Kegl cc pechat indd
Download 1.85 Mb. Pdf ko'rish
|
Fizika,6-sinf darsligi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 39-MAVZU NURLANISH. TURMUSHDA VA TEXNIKADA ISSIQLIK UZATILISHIDAN FOYDALANISH
Amaliy topshiriq
Uyingizni isitilish chizmasini chizing. Uning qanchalik to‘g‘ri bajaril ganligini o‘rganib ko‘ring. 1. Uy derazalariga «fortochka»lar nima sababdan yuqori qismiga qo‘yiladi? 2. Nima sababdan yonib turgan gugurt cho‘pini ushlab turganda qo‘l kuymaydi? 3. Jadvalga qarab qaysi uyda yozda salqinroq, qishda issiqroq bo‘lishini ayting. G‘ishtdan qurilgan uydami yoki betondan? 39-MAVZU NURLANISH. TURMUSHDA VA TEXNIKADA ISSIQLIK UZATILISHIDAN FOYDALANISH Shunday qilib, konveksiya ham, issiqlik o‘tkazuvchanlik ham zarralar harakati bilan amalga oshiriladi. Unda Yerdagi energiyaning asosiy sababchisi bo‘lgan Quyoshdan issiqlik Yerga qanday uzatiladi? Axir, Yer va Quyosh orasida zarralar deyarli yo‘q bo‘lgan muhit – vakuum mavjud-ku! Bu holatda issiqlik nurlanish orqali uzatiladi. Quyoshdan kelayotgan yorug‘lik oqimi o‘zi bilan birga issiqlik energiyasini ham olib keladi. Cho‘g‘lanma elektr lampochkasi ham yorug‘lik bilan birga issiqlikni nurlantiradi. Lampochka ichida havo bo‘lmasa-da, lampoch- kadan nurlangan issiqlikni kaftimiz bilan sezishimiz mumkin. Nurla nish orqali olingan energiya isitiluvchi yuza rangiga bog‘liq. Qishda qor ustiga bir xil materialdan qilingan bir xil yuzali, biri oq, ikkinchisi qora rangga bo‘yalgan mato yoyib qo‘yilsa, qora mato tagida qor ko‘proq eriganligini ko‘ramiz. Demak, yuzaga tushgan nurlanish ener giyasi unga yutilishi yoki undan qaytishi mum kin ekan. Deraza oyna lari Quyoshdan keluvchi nurlanishni yaxshi o‘tkazadi, lekin uydagi radiator dan chiqqan issiqlikni yomon o‘tkazadi. Issiqxona («tep litsa») lar dagi oynali devor va shiplarning vazifasi sizga endi tushunarli bo‘lsa kerak! Konveksiya, issiqlik o‘tkazuvchanlik va nurlanish hodisalaridan tur- mushda va texnikada keng foydala niladi. 77-rasmda uylarni qaynagan suv bilan isitish siste masida qo‘llaniladigan «qozon»ning ichki tuzi- lishi keltirilgan. Unda hosil bo‘ladigan konveksiyani tushun tirishga harakat qiling. 78-rasmda radiator vo sitasida isitiladigan xonaning qirqimi ko‘rsatilgan. Xonada borayotgan jarayon haqida tushuntirish bering. Nima sababdan radia torlar deraza tagiga o‘rnatiladi? 79-rasmda 109 suyuqliklarni dastlab quyilgan paytidagi temperaturasida uzoq muddat saqlaydigan idish – termos keltirilgan. Unda metall qobiq ichida ikki qavatdan iborat shisha devorli idish joylashtirilgan. Shisha devorlar oralig‘i vakuumdan iborat. Shisha idishning ichki qismi yupqa kumush bilan qoplangan. Bunday idishdagi suyuqlik issiq holatda uzoq vaqt saqlanadi. Issiqlik uzatishning uchta turi bo‘yicha issiqlik tarqalib ketmasligining sababini tushuntirib ko‘ring. Demak, zaruriyatga qarab, issiqlikni yaxshi o‘tkazish lozim bo‘lsa, konvek siyani tezlashtirish choralari hamda issiqlikni yaxshi o‘tkazadigan materiallardan foydalanish kerak ekan. Uyda ovqat pishirish va choy qaynatish uchun ishlatiladigan qozon va chovgum larni issiqlikni yaxshi o‘tkazuvchi materiallardan yasaladi. Lekin qaynagan choyni uzoqroq issiq holatda ushlab turish uchun chinni choynakka damlagan ma’qul bo‘ladi. Choyni stakanda ichsak, og‘iz kuyib qoladi. Lekin chinni piyolada ichsangiz kuymaydi. Nima sababdan? 77-rasm. 78-rasm. 79-rasm. Nurlanish energiyasidan foydalanishda ham materiallarga va uning rangiga e’tibor beriladi. Yozda issiqlik nurlarini yaxshi qaytaradigan oq rangdagi liboslar kiyilsa, qishda to‘q rangdagilari kiyiladi. Download 1.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling