Kegl cc pechat indd


ultratovush deyiladi. Aniq bir chastotali tovush chiqaradigan asbobga  kamerton


Download 1.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet109/127
Sana17.09.2023
Hajmi1.85 Mb.
#1680356
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   127
Bog'liq
Fizika,6-sinf darsligi

ultratovush deyiladi.
Aniq bir chastotali tovush chiqaradigan asbobga 
kamerton deyiladi. 
Kamertonni 1711-yilda ingliz musiqachisi J. Shorom ixtiro qilgan 
bo‘lib, musiqa asboblarini sozlashda foydalangan. Kamerton ikki shoxli 
metall ster 
jendan iborat bo‘lib, o‘rtasida tutqichi bor (125-rasm). 
Rezina ta yoqcha bilan kamer 
tonning bir shoxchasiga urilsa, ma’lum bir 
to vush eshitiladi. Kamer 
ton ning tebranishiga ishonch hosil qilish 
uchun ipga birorta yen 
gil sharchani osib, uni kamertonning ikkinchi 
shoxchasiga tegizib qo‘ya 
miz. Kamertondan ovoz chiqqanda sharcha 
ham tebranib turganligini ko‘rish mumkin. Kamertondan chiqadigan 
ovozni kuchaytirish uchun u yog‘ochdan yasalgan qutiga o‘rnatiladi. Bu 
qutini 
rezonator deyiladi. Shu maqsadda rubob, tor, dutor, tanbur kabi 
asboblarda tebranuvchi sim ostiga yupqa parda qo‘yiladi. Odamning 
ham tovush chiqaruvchi og‘zi kamertonga o‘xshaydi. Til tebra 
nuvchi 
jism bo‘lsa, og‘iz bo‘shlig‘i va tomog‘i rezo nator vazifasini bajaradi.
124-rasm.
125-rasm.


158
Tovush qabul qilgichlarga bi 
rinchi navbatda inson qulog‘ini 
kiritamiz. Quloq ichida maxsus parda bo‘lib, unga tovush tush 
ganda 
tebranadi va undan signallar miyaga uzatiladi. Odamlar qu 
loqlarining 
sezgirligi turlicha bo‘ 
ladi. O‘quvchi yoshlar bilan qa 
riyalarning qulog‘i 
birday eshit 
maydi. Xuddi shunday, hayvonlarning ham tovushni 
eshitish chastota diapazoni boshqacha. Kapalaklar, kuchuk va 
mushuklar, ko‘rshapalaklar ultra tovushlarni ham qabul qila oladi. 
Delfin 200 kHz gacha bo‘lgan ultratovushlarni qabul qiladi.
Tovushni qabul qilish uchun maxsus mikrofonlar yaratilgan. «Mik-
rofon» so‘zi yunoncha ikki so‘zdan: mikros – kichik va phone – tovush 
so‘zlaridan olingan. Mikrofonda tovush tebranishlari elektr tebra-
nishlariga aylantiriladi, so‘ngra maxsus kuchaytirgichlarda kuchay-
tiriladi.

Download 1.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   127




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling