Kegl cc pechat indd
iij-msin. lio-msni. ii/'-msni
Download 175.39 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1. Linzalardan qayerlarda foydalaniladi 2.Linza suvga to‘la tushirilsa, uning optik kuchi qanday o‘zgaradi
iij-msin. lio-msni. ii/'-msni.
Qavariq linzada buyumni ma’lum oraliqqa joylashtirilsa, undagi tasvir kattalashgan bolar ekan. Uning bu xususiyatidan narsalarni kattalashtirib ko£rishda foydalaniladi. 146 Linzaning fokus masofasiga teskari boigan kattalikka linzaning optik kuchi deyiladi. formula bilan ifodalanadi. Agar F= 1 m bo£lsa, D = -i- = 1 dioptriya bo£ladi. Qisqacha D= 1 dptr. Botiq linzalar uchun D manfiy qiymatga ega bo£ladi. Amaliy topshiriq Yig£uvchi linza, ko‘zoynak yordamida quyosh (lampochka) nur- larini bir nuqtaga to‘plab fokus masofasini aniqlang. 1. Linzalardan qayerlarda foydalaniladi? 2.Linza suvga to‘la tushirilsa, uning optik kuchi qanday o‘zgaradi? 3. Linzaning bosh fokus masofasini amalda qanday aniqlash mumkin? 54-MAVZU I SHISHA PRIZMADA YORUG‘LIKNING TARKIBIY QISMLARGA AJRALISHI. KAMALAK Har biringiz bahor paytida yomg‘irdan so£ng osmonda yoy shaklidagi rangli «kamalak»ni kuzatgansiz. Ko£pincha kamalak ikkita bo£lganligidan yurtimizda Hasan-Husan deb ham nomlashadi. Shunday kamalakni yoz kunlarida otilib turgan favvoralar yaqinida o£tirib ham kuzatish mumkin. Sun’iy ravishda shlangdan suv sepganda sochilib chiqayotgan zarralarda ham ba’zan kamalakni kuzatish mumkin. Ko£ringan tabiiy kamalakka qarab yura boshlasangiz, u ham sizdan uzoqlasha boradi va keyinroq yo£qoladi. Yorug£likning rangini o£rganishni birinchi bor ilmiy ravishda 1666-yilda Nyuton boshlab beradi. Bu haqda Nyuton quyidagicha yozadi. «Men 1666-yilda (sferik ko£rinishga ega bo£lmagan optik shishani silliqlayotganimda) yorug£lik rangi haqidagi hodisani o£rganish uchun uchburchak shaklidagi shisha prizmani topib oldim. Shu maqsadda men xonamni qorong£ilashtirib, unda quyosh nurlari kirishi uchun kichik tirqish qoldirdim. Prizmani shunday joylashtirdimki, natijada yorug£lik prizmadan o£tganidan so£ng qara- ma-qarshi devorga tushdi. Menga devordagi jonli ranglarni ko£rish 147 katta mamnuniyat keltirdi». Bu tajribani o£zingiz ham bajarib ko‘rishingiz mumkin. Buning uchun Quyoshdan keluvchi yoki elektr lampochkadan chiqqan nurlarni tirqish orqali uchburchak shaklidagi shishadan yasalgan prizmaga tushiriladi. Prizmaga tushirilgan oq nur, undan o‘tgach, yetti xil rangga ajralar ekan (118-rasm). Rang- larning joylashish tartibi quyidagicha: qizil, zarg‘aldoq, sariq, Iyashil, havorang, ko£k va binafsha. Yetti xil rangdan tashkil topgan tasvir spektr deb ataladi. Prizmadan chiqqan nur rangli bo£lishidan tashqari, kirgan nurga nisbatan yoyilgan holatda bo£ladi. Buning sababini o£rganish uchun prizmadan chiqqan nurlardan bittasini qoldirib, qolganini berkitamiz va qoldirilgan nur yo£liga boshqa prizmani qo£yamiz. Prizmadan o£tgan nurlarning og£ish burchagini o£lchab, turli rangdagi nurlarning prizmadan o£tishda turli burchakka og£ishini kuza- tamiz. Eng ko£p og£ish binafsha nurga, eng kam og£ish qizil nurga to£g£ri keladi. Agar berkitilgan nurlarni ochib yuborib, ikkinchi prizmadan o£tkazilsa, nurlar yig£ilib, yana oq nur ko£rinishida bo£ladi. Bu bilan Nyuton Quyoshdan keluvchi oq nur aslida ma’lum nisbatda qo£shilgan turli toza ranglarning aralashmasidan iborat ekanligini isbotlaydi. Haqiqatan ham, keyinchalik Yung degan olim yettita rang emas, balki uchta: qizil, havorang, yashil ranglarni qo£shib oq rang hosil qilib ko£rsatadi. Shu uchta rangni turli nisbatda aralashtirilsa, boshqa barcha ranglar hosil bo£lar ekan. Hozirgi zamon rangli televizorlarida mana shu uchta rang qo£shilishidan rangli tasvir hosil qilinadi. Narsa va predmetlarning ham turli rangda ko£rinishi ularning o£ziga tushgan yorug£likdagi ayrim ranglarni yutib, ayrimlarini esa qaytarishidir. Masalan, qizil shar faqat qizil rangni qaytarib, qolganini yutadi. Qora jism tushgan yorug£likning deyarli barchasini yutsa, oq jism qaytaradi. 148 Demak, yuqorida aytilgan kamalak ham yomg£ir tomchilari xuddi prizma kabi nurlarni qaytarishi va undan sinib o‘tishi sababli paydo bo£ladi. Aristotel kamalak uchta rangdan iborat deb hisoblagan: qizil, yashil, binafsha. Nyuton esa dastlab kamalakda beshta rangni ajratgan: qizil, sariq, yashil, ko£k, binafsha. Keyinchalik o£nta rang bor deb aytgan. Oxirida yettita rangda to£xtagan. Haqiqatan, kamalakka diqqat bilan qaralsa, ranglar bir-biridan aniq chegara bilan ajratilmagan. Yetti raqamining qabul qilinishi shartli bo£lib, qadimdan bu raqamga alohida urg£u berilgan. Dunyodagi yetti mo£jiza, yetti qavat osmon, haftaning yetti kuni va h.k. Momaqaldiroqli yomg£irdan so£ng ko£ringan kamalak yorqin bo£ladi. Maydalab yoqqan yomg£irdan so£ng hosil bo£lgan kamalak xiraroq bo£ladi. Quyosh gorizontga qancha yaqin bo£lsa, kamalak o£lchamlari shuncha katta bo£ladi. Download 175.39 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling