaniga isitma bezgak kelib yopishgandek, butun 
tanasi bilan qaltirar edi va shunday bo‘shashib 
ketdiki, o'zini hozir xuddi yiqilib tushadigandek 
sezar edi. U hozir turgan yerini tanib oldi; hozir u 
beva xotin Duglasning hovlisi atrofidagi devordan 
besh qadam narida turar edi.
«Yaxshi, - dedi u, - shu yerga ko‘mib qoyaversin- 
lar, harholda qidirib yurishga to‘g‘ri kelmaydi».
Keyin hindi Joning tovushi eshitildi:
- Arvoh urguming mehmoni bor shekilli, uyida 
shu vaqtgacha chiroq yonib turibdi, - dedi.
- Qayerda chiroq ко‘r ding? Menga ko'rinmay- 
di-ku!
Ikkinchi tovush - hindning oVtoglniki edi. Bolalar 
uni sihrli uy yonida koVgan edilar. Geklberri Finning 
butun tanasini qaltiroq bosib ketdi. Bulaming o‘ch 
olmoqchi bolgan kishilari shu ekan-da! Uning bi- 
rinchi rejasi shu ondayoq qochib ketish edi, keyin u 
beva xotin Duglasning unga ko'p yaxshiliklar qilgani 
esiga tushdi. Bu kishilar balki uni oldirish maqsa- 
didadirlar? U beva xotinning oldiga borib, uni bu 
to'g'rida ogohlantirib qo‘yolmasligi uchun achinar, 
o'zining bu ishga botinolmasligidan jahli chiqardi. 
Hindi oVtoglga javob berib ulgurmaguncha Gekning 
xayolidan mana shular va boshqa ko‘p narsalar otib 
ketdi, keyin hindi o'rtoglning so'ziga javob berib:
- Senga butazorlar yorug'ni pana qilayotgan- 
dir, beriroqqa kel, mana bu yerga, ha, ana endi 
ko'rdingmi?
- Ha, endi ko'rdim. Uyida mehmonlari borga 
o'xshaydi: shu ishni qo'yaqolsak bolmaydimi?
- Men bu yerlardan butunlay ketmoqchi bo lib 
turibman. Bundan keyin shunday qulay fursat
229


to‘g‘ri keladimi, yo'qmi, bu ishni qoldirib boladimi? 
Men senga awal aytganimdek, yana takrorlayman: 
menga uning puli kerak emas, agar kerak bolsa, 
pulni sen olaqol. Lekin uning eri meni juda ko‘p 
xafa qilgan, u xalq sudyasi bolib turib, meni bir 
necha marta qamoqxonaga qamagan. Baxti bor 
ekan, u mening qolimga tushmay olib ketdi, biroq 
men endi alamini uning xotinidan olaman.
- Oldirish deysanmi? Men senga uni oldira- 
man dedimmi? Agar u bolganda edi, men uning 
o‘zini oldirar edim, lekin uning xotinini oldirmay- 
man. Xotin kishidan o‘ch olmoqchi bolgan kishi 
uni oldirmaydi. Oldirish nimaga kerak? Uning 
basharasini buzib, bumini majaqlab, cho‘chqani- 
kidek quloqlarini kesib qo^sang bolgani...
- Azbaroyi xudo, bu ishing...
- Sen ko‘p menga aql o'rgataverma, joningdan 
umiding bolsa tinch o'tiraver! Men uni karavotga 
boglab qo'yaman, agar u shunda qonsirab olsa, bu 
mening aybim boladimi? Agar u olib qolsa, mening 
parvoyimga ham kelmaydi. Sen bolsang, menga 
yordam berasan, bu yerga kelishingning sababi 
ham shu. Men yolglz udda qilolmay qolarman. 
Agar qo'rqoqlik qilsang, awal boshlab seni biryoq- 
lik qilaman, bildingmi? Agar men seni oldiradigan 
bolsam, u vaqtda u xotinni ham oldiraman, shun- 
day qilsam, keyin bu ishning kim qilganini hech 
kim bilolmaydi.
- Sen shuni xohlasang men nima ham der edim, 
qilsak qilamiz-da, qancha tez bolsa shuncha yax- 
shi. Badanlarimni titroq bosib ketdi.
- Nima deysan? Hozir qilamiz deysanmi? Meh- 
monlar-chi? Yo‘q, biz chiroq o'chguncha kutib 
turamiz, shoshilish kerak emas.
Gek endi bu qonxo‘rlaming o‘zaro suhbatlari- 
dan nafasini ichiga yutib, bir qadam orqaga tisa-
230


rildi. Buning uchun bir oyog'ini yerga qo“yib turib, 
ikkinchi oyog‘i bilan oldin o‘sha oyoq qo'yadigan 
yemi paypaslab-moljallab oldi. Shunday ehtiyotlik 
bilan orqasiga qarab ikkinchi, uchinchi qadamni 
qoydi. Keyin yana va yana qo“ya boshlagan edi, bir- 
dan uning oyogl ostida bir shoxcha qirsillab ketdi. 
Gekning nafasi ichiga tushib ketgan edi. Hech to­
vush yo‘q, jimjitlik. U sevingandan nihollar orasidagi 
tor yoldan orqasiga burildi-da, tovush chiqarmay 
oyoqlarini ehtiyotlik bilan qo'yib tez-tez yurib ketdi. 
Tosh qaziydigan yerga yetib olgandan keyin, endi 
qo‘rquv yo‘qligiga ishonib, kuchining boricha chopib 
ketdi. Tepalikdan pastga qarab yeldek uchib borar- 
di. Yoldagi fermer cholning uyiga yetib olib, uning 
eshigini mushti bilan ura boshladi. Choi bilan uning 
ikkita azamat o‘g*illari derazadan boshlarini chiqarib:
- Nima shovqin? Kim u, taqillatgan? Nima kerak 
senga? - deb baqirdilar.
- Meni tezroq ichkariga kirgizinglar, men ham- 
masini aytib beraman.
- О‘zing kimsan?
- Geklberri Finnman, tezroq kirgizinglar.
- Geklberri Finn emish, uning so‘zini qaranglar. 
Geklberri Finn bolsa, lining oldida hamma eshik- 
lar ochila berishi shart emas. Shunday bolsa ham 
bolalar, sizlar eshikni ochib uni ichkariga olinglar, 
qani koVaylik, unga nima bolgan.
- Xudo xayr bersin, mening aytajak so'zlarimni 
hech kimga so'zlamanglar, bolmasa mening holim 
xarob boladi. Lekin beva xotin menga har doim yax- 
shilik qilar edi, shuning uchun men sizlarga so‘zlab 
berayin. Shu so'zlami meni aytdi, deb aj^tmaslikka 
so‘z bersalaringiz, men sizlarga aytib beraman...
- Bolalar, buning so‘zlari bejiz emas, bir narsani 
biladiganga o'xshaydi, - dedi chol. - Qani, bolam, 
so‘zlayver, biz hech kimga og'zimizdan chiqarmaymiz.
231


Oradan ueh daqiqa vaqt o'tishi bilan chol va 
uning o ‘g ‘illari yaxshi qurollanganlari holda 
tepalikning ustiga chiqib va to'pponehalarini 
o‘qtalib, chakalakzor orasidagi yoldan bitta-bitta 
yurib borar edilar. Gek ulami o‘sha tor yolakka 
olib borib qo“ydi-da, o‘zi bormadi. O'zi bir katta 
toshning orqasiga o'tib olib, kuta boshladi. Uzoq 
va entiktiruvchi jimlik hukm surdi. Keyin birdan 
ustma-ust o‘q ovozlari va kishilaming shovqinlari 
eshitildi. Gek buning davomini kutib turmadi. 
0 ‘rnidan irg‘ib turib va tepalikdan pastga qarab, 
oyoqlari yerga goh tegib, goh tegmay bor kuchi 
bilan chopib ketdi.

Download 6.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling