Kegl cc pechat indd


-MAVZU JISMLARNING O‘ZARO TA’SIRI HAQIDA


Download 1.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/127
Sana17.09.2023
Hajmi1.85 Mb.
#1680356
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   127
Bog'liq
Fizika,6-sinf darsligi

21-MAVZU
JISMLARNING O‘ZARO TA’SIRI HAQIDA 
MA’LUMOTLAR. KUCH
Atrof-muhitga qarasangiz, hamma narsa bir-biriga ta’sir ko‘rsat 
gan-
ligini ko‘ramiz.
Yuqoriga otilgan tosh yana qaytib Yerga tushadi. Chunki uni Yer 
o‘ziga tortib turadi. Temir bo‘lagiga magnitni yaqinlashtirsak, uni 
tortib oladi. Koptokni devorga otsak, undan sapchib qaytadi. Yurib 
ketayotgan avtomobil motori o‘chirilsa, biroz yurib to‘xtaydi. Bunda 
yo‘l bilan g‘ildiraklar orasidagi ta’sir tufayli tezligi kamayadi. Bu 
ta’sirlashishlar tufayli jismning tezligi o‘zgaradi.
Plastilin yoki saqichni olib, barmoqlarimiz bilan qissak, uning 
shakli o‘zga 
radi. Xuddi shunday mis tangani bolg‘a bilan urilsa
yalpayib shakli o‘zgaradi.
Bir jismning ikkinchi jismga ta’siri tufayli tezligi yoki shakli 
o‘zga rishiga sabab bo‘ladigan kattalik kuch deb ataladi.
Tabiatda kuchlar turli ko‘rinishda namoyon bo‘ladi (22-rasm). 
Jismlarni Yer o‘ziga tortib turgani tufayli og‘irlik kuchi paydo bo‘ladi. 
Bir jism ustida ikkinchisi harakatlansa, yuzalar g‘adir-budurligi tufayli 
ishqalanish kuchi vujudga keladi. Cho‘zilgan yoki siqilgan prujina 
va rezinalarda elastiklik kuchlari hosil bo‘ladi. Bolalar o‘yinchoq 
to‘pponchalarida ko‘proq siqilgan prujinadan foydalaniladi.
Bir jism ikkinchisiga ta’sir ko‘rsatganda, ikkinchi jism ham 
birinchisiga ta’sir ko‘rsatadi. Jahl bilan stolga musht tushirsangiz, stol 
usti biroz egiladi. Shu bilan birga undagi ruchka va qalamlar tepaga 
sapchiganini ko‘rasiz. Bunda qo‘lingiz ham og‘rib qoladi, albatta. 
Demak, ikki jism orasida o‘zaro ta’sir bo‘lar ekan.
Boshlang‘ich geografiya kursidan Yerning Quyosh atrofida 
harakat qilishini, Oyning esa Yer atrofida harakatlanishini bilasiz. 
Bunday hara 
katning sababchisi ular orasida tortishish kuchlarining 
mavjudligidir.
Soch taralgandan so‘ng, taroqni may da yirtilgan qog‘oz parchalariga 
yaqin lashtirilsa, ularni tortib oladi. Uni elektr kuchi deyiladi. 
Taqasimon va to‘g‘ri ko‘rinishdagi doi 
miy magnitlar temir buyumlarni 
o‘ziga tortadi. Uni magnit kuchi deyiladi. Moddalarni tashkil etgan 
zarralar orasi 
da ham, zarra 
larning ichida ularni tash 
kil qilgan, undan 


53
ham mayda zarrachalar orasida ham kuchlar mavjud. Bu kuch 
lar 
haqida yuqori sinflarda ma’lumotlar olasiz.
Kuch birligi sifatida 

Download 1.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   127




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling