Kelishik kategoriyasining variantliligi


Download 417.27 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/7
Sana02.03.2023
Hajmi417.27 Kb.
#1243270
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
kelishik-kategoriyasining-variantliligi

O’rin payt kelishigi 
Harakatning sodir bo`lgan o`rin, payt yoki harakatning bajarilishiga
vosita bo`lgan predmet ma’nosini anglatadi. O`rin- payt kelishigining
qo`shimchasi qadimgi turkiy tilda - da / - de / - ta / - te bo`lib, hozirgi turkiy
tillarda na / -da / - do / - ta / - to / - la / - lo / - za / - zo / - sa / - so / - - no
variantlari mavjud. Misollar: oltoy tuda (tog’da), emde (dorida), qoyda (qo`yda),
toshto (toshda), qoasta (qozog`da) , biste (bizda), olarda (ularda), boshqird yulda 
(yo`lda), bashta (boshda), qazza (g`ozda), qalala (shaharda), minda (menda), bizza 
(bizda), chuvash lajara (otda) , xulara (shaharda), vermanda (o`rmonda), qilde 
(uyda), shurda (botqoqda), ulaxra (to`qayda), manra (menda), pirda (bizda), unra
(unda) kabi;


SCIENTIFIC PROGRESS
VOLUME 2 ǀ ISSUE 6 ǀ 2021 
ISSN: 2181-1601
Uzbekistan
 
www.scientificprogress.uz
 
Page 350
Bu kelishik qo`shimchalarning - za, - la variantlari boshqird tilida , - ra, - cha
shakllari chuvash, -za , - na shakllari turkman tilining ayrim dialektlarida
uchraydi. Yoqut tilida - da, - ta qo`shimchalari qurol kelishigi
qo`shimchasining variantlari - tan, - dan (bilan) ga juda yaqinlashadi. Yoqut
tilida - da (- na) manna ( shu yerda) , sumanna ( mana shu yerda) , itinne ( 
ana u yerda ) , onno ( u yerda) sonno ( aynan o`sha yerda) kabi olmoshlarida
uchraydi.
Turkshunoslik adabiyotlarida - in qo`shimchalari orqali hosil bo`ladigan
arxaik qurol kelishigi deb nomlanadigan kelishik shakli va ma’nosi ham
aslida o`rin- payt kelishigi ma’nosini beradi. Buni hozirgi turkiy tillarda
o`rin-payt ravishlari deb yuritiladigan ayrim so`zlar tarkibida yaqqol ko`rish
mumkin: qishin (qishda), jazin ( yozda), qozoq qisin ( qishda) , xakas chasxizin
(bahorda), yoqut qihin ( qishda), sayin ( yoz ), kuhun ( kuz).

Download 417.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling