Kegl cc pechat indd


 Gazlarda tovushning tarqalishi


Download 1.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet111/127
Sana17.09.2023
Hajmi1.85 Mb.
#1680356
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   127
Bog'liq
Fizika,6-sinf darsligi

1. Gazlarda tovushning tarqalishi. Stadionlarda o‘tkazilgan katta 
tadbirlarda turli uzoqlikda joylashgan radiokarnaylardan chiqqan bir 
xil ovozlarning bir vaqtda emas, balki oldinma-ketin eshitil 
ganligiga 
e’tibor bergan bo‘lsangiz kerak. Osmonga otilgan mushak 
larning 
oldin charaqlagani, keyin uning portlagan ovozini ham eshitgansiz. 
Momaqaldiroq vaqtida, chaqmoq chaqqanidan ancha keyin uning 
guldiragan ovozi keladi. Demak, tovushning havoda tarqalish tezligi 
yorug‘likning tarqalish tezligidan ancha kichik ekan. Tovushning 
havoda tarqalish tezligini birinchi marta 1636-yilda fransuz olimi 
M. Mersen o‘lchagan. Tovushning 20°C dagi tezligi 343 m/s yoki 1235 
km/soat ga teng. Bu kattalik miltiq o‘qining tezligidan taxminan ikki 
barobar kam. Tovushning tezligi havo temperaturasi ko‘tarilishi bilan 
ortadi. Tovush tezligi 10°C da 337,3 m/s, 0°C da 331,5 m/s, 30°C da 
348,9 m/s va 50°C da 360,3 m/s ga teng. Turli gazlar, suyuqliklar va 
qattiq jismlar uchun 0°C dagi tovush tezligi 5-jadvalda keltirilgan.
2. Suyuqliklarda tovushning tarqalishi. Suyuq 
likda zarralar gazlarga 
nisbatan zichroq joylash 
ganligi tufayli ularda tovushning tarqalish 
tezligi kattaroq bo‘ladi. Tovushning suvdagi tezligini bi 
rinchi marta 
1826-yilda J. Kolladon va Ya. Shturm Shveysariyadagi Jeneva ko‘lida 
o‘lchashgan. 8°C li suvda o‘lchangan tezlik 1440 m/s ni tashkil etgan. 
Anhorlarda cho‘milganda suv tagida ikkita toshni urib ko‘rib, uning 


160
ovozini eshitgan o‘quvchilar bo‘lsa kerak. Tashqarida turib suv ichida 
hosil qilingan ovozlarni nega eshitmaymiz? Shunga qarab baliqlar ovoz 
chiqarmaydi, degan xulosaga ham borganmiz. Rus tilidagi «Baliqdek 
soqov» degan ibora shundan qolgan. Aslida baliqlar ham, boshqa 
suv hayvonlari 
– 
kitlar, delfinlar ham ovoz chiqarib, bir-biri bilan 
muloqotda bo‘ladi. Faqat suvda hosil qilingan ovozning 99,9% suv 
sathidan orqaga qaytib ketadi. Xuddi shunday, havoda hosil qilingan 
ovoz ham suv ichiga o‘tmaydi.

Download 1.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   127




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling