Kegl cc pechat indd
Download 1.85 Mb. Pdf ko'rish
|
Fizika,6-sinf darsligi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 40-MAVZU ISSIQLIK HODISALARI HAQIDA FOROBIY, BERUNIY VA IBN SINO FIKRLARI
Amaliy topshiriq
1. Qalin qog‘oz olib, undan quticha yasang. Uning ichiga suv to‘ldirib birozdan so‘ng usti berk elektr plitkasiga qo‘ying. Undagi suv isishi va hatto qaynashi mumkin. Lekin qog‘oz quticha kuymaydi. Sababini tushuntiring. 2. Massasi va o‘lchamlari kattaroq bo‘lgan temir bo‘lagiga qog‘oz parchasini yopishtirib olovga tuting. Qog‘oz bilan nima hodisa ro‘y berishini kuzating va sababini tushuntiring. 110 1. Avtomobil dvigatelini qizib ketishdan qanday saqlanishini bilasizmi? 2. Uylarni isitishda to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoqilg‘ini yoqib isitiladigan pech lardan, qaynoq suv bilan isitiladigan yoki bug‘ bilan isitila- digan radiator lardan foydalaniladi. Ularning qanday afzalliklari va kam chiliklari mavjud? 3. Nima uchun sovuq binoda eng avval oyoq sovqotadi? 4. Qanday holatlarda jismlardan bir vaqtda ham issiqlik o‘tkazuv- chanlik, ham nurlanish orqali issiqlik uzatiladi? 40-MAVZU ISSIQLIK HODISALARI HAQIDA FOROBIY, BERUNIY VA IBN SINO FIKRLARI Issiqlik hodisalarining tabiati haqida buyuk allomalarimiz Abu Nasr al-Forobiy, Al-Beruniy va Ibn Sino o‘z asarlarida tushuntirish berib ketganlar. Jumladan, Forobiyning fikricha, har qanday jismning temperaturasi yuqori yoki past bo‘lishi shu jismni tashkil etgan zarralarning harakatlariga bog‘liqdir. Ibn Sino ham Forobiy kabi konveksiya hodisasini quyidagicha tushuntiradi: qizigan jismlar hajmlarining kengayishi natijasida zichliklari kamayib, yuqoriga intiladi (Arximed kuchi tufayli demoqchi). Sovigan vaqtda esa hajmi kichrayib, zichligi ortishi hisobiga pastga intiladi. Abu Nasr al-Forobiy (873–950) Sirdaryo bo‘yi dagi qadimgi O‘tror (Forob) shahri yaqinida tug‘ilgan. Forobiy fanning juda ko‘p sohalarida ijod qilgan. Unga qadar fizika alohida fan sifatida qaralmasdan, tabiiy fanlar tarkibida bo‘lgan. Fizikada modda tuzilishi, issiqlik, harakat, tovush, optikaga doir ishlarni bajargan. Jismlarning issiqlikdan kengayishi, sovuqlikdan torayishida suv- ning alohida xususiyatga ega ekanligiga Beruniy e’tibor bergan. Bu borada Beruniyning Ibn Sinoga yozgan savolini keltiramiz. «Agar jismlar issiqlik sababli kengaysa va sovuqlik tufayli toraysa va boshqa idishlarning sinishi uning ichidagi narsalarning kengayishi sababidan bo‘lsa-yu, nima uchun ichida suv muzlab qolgan idish yoriladi, sinadi? Nima uchun muz suv yuzida bo‘ladi, holbuki muz sovuqlik sababli qotgani uchun Yer tabiatiga (qattiq jismga) yaqinroq edi-ku?» Ibn Sino Beruniyning bu savoliga: «Suv muzlagan vaqtda suvda havo bo‘laklari 111 qamalib qolib, muzni suv tubiga cho‘kishdan saqlab qoladi», – deb javob qaytaradi. Beruniy Ibn Sinoning javoblariga e’tiroz bildirib: «Agar ko‘za ichki tomoniga qarab singanda edi, u holda aytilganlar to‘g‘ri bo‘lur edi. Men idish tashqariga qarab sinishini kuzatganman» deydi. Ibn Sino o‘z javoblaridagi noaniq liklarni keyinchalik «Qurozai tabbiyot» nomli asarida to‘ldirib tuzatadi. Oldingi mavzuda biz issiqlikning nurlanish tufayli ham uzatilishini, uni qabul qilish yuzaga va uning rangiga bog‘liqligini aytib o‘tdik. Nurlanish tufayli olinadigan energiya, yuzaga nur tik yoki qiya holda tushganligiga bog‘liq. Shunga ko‘ra Beruniy va Ibn Sino Yerda iqlimlar o‘zgarishi Quyosh nurining Yerga tushish qiyaligi o‘zgarishidandir, deb to‘g‘ri tushuntiradilar. Ibn Sinoning fikricha tabiatda issiqlik hamda sovuqlikning tabiiy va sun’iy manbalari bor. «Issiqlikning tashqi sababi uchtadir. Birinchisi, issiq jismning sovuq jismga yaqinligi. Masalan, o‘t-olov suvni isitadi. Ikkinchisi, harakat va ishqalanish. Masalan, suvni chayqasang isiydi, toshni toshga ish qalasang isiydi, olov chiqadi. Uchinchisi, yoritilgan har qanday jism yoritilmaganga nisbatan issiqroqdir», deydi. Bunda issiqlikning nurlanish yo‘li bilan tarqalishi haqida fikr yuritiladi. Allomalarimiz, shuningdek, issiqlik tufayli suv bug‘lari yuqoriga ko‘tarilishi, bulutlarga aylanib, ulardan past temperaturalarda qor, yomg‘ir, do‘l paydo bo‘lishi haqida yozib qoldirganlar. 1. Siz Beruniyning savoliga qanday javob bergan bo‘lar edingiz? 2. Qaysi holda yoyilgan kir tez quriydi: oftob nuri tik tushgandami yoki qiya tushgandami? 3. Suvni idishida uzoq vaqt aylantirib, qanchagacha qizdirsa bo‘ladi? Urinib ko‘ring! Bolalar o‘yinchoq metall tarelkasini olib past olovga qo‘ying. Yetarli darajada qiziganda unga yarim choy qoshiq suv quying. Suv shu zahoti bug‘ lanib ketishi o‘rniga, yumaloq shaklda dumalab ketadi va tarelka ning chuqurroq qismida turib qoladi. Sababi nimada? Sababi shun daki, tushgan suv va qizigan tarelka orasida bug‘ hosil bo‘lib, shu bug‘ning o‘zi issiqlikni o‘tkazmaydigan qatlamni hosil qiladi. Bu hodisani qizigan dazmolni to‘nkarib, unga suv sachratib kuzatish ham mumkin. Qishda sovuq qotmaslik uchun palto va telpak kiyamiz. Ular odamni isitadimi? Ikki bo‘lak muzni sellofan xaltachalarga solib, birini 112 ochiq holda, ikkinchisini paltoga o‘rab qo‘yaylik. Ma’lum muddatdan so‘ng qaralsa, ochiq holdagi muzning anchasi eribdi, paltoga o‘ralgani erimabdi hisob. Demak, palto, telpak hech narsani isitmaydi. Ular faqat issiqlikni (sovuqni) yomon o‘tkazadi, xolos. Download 1.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling