Kechirganlari


Download 6.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet53/63
Sana04.11.2023
Hajmi6.61 Mb.
#1747444
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   63
Bog'liq
Tom Soyerning boshidan kechirganlari. Mark Tven

o‘z
xayollarida bu 
g‘or ichida bir necha kun, balki haftalab yurgan- 
ga o'xshar edilar. Haqiqatda esa bunday bolishi 
mumkin emas, chunki hali ularning qollaridagi 
shamlari ham yonib bitmagan edi.
Shundan keyin ular uzoq vaqt gapirmasdan bor- 
dilar. Tom biror yerda to'xtab suv tomchilayotgan 
tovush eshitiladimi, yo‘qmi, shuni bilish zarurligini 
so‘zlar, chunki qanday bolsa ham buloq bor yemi 
qidirib topish kerak edi.
Ular tezlikda shunday buloqni ham topdilar, Tom 
bolsa shu yerda to'xtab dam olish zarurligini aytdi. 
Ikkovlari ham juda charchagan edilar, shunday 
bolsa ham Bekki to'xtamay ketaverishni taklif qildi. 
Tom unamadi. Bekki hayron boldi. Ular otirdilar. 
Tom bir yumaloq loy olib, shamni oldilaridagi bir 
toshning ustiga o‘rnatib qo^di. Ikkovlari ham xayol 
surib ketib, ancha vaqt jim otirdilar. Bu jimjitlikni 
eng awal Bekki buzib:
- Tom, qomim juda ochib ketdi-ku, - dedi. Tom 
cho‘ntagidan bir narsa oldi.
- Esingda bormi? - deb so'radi u. Bekki sekingina 
kulimsirab qo'ydi.
- Bu - toyimizning somsasi, Tom.
- Meni shu somsaning kattakon bolishini is tar 
edim. Negaki shundan boshqa hech narsa yo‘q.
- Men shu bir bolak somsani sayilda yurgan 
vaqtimizda, yashirib qoVgan edim, bu endi bizning 
so'ngi...
Bekki o‘z o'rtoglni qayg4irtirmaslik uchun so‘zini 
oxiriga yetkazmadi.
251


Tom somsani ikkiga boldi. Bekki somsaning 
yarmini zo‘r ishtaha bilan yedi. Tomning esa 
o‘z 
ulushiga og'zi tegdi yo tegmadi. Ichish uchun suv 
ham bor, o‘tirgan yerlarining xuddi yonginasida 
yarqirab oqib yotgan muzdek buloq suvi bor edi. 
Birozdan keyin Bekki yollarida davom etishni taklif 
qildi. Tom biroz oyianib turgandan keyin:
- Bekki, senga bir so‘z aytmoqchiman. Sen bu 
so‘zlarimni jimgina eshita olasanmi? - dedi.
Bekkining rangi о‘chib ketdi, shunday bolsa ham 
tinch turib tinglashga so‘z berdi.
- Bolmasa, men shunday demoqchiman, Bekki: 
biz endi shu yerda qolishimiz kerak, bu yerda suv 
ham bor ekan... sham bolsa, shu qolimizdagidan 
boshqa qolmadi.
Bekki ko'zlariga jiqqa yosh olib, ho'ngrab yubordi. 
Tom qolidan kelganicha uni ovutishga urinar, lekin 
uning harakatlari hech foyda bermas edi. Nihoyat 
Bekki yana so‘z ochib:
- Tom! - dedi.
- Nima deysan, Bekki?
- Ular bizning yo‘qligimizni bilishib, izlashib kelib 
qolsalar kerak deyman?
- Albatta, shunday-da, ular albatta bizlami qidi- 
rishib keladilar.
- Tom, balki ular hozir bizlami qidirib ham yur- 
gandirlar?
- Shunday bolishi ham mumkin. Men ham shun­
day deb о у layman.
- Tom, ular bizning yo'qligimizni qachon bilib 
qoladilar deb oyiaysan?
- Kemaga qaytganlarida biladilar-da.
- Tom, unda juda qorongl bolib qolgan boladi, 
bizlaming bor-yo‘qligimizni sezarmikanlar?
- Bilmadim, harholda ular shaharga qaytib 
borishlari bilanoq, onang ayyuhannos solib qidira 
boshlaydi.
252


Bekkining yuzida qo‘rquv alomatlari ko'rindi; 
uning ko‘z qarashi o'zining bir qiz o‘rtog‘inikida 
yotib qolmoqchi bolganini va shuning uchun 
onasi uni qidirmasligini Tomning esiga tushirdi. 
Bolalarning ikkalasi ham yana jim bolishib, xayol 
surib ketdilar. Birdaniga Bekkida yangidan sezila 
boshlagan qayg\i tolqini Tomning xayoliga qanday 
fikrlar kelgan bolsa, uning ham xayoliga shunday 
fikrlar kelganini bildirdi: Missis Techer Bekkining 
missis Garper uyida yotganligini bilgunicha yak- 
shanba kunining yarmi o‘tib ketadi. Bolalar esa 
so‘nggi shamni sekin-sekin yonib tamom bolishi- 
ga qarab o‘tirardilar. Nihoyat, shamning piligidan 
yarim dyuymcha qoldi. Xiragina yolqin goh yuqori 
ko‘tarilib, goh past tushdi, keyin ingichka bo‘lib 
cho‘zilgan tutun bilan qo‘shilib chiqib biroz tur- 
gandan keyin o‘chdi-da, butun atrofni dahshatli 
zulmat bosdi.
Bekki o‘zining Tom quchog‘ida yiglab yotganini 
sezgunicha qancha vaqt o'tgan, buni ulardan hech 
qaysisi ham ayta olmadi. Ular faqat o‘zlarining bi- 
lishlaricha: uzoq vaqtdan keyin, go^o og‘ir uyqidan 
uyg‘ongandek bolib, o‘z boshlariga kelgan baloni 
seza boshladilar. Tom xayolida hozir yakshanba, 
balki dushanba kuni ham bolgandir, deb oVlar 
edi. Tom qanday qilib bolsa ham Bekkini gapga 
solishga urinar, Bekki bolsa o‘z qayg4isi bilan 
tolib-toshib hech narsa demas edi. Unda hozir 
hech qanday umid va ishonch yo‘q. Tom unga: 
«bizning yo'qligimizni allaqachonlar sezganlar va 
endi bizlami qidirib yurgandirlar», deb so‘zlab, uni 
ishontirmoqchi bolar edi. Yana boyagidek baqirish 
kerak. Bironta odam eshitib qolsa kelar-ku, deb u 
bir baqirdi, lekin qorong'ilik ichida uning tovushi 
shunday qo‘rqinchli aks sado bilan eshitildiki, u 
ikkinchi marta qichqirishga ju r’at qilmadi.
253


Soatlar o‘tib borardi; tutqun bolalar bolsa yana 
ochlikdan qiynala boshladilar. Tomning o'ziga tek- 
kan yarimta somsasi hali shundayligicha turardi. 
U yarimta somsani Bekki ikkalasi baham ko‘rishdi, 
lekin buni yeganlaridan keyin ulaming ochliklari 
awalgidan ham ortiqroq sezila boshladi.
Oradan biroz vaqt otgach, Tom:
- Tss... Eshitdingmi? - deb so‘radi.
Ikkovlari ham nafaslarini chiqarmay, quloq sol- 
dilar. Uzoq-uzoqlardan birovning chaqirgan tovushi 
kelgandek boldi. Bolalar yana diqqat bilan quloq sola 
boshladilar. Tom o'sha chaqiriqqa javob bergandek 
bolib, bir marta qattiq baqirdi-da, Bekkining qolidan 
yetaklab, yolaklar ichi bilan o‘sha tovush eshitilgan 
tomonga qarab yurdi. Keyin to'xtadi. Haligi tovush 
yana bir marta yaqinroqdan takrorlangandek boldi.
- Bu tovush xuddi o‘shalamiki! - dedi Tom.- Ular 
to‘g‘ri shu yoqqa qarab kelayotirlar! Yur, Bekki, qo‘rq- 
ma, endi bu yogi yaxshi boladi!
Kichkina asirlar shodliklaridan tez yura olmas 
edilar, chunki har qadamda chuqur yerlar bolgani 
uchun ehtiyot bolib yurishga to'gVi kelardi. Yolda 
uchragan katta bir chuqur oldida ular beixtiyor 
to'xtashga majbur boldilar. Bu chuquming uzunligi 
uch fut ham, yuz fut ham bolishi mumkin. Harholda 
undan otish juda qiyin edi. Tom yerga uzala tushib 
yotib, kuchi yetganicha qolini chuqur ichiga cho‘zdi. 
Lekin qoli tubigachayetmadi... Keyin bulamiqidirib 
kelishlarini kutmoqchi boldilar. Bolalar quloq solar, 
lekin boyagi eshitilgan tovushlar borgan sari uzoq- 
lashmoqda edi. Yana bir damdan keyin u tovushlar 
butunlay eshitilmay qoldi. Qanday qoVqinchli hoi! 
Tom tovushi bo'gllgunicha baqirdi, lekin hech kim 
javob bermadi. Bu bilan u Bekkining ruhini kotar- 
moqchi bolar, lekin hech bir tovush eshitilmay, vaqt 
olib borayotgandek bolar edi.
' 254


Bolalar qorong'ida qollari bilan paypaslab yurib, 
haligi buloq yoniga qaytib bordilar. Vaqt juda sekin 
otib borar edi. Ular ochlikdan charchab, qimirlashga 
madorlari qolmay, uxlab qoldilar. Ular och va qayg'uli 
holcia uyg'ondilar. Tom endi seshanba kuni bo lib 
qolgandir, deb o^lar edi.
Birdan boshiga bir fikr keldi. Shu yaqin o'rtada 
yon tomonlarga qarab ketgan tor yolaklar bor edi. Bu 
yerda bekorga diqqat bo lib otirgandan koVa, o‘sha 
yolaklami tekshirib kelsa bolmaydimi? U varrak 
uchiradigan bir yumaloq kanopini cho'ntagidan olib, 
uning uchini bir qoya tosh cho'qqisiga boglab qo “ydi- 
da, kanopning bir uchidan tortib va Bekkini yetak- 
lab ketdi. Yigirma qadamcha yurib borganlaridan 
keyin haligi yolak qandaydir bir sakrash maydoniga 
o'xshagan yerga borib tamom boldi. Tom tiz choldb, 
uning pastki devorini paypaslab ko*ra boshladi. Qoli 
bilan paypaslab devoming burchagiga yetib bordi, 
keyin qollarini biroz o'ngga cho'zgan edi, shu vaqt 
undan yigirma qadam kelar-kelmas yerdan, tosh 
devoming qirrasidan sham ushlagan bir kishining 
qoli koVindi. Tom sevinganidan qichqirib yubordi, 
lekin qoldan keyin kishining gavdasi ham ko'rindi. 
Bu kishi - hindi Jo edi! Tom qo'rqqanidan qotib 
qoldi. U qolini ham, oyog‘ini ham qimirlata olmay 
qolgan edi. «Ispaniyalik» bularga orqa o‘girib, uzoq- 
lashib ketganini ko‘rgandan keyin Tom shodlanib 
ketdi. Tom hindi Joning tovushini eshitib, tanima- 
gani va o'zining sudda guvohlik bergani uchun shu 
onda kelib buni oldirmaganligidan hayron boldi. 
Ammo aks sado uning tovushini o'zgartirib yubor- 
gan bolsa kerak. Tom shunchalik qoVqqan ediki, 
uning butun a’zoyi-badani bo'shashib ketgan, u 
o'zicha: «Agar quwatim yetib, chashmaning oldi- 
ga borib olsam, undan keyin chiqib ketish yolini 
axtarishdan ham to'xtab, o‘sha yerda qolardim»
255


deb o^lar, chunki hindi Joga duch kelib qolishdan 
qo'rqar edi.
U hindi Joni ko‘rganligini Bekkidan yashirdi va 
«Anchayin birov eshitarmikan» deb baqirdim, dedi.
Ochlik va tanglik sekin-sekin har qanday 
dahshatdan ham ustun chiqdi. Chashma yoniga 
kelib, yana qaytadan o'tirish va uxlash ularga 
qulaylik tug‘dirdi. Bolalar uyqudan uyg'onishib, 
ochlik azobidan qiynalmoqda edilar. Tom endi 
chorshanba yoki payshanba, balki juma va shan- 
ba kuni bolib qolib, axtarib yurgan kishilar ham 
topolmay qaytib ketgandirlar, deb о*у1аг edi. U 
yana bir yolakni tekshirib ko'rmoqchi boldi. Endi 
u hindi Jo bilan duch kelishga ham rozi edi. Biroq 
Bekki juda bo'shashib holdan ketib qolgan edi. 
U juda xafa, o'rnidan qo‘zg‘algisi ham kelmasdi. 
U endi shu o‘tirgan yeridan qimirlamay, olimni 
kutmoqchi edi. U Tomga, agar istasa, kanopning 
uchini olib o‘sha tekshirmoqchi bo'lgan yoliga 
borishni taklif qildi. Shu bilan birga tez-tez uning 
yoniga kelib xabar olib turishini va jon beradigan 
vaqtda uning qolini ushlab otirishini so'radi.
Tom uning yuzidan bir o‘pdi: shu chog‘ Bekki 
yig‘idan o'zini zo'rg'a tutib, nafasini ololmay turar 
edi. Shunday bolsa hamki, qizga buni bildirmay, 
g'ordan qutulib chiqib ketishiga, yoki bularni qidi- 
rib yuruvchi kishilar bilan uchrashib qolishlariga 
ishonchi katta ekanini bildirdi. Keyin varrak ipi- 
ning, uchini ushlab olib, ochlik va olimning ya- 
qinligini oldindan sezgani holdayolaklardan biriga 
kirdi-da, emaklab yurib ketdi.
256



Download 6.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling