Kegl cc pechat indd


Download 175.39 Kb.
bet79/103
Sana07.01.2023
Hajmi175.39 Kb.
#1081290
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   103
Ibn Sino
51-MAVZU
140
fikrlari qanchalik to‘g‘ri ekanligi haqida o‘ylab ко'ring. Yorug£lik sinishi haqida Beruniy va Ibn Sinoning bir-biriga yo‘l lagan savol va javoblarida quyidagilar bor. Beruniy shunday deb so‘raydi: «Oq, yumaloq, tiniq bir shishani tiniq suv bilan to‘ldirilsa, kuydirishda bamisoli yumaloq tosh (linza) xizmatini bajaradi. Agar u shisha suvdan bo‘shatilib, havo bilan to‘ldirilgan bo£lsa, kuydirmaydi va Quyosh sho£lasini to£plamaydi. Nima uchun shunday bo£ladi?». Savolga Ibn Sino quyidagicha javob beradi: «Albatta suv qalin, vazmin, zich tiniq bir jism bo£lib, uning zotida rang bordir. Shunday sifatdagi har qanday narsadan yorug£lik akslanadi (sinadi). Shuning uchun suv bilan to£ldirilgan dumaloq shishada yorug£lik akslanadi. Sho£laning to£planishidan kuydirish quvvati paydo bo£ladi. Ammo havodagi sho£la kuchli akslanmaydi. Chunki havo nozik (siyrak) va tiniqdir». Bu fikrlarning qanchalik to£g£riligini keyingi «linza» haqidagi mavzuda o£rganasiz.
Ko£rish va uning sabablari haqida Beruniy Ibn Sinoga shunday savol yuboradi: «Ko£z nuri vositasi bilan idrok qilish — ko£rish qanaqa, nima uchun tiniq suvning tagidagi narsa ko£rinib turadi, holbuki ko£z nurining ravshanligi tiniq jismlardan akslanadi (sinadi)? Suvning sathi silliq va yaltiroq-ku».
Ibn Sino o£zining javoblarini keyinchalik «Fizika», «Tib qonun- lari» nomli asarlarida aniqroq tafsiflaydi. «Agar ko£zimizdan nur chiqib, buyumlarni yoritadigan va oqibatida biz buyumlarni ko£radigan bo£lsak, nima uchun kechasi ko£rmaymiz? Nahotki ko£zimizdan chiqqan nur butun olamni yoritishga yetsa?»— deya Aflotunning fikrini rad etadi. Ibn Sino ko£rishning asosiy sababi aksincha, buyumlardan kelayotgan nurlarning ko£zimizga tushishi va ko£z gavharidan o£tib sinishi, so£ngra ko£zdagi to£r pardada tasvirning paydo bo£lishi natijasida deb tushuntiradi.

Download 175.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling