Kegl cc pechat indd
Tublari tu tashtirilgan idish lar sistemasiga
Download 1.85 Mb. Pdf ko'rish
|
Fizika,6-sinf darsligi
- Bu sahifa navigatsiya:
- O‘zingiz bajarib ko‘ring
Tublari tu tashtirilgan idish lar sistemasiga tutash idishlar deyiladi.
Tutash idishlarga choynak, vodo provod tizimini misol sifatida keltirish mumkin (32-rasm). Quyidagi tajri bani o‘tkazaylik. 31-rasm. 32-rasm. 33-rasm. 63 Ikkita shisha nay olib, ularni rezina shlang yordamida ulaylik (33- rasm). Rezina shlang o‘rtasini qisqich bilan mahkam siqib, bir tomoniga suv quyaylik. So‘ngra qisqichni olib qo‘ysak, suv bir tomondan ikkinchi tomonga oqib, ikkala tomonda bir xil sathda qolganligini ko‘ramiz. Naylardan birini o‘z holida qoldirib, ikkinchi tomonini pastga yoki yuqoriga siljitsak, suyuqliklar sathi bir xilligicha qoladi. Bundan tutash idishlar qonuni kelib chiqadi: Har qanday shakldagi tutash idishlarning tirsaklaridagi bir jinsli suyuqlik ustunlarining baland liklari bir xil bo‘ladi. Agar tutash idishlarga turli xil suyuqliklar quyilsa nima bo‘ladi? Masalan, naylardan biriga yog‘, ikkinchisiga suv quyilsa, suyuqliklar sathi har xil bo‘ladi. Bunda suyuqliklar balandliklari nisbati, suyuqliklar zichliklari nisbati bilan quyidagicha munosabatda bo‘ladi: . Shunday qilib, zichligi katta bo‘lgan suyuqlik ustunining balandligi, zichligi kichik bo‘lgan suyuqlik ustunining balandligidan kichik bo‘ladi. Demak, yog‘ quyilgan nayda suyuqlik ustuni suv quyilgan tomoniga nisbatan katta bo‘ladi. O‘zingiz bajarib ko‘ring Salqin ichimlikdan bo‘shagan idishni (baklajka) olib, turli balandlikda bigiz yoki ingichka mix yordamida tirqishlar oching. Tirqishlarni gugurt cho‘pi bilan berkitib, suv to‘ldiring. Gugurt cho‘plarini navbat bilan olib, suvning otilish uzoqligini aniqlang. Sababini tushun tiring. 1. Gidrostatik bosim nimalarga bog‘liq? 2. Tutash idishlarga misollar keltiring. 3. Nima sababdan tutash idishlarga quyilgan turli suyuqliklar balandligi turlicha bo‘ladi? 6-mashq 1. Gidravlik press kichik porsheniga 10 N kuch ta’sir ettirilganda, katta porshendan 180 N kuch olindi. Agar katta porshen yuzasi 90 sm 2 bo‘lsa, kichik porshen yuzasi nimaga teng? (Javobi: 5 sm 2 .) 2. 33-rasmdagi shisha naylarning bir tomoniga suv, ikkinchi tomoniga o‘simlik yog‘i quyiladi. Suv balandligi 30 sm bo‘lsa, yog‘ balandligi qancha bo‘ladi? (Javobi: 33,3 sm.) 64 3 * . Eni 50 sm, bo‘yi 40 sm va balandligi 50 sm bo‘lgan akvarium- dagi suvning idish tubiga bergan bosimini hisoblang. (Javobi: 4900 Pa.) 4. Nima sababdan futbol to‘pini og‘iz bilan puflab shishirish mumkin emas? 5. Kichik yuzali menzurkadagi suv keng yuzali bankaga quyildi. Suvning idish tubiga bergan bosimi qanday o‘zgardi? Download 1.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling