Kegl cc pechat indd
Download 175.39 Kb.
|
QycrttiteP
105-rasm. Yerdagi A sohaga tushadigan Quyosh nurlari Oy tomonidan to£la to£silib qolganligidan, u yerda qorong£ilik bo£ladi. Bu joyda Quyoshning tola tutilishi kuzatiladi. Yerning В sohasida esa yarim soya bo£ladi. Bu joydagi kuzatuvchi uchun Quyoshning qisman tutilishi ro£y beradi. Yerda Quyoshning to£la tutilishi kuzatilgan joylarida to£la qorong£ilik bo£lganligidan, osmonda yulduzlar chaqnab ko£rinadi. Yerning bu sohasi isitilishdan to£xtaganligidan shamollar paydo bo£ladi. Noxush vaziyat vujudga kelib, itlar hurgan, hayvonlar ovoz chiqarishgan. Bu esa odamlarga ta’sir etib vahimaga tushishgan. Yer va Oy harakati davrida Oy va Quyosh oralig£iga Yer tushib qolsa, Oy tutilishi ro£y beradi (106-rasm). Oy o£zidan yorug£lik chiqarmaydi. U faqat Quyoshdan tushgan yorug£likni qaytaradi. Oyga tushayotgan Quyosh nurini Yer to£sib qolganda Yerning soyasi Oyga tushadi. Yerning atmosferasi bo£lmaganda edi, Oy tutilishi davrida u ko£rinmay qolar edi. Yer atmosferasi Quyosh nurlarini sochib yuborganligi tufayli Oyning tutilishi davrida qizg£ish disk shaklida ko£ramiz. 106-rasm. Oy tutilishi sababi ma’lum bo£lmagan davrda, odamlarda qo£r- qinch paydo bo£lgan. Uni tushuntirish uchun turli rivoyat va afsonalar to£qishgan. Hozirgi kunda Quyosh va Oy tutilishini qayerda, qachon va qanday ko£rinishda bo£lishi ancha oldindan aytib beriladi. Shunga ko£ra olimlar bu hodisani o£rganish uchun tayyorgarlik ko£rishadi. Quyosh to£la tutilganda, boshqa vaqtda ko£rinmaydigan «Quyosh toji» ni kuzatish mumkin. Yerning o£z o£qi atrofida aylanishi tufayli kun va tun almashinadi. Oy ham o£z o£qi atrofida aylanadi. Oyning kunduzgi yorug£ tushib turgan qismi bizga ko£rinib, yorug£ tushmagan qismi ko£rinmaydi. Uni Oy tutilishi bilan adashtirmaslik kerak. Amaliy topshiriq 100 yoki 50 so£mlik tangani olib, u orqali Quyoshga qarang. Agar tangani ko£zingizga juda yaqin qo£ysangiz, Quyosh to£la yopiladi. Asta-sekin tangani ko£zingizdan uzoqlashtira boshlasangiz Quyoshning o£rtasi berkilib, chetki qismi halqa shaklida ko£rinadi. Tajribani o‘tkazishda tim qora ko‘zoynak taqib oling! Download 175.39 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling