57
1. Nima sababdan taxtacha ustiga yuk qo‘yilganda ishqalanish
kuchi ortadi?
2. 3-tajribada rezinani ikki buklab bog‘lansa, dinamometr
ko‘rsatishi qanday o‘zgaradi?
3. Og‘irlik kuchini tarozi yordamida o‘lchasa bo‘ladimi?
23-MAVZU
BOSIM VA UNING BIRLIKLARI
Bitta mixni olib,
yupqa taxtaga uchini qaratib, orqasiga bolg‘a bilan
urilsa, mix taxtaga oson kiradi. Agar taxtaga mixni qalpog‘i tomoni
bilan qo‘yib uchiga bolg‘a
bilan urilsa, mix taxtaga kirmaydi. Har
ikkala holda ham bolg‘aning zarb kuchi bir xil bo‘lsa-da, natija har
xil bo‘lishiga sabab nima? Buning sababi shundaki,
mixning taxtaga
kirishi kuch kattaligidan tashqari, qo‘yilgan yuzaga ham bog‘liq bo‘lar
ekan.
Yuza birligiga tik ravishda qo‘yilgan kuchga to‘g‘ri keladigan fizik
kattalikka bosim deyiladi.
Bosim =
Bosim kuchi
Kuch qo‘yilgan yuza
.
,
p – bosim, F – bosim kuchi, S – kuch qo‘yilgan yuza.
Bosim
1 Paskal bilan o‘lchanadi. Qisqacha
1 Pa. Bu
birlik fransuz olimi B. Paskal (1623–1662-y.) sharafiga qo‘yilgan.
Bosim tabiatda va texnikada katta ahamiyatga ega. Pichoqlar va
qaychilar
yaxshi kesishi uchun, bosimni orttirish maqsadida, yuzasini
qayrab kichik lashtiriladi.
Ignalarning
uchlarida, knopkada ham bosimni orttirish uchun yuza
kichik lashtiriladi (27-rasm).
Aksincha, bosimni kamaytirish uchun yuzani kattalashtiriladi.
Og‘ir yuk ko‘taradigan mashinalarning ballonlari, yengil mashi-
nalarnikiga nisbatan enliroq bo‘ladi. Qalin qorda yurganda botib
ketmaslik uchun oyoqqa chang‘i bog‘lanadi. Ko‘p
qavatli binolarning
poydevori ham keng qilib quriladi.