156
KIRISH SUHBATI
Har kuni biz turli tovushlar ta’sirida bo‘lamiz:
gaplashayotgan
odamlar, mashinalarning ovozi, televizor va radiopriyomnikdan taraluvchi
musiqalar, suvning shildirab oqishi va h.k. Ulardan ayrimlari bizga
yoqadi, ayrim tovushlar esa yoqmaydi. Shunga ko‘ra,
kayfiyatimiz yaxshi
bo‘lib, unumli ishlaymiz, o‘qiymiz yoki aksincha bo‘ladi. Tovush orqali
insonlar bir-biri bilan muloqotda bo‘ladi. Shu
muloqot tufayli jamiyatda
rivojlanish bo‘ladi. Inson tovushlardan foydalanishni allaqachon o‘rganib
olgan. Tovushga tegishli qonuniyatlarni o‘rganib, turli xil musiqa
asboblarini yaratgan. Tovushni sun’iy ravishda hosil qiladigan elektr
musiqa asboblarini o‘ylab topgan. Buni siz to‘ylarda,
konsert zallarida bir
necha o‘n musiqachi o‘rniga, bittagina «ionik» deb nom qo‘yib olishgan
elektr musiqa asbobidan foydalanib, xohlagan kuyni
chiqarayotgan
boshqaruvchi misolida ko‘rgansiz. «Ultratovush» deb ataluvchi tovush
turidan tibbiyotda ayrim kasalliklarni aniqlashda va davolashda
foydalaniladi. Tovushning shu turidan ilmiy-tadqiqot ishlarida, tayyor
mahsulot larning sifatini aniqlashda, dengiz
va okeanlarda masofalarni
o‘l chashda va hokazolarda foydalanilmoqda. Katta quvvatli tovushlar
ba’zi kimyoviy jarayonlarni tez
lashtirishda,
mashina va mexanizmlarning
mayda, nozik qismlarini tozalashda ham qo‘llanilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: