Kechirganlari


Download 6.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet46/63
Sana04.11.2023
Hajmi6.61 Mb.
#1747444
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   63
Bog'liq
Tom Soyerning boshidan kechirganlari. Mark Tven

YIGIRMA YETTINCHI B O B  
TITRAYDI VA IZIDAN TUSHADI
Tomning kunduz kuni kechirgan butun sargu- 
zashtlari uni kechasi bilan qiynab chiqdi. Uyqusida 
halovat bolmadi. U tushida xazinani to'rt marta 
qoliga kirgizdi, lekin to‘rttovida ham uyg‘onib ketib 
qolidan chiqarib yubordi.
Ilk tong paytida Tom о‘mid a yotarkan, sargu- 
zashtning butun tafsilotini esiga tushira boshladi. 
Bular hammasi unga allaqanday tumanli va uzoq 
narsalar, butunlay boshqa bir dunyoda bolgan 
ish kabi, yoki allaqachonlar bolib o'tgan eski vo- 
qea bolib, endi esiga tushgandek, yo bolmasa bu 
voqealaming hammasi tushida bolgandek tuyuldi. 
Shunday taxminlashiga bir narsa dalolat berar 
edi; u yerda oltin zapaslari shu qadar ko‘p ediki, 
bunday ko‘p miqdordagisi hech ko‘rilmagan edi. 
Hatto birdaniga ellik dollarlik oltinni Tom hech 
mahal ko'rmagan va kambag'al oilalarda yashov- 
chi bolalaming hammasi singari, «yuz» va «ming» 
dollarlar degan so‘z faqat lop gap, haqiqatda esa 
bunday katta pullar olamda yo‘q, deb oyiardi. Yaxlit 
aqcha hisobida yuz dollardan iborat bolgan katta 
summani haqiqatan ham birovning egallaganini bir 
minut bolsa-da tasawur eta olmadi. Basharti uning 
xazinalar haqidagi tasawurlarini tekshirilganda, bu 
xazinalar go У о bir hovuch chaqalardan va qolga 
kiritib bolmaydigan, go‘zal, mavhum allaqanday 
narsalar yiglndisidan iborat bolgandek kotfnadi.
Biroq u qancha ко*р otylasa, o‘sha narsalar shun- 
cha ochiqroq va keskinroq bolib, butun tafsilotlari 
bilan ko‘z oldida jonlanar, nihoyat u yana qaytib, bu 
tushim emas, o'ngimda bolgan ishlardir, degan fikr- 
ga ketar edi. Harholda bu masalani aniqlash zarur. 
U nonushtani apil-tapil yeb bitirdi-da, Gekni qidirib 
chiqib ketdi.
214


Gek bir yuk tashiydigan kemaning chetida, oyoq- 
larini suvga solib, o'ynatib otirar va basharasidan 
juda mayus ko'rinar edi. Tom oyiaganini undan 
ochiqdan-ochiq soYamasdan, o‘zini bundan xabar- 
sizdek ko'rsatib, uni gapga solmoqchi boldi. Agarda 
Gek buning ishoralaridan anglab ololmasa, demak 
bulaming hammasi Tomning koVgan tushlari ekani 
aniq boladi.
- Omonmisan, Gek!
- Shukr!
Bir daqiqacha jimlik hukm surdi.
- Oh, Tom! Shu belkuragi qurgHimi o‘sha qurigan 
daraxt ostiga bekitib kelgan bolsak, shu pullaming 
hammasi bizniki bolar ekan. Qanday yomon ish 
bu-a?
- Demak, bu tush emas ekan-da? Xudo ursin 
agar, men tush bolmaganiga achinaman.
- Tush deganing nimasi?
- Kechagi ishimiz haqida so'zlayapman. Hozir u 
menga go У о tushimda ko‘ringandek bolib qoldi.
- Tushimda emish-a! Agar uning oyoqlari osti- 
da narvon sinib ketmaganida, tushingni ko'zingga 
koVsatib qoyar ediku-ya! Mening tushimga bolsa, 
anavi qurib ketkur ispaniyalik kirib, tun boyi meni 
quvlab yurdi.
- Nega uni qurib ketkur deysan? Biz uni va pullar­
ni topib olishimiz mumkm-ku!
- Biz uni endi hech vaqt topolmaymiz. Bunday 
qulay payt bir marta keladi, ikkinchi marta kelmaydi: 
to'gVi kelganda uni eplay olmadikmi, hamma ishimiz 
puchga chiqdi. Bilasanmi, men u bilan duch kelib 
qolamanmi, deb kayfim uchib ketadi.
- Men ham shunday, Gek. Lekin shunday bolsa 
ham men uni bir ко‘rib va orqasidan poylab borib, 
o'sha paytdayoq ikkinchi g‘oming qayerda ekanini 
bilib olmoqchi edim.
215


- Ikkinchi g‘or deysanmi? Ha, ha, o‘zim ham shuni 
oyiagan edim. Seningcha bu nima ekan?
- Bilmadim. Harholda bu nomalum bir narsa. 
Menga qara, Gek, balki bu uy nomeridir?
- Senga bir gap boldimi, Tom? Albatta unday 
emas. Bizning shaharchamizda uning bolishi ham 
mumkin emas. Bizning uylarimizning hammasi 
nomersiz-ku!
- To'g'ri. To'ixtab tur, men о“у1аЬ koVaychi. Bila­
sanmi? Balki bu qovoqxonaning ichidagi bolma 
nomeridir.
- Ana bu gaping joyida! Bizda faqat ikkitagina 
qovoqxona bor, buni tekshirib ko‘rish ham uncha 
qiyin emas.
- Gek, men qaytib kelguncha shu yerda turatur.
Shu so‘zlar bilan Tom ko'zdan yo‘qoldi. U xalqning
ko‘z oldida Gek bilan birga yurishni istamas edi. U 
yarim soatdan keyin qaytib keldi.
Qovoqxonalardan yaxshirog‘ida bolmish va u 
dastlab Idrgan ikkinchi nomemi allaqachon bir yosh 
advokat egallab olgan edi. Undan koVa yomonroq 
qovoqxonadagi ikkinchi nomemi qandaydir bir no­
malum kishi band qilgan. 0 ‘sha yerdagi qovoqxo- 
nachi o‘glining so‘ziga qaraganda, bu nomer doim 
qulfli bolib, unda kechasidan boshqa vaqtda biror 
kishining kirgan yo chiqqanini ko'rmas ekan. Bola 
bu ajoyib holning sabablarini bilmasdan, ikkinchi 
nomerda «jinlar» bor deb o^lab yurar ekan. Shu bilan 
birga u kecha kechasi shu yerda chirog‘ yonganini 
ham aytib berdi.
- Gek, men mana shunday xabar bilib keldim. 
Menimcha, ulaming so‘zlaganlari ikkinchi nomer 
albatta shu bolsa kerak.
- Men ham shunday deb oyiovdim, Tom. Xo‘sh, 
endi nima qilamiz?
- To'xtab tur, biroz о У lab koVayin.
Tom anchagacha oyianib turdi-da, keyin:
216


- Mana bunday qilish kerak. Shu ikkinchi no- 
meming orqa eshigi oshxona bilan yarim xaroba 
g‘isht saroyning o'rtasidagi torko'chaga chiqadi. 
Sen mumkin qadar ko‘proq har xil kalit yig'ib ol, 
men ham xolamning hamma kalitlarini olaman-da, 
birinchi marta to‘g‘ri kelgan qorong'i kechada 
uni ochishga urinib ko'ramiz. Agar hindi Jo sha- 
harda paydo bolib qolsa, uni kuzatishni esingdan 
chiqarma. Esingda bormi, u o‘ch olish maqsadida, 
paytning qulayligini bilish uchun shaharga kirib 
chiqaman degan edi-ku? Uni koVishing bilan dar­
hol orqasidan poylab bor, agar shunda u ikkinchi 
nomerga kirmasa, bizning topolmaganimiz boladi.
- Voy, sening gapingni qara! Yolglz o'zim uning 
orqasidan qanday qilib boraman? Qo'rqaman.
- Nimasidan qo*rqasan, kechasi bolsa. U balki 
seni ko'rmay ham qolar. Ко “rib qolganda ham, poy­
lab yurganingni sezmaydi.
- Ha, durust, agar qorongl kechada boradigan 
bolsam, mayli, roziman, borib koVaman...
- Agar kecha qorongl bolsa, uning orqasidan men 
ham boraman, Gek. Bolmasa, u o'ziga kerak bolgan 
narsani bilib olib, pulini kotarib jo “nab qolar.
- To‘g‘ri, Tom, to‘g‘ri! Men uning orqasidan bora­
man. Azbaroyi xudo, boraman!
- Ana shunday degin-da! Mana bu ishing yax­
shi. Faqat, ehtiyol bol! Sen ishni buzib qo^masang 
bolgani, men ishni xom qilmayman.

Download 6.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling