Kegl cc pechat indd


-MAVZU QATTIQ JISM, SUYUQLIK VA GAZLARDA ISSIQLIK


Download 1.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet73/127
Sana17.09.2023
Hajmi1.85 Mb.
#1680356
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   127
Bog'liq
Fizika,6-sinf darsligi

38-MAVZU
QATTIQ JISM, SUYUQLIK VA GAZLARDA ISSIQLIK 
UZATILISHI. ISSIQLIK O‘TKAZUVCHANLIK. KONVEKSIYA
Issiqlikning bir joydan ikkinchi joyga o‘ta olishini hamma biladi. 
Pechka yoki isitish batareyalaridan chiqqan issiqlik butun uyga 
tarqaladi. Stakanga quyilgan choyga qoshiq solib qo‘ysangiz, qoshiq 
isib qoladi. Quyoshdan chiqqan issiqlik ham Yerga yetib keladi. Xo‘sh, 
issiqlik qanday uzati 
ladi? Modda tuzilishi haqidagi tasavvurlarimiz, 
issiqlik uzatilishi undagi molekulalar harakati bilan bog‘liq degan 
xulosaga keltiradi. E’tibor bergan bo‘lsangiz, tutun ba’zan yuqoriga 
ko‘tariladi, ba’zan yoyilib tarqaydi. Havoda ba’zan bulutlar ancha 
muddat o‘zgarishsiz tursa, ba’zan shiddat bilan harakatga tushib qoladi. 
Ularni qanday tushunish mumkin? Pechka yonidagi havo qiziganda 
u kengayadi va zichligi kamayadi. Arximed kuchi ta’sirida u yuqoriga 
ko‘tariladi. Uning o‘rniga zichligi katta sovuq havo oqib keladi. Natija-
da isitilganligi turlicha bo‘lgan havo qatlamlari orasida oqim vujudga 
keladi. Bu hodisaga
 konveksiya (lotin cha – olib kelish) deyiladi. 
Konveksiyani isiriq yordamida oson kuzatish mumkin (74-rasm). 
Konveksiya faqat gazlar 
da emas, balki suyuqliklarda ham bo‘ladi. Idish 
tagidan berilgan issiqlik suyuqlikdagi konveksion oqim tufayli yuqoriga 
ko‘tariladi. Suyuqliklarda konveksiyani namoyish qilib ko‘rsatadigan 
tajribani o‘ylab toping.
Qattiq jismlarda zarralar bir joy 
dan ikkinchisiga ko‘chmaydi. Ular 
fa qat turgan joylarida tebranib turadi. Qattiq jismlarda atomlar bir-
biriga yaqin joylashganligidan issiqlikni shu tebranishlar orqali 
bir-biriga uza 
tadi. Bunday usulda issiqlikni uzatishga 
issiqlik 
o‘tkazuvchanlik deyiladi.
Turli moddalarning issiqlik o‘tka 
zuvchanligi turlicha. Buni quyidagi 
tajribada ko‘rish mumkin (75-rasm). Sterjendan bir xil uzoqlikda 


107
mis, temir, alu 
miniy, yog‘ochdan yasalgan bo‘laklarni mahkamlaylik. 
Bo‘laklar uchiga gu 
gurt cho‘p 
larini shamga o‘xshab oson eriydigan 
modda bilan yopishtiraylik. Bo‘ 
lak lar mahkam 
langan o‘rtadagi diskni 
sekin qizdiraylik.
74-rasm. 
75-rasm.
Issiqlik o‘tkazuvchanligining katta-kichik 
ligiga qarab gugurtlar 
birin-ketin tushib ketgan 
ligini ko‘ramiz. Jadvalga qarab gugurtlar qaysi 
tartibda tushishini ayting.
4-jadval
Modda
Issiqlik o‘tkazuv-
chanlik, W/(m · K)
Modda
Issiqlik o‘tkazuv-
chanlik, W/ (m · K)
Kumush
418
Suv
0,600
Mis
395
Beton
0,11–2,33
Alyuminiy
209
Qog‘oz
0,140
Temir
73
Paxta
0,042
Po‘lat
50
Yog‘och
0,2
G‘isht (qizil)
0,77
Shisha momiq
0,04
76-rasm.
Suyuqliklarning issiqlikni qanday o‘t 
kazishini 
o‘rga nish uchun quyidagicha tajriba o‘tkazaylik. 
Uzun pro 
birka olib, uning tagiga muz bo‘laklarini 
solaylik. Usti dan esa metall sharcha bilan bostirib 
qo‘yaylik. Sharcha ustidan suv quyib, rasmda 
ko‘rsatilgan holat 
da yuqori qismidan qizdiraylik. 
Dastlab suv isib bug‘ 
lanadi, so‘ngra yuqori qismi qaynay bosh 
lasa-
da, probirka tagidagi muz erimasdan turadi (76-rasm). Sababi haqida 
o‘ylab ko‘ring.
Havo ham suyuqlik kabi issiqlikni yomon o‘tkazadi. Yonib 
turgan gugurt yoki qizigan pechka yaqiniga qo‘limizni yaqin tutib, 
kuydirmasdan tura olamiz.


108

Download 1.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   127




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling