Kelishik kategoriyasining variantliligi
Download 417.27 Kb. Pdf ko'rish
|
kelishik-kategoriyasining-variantliligi
O’rin payt kelishigi
Harakatning sodir bo`lgan o`rin, payt yoki harakatning bajarilishiga vosita bo`lgan predmet ma’nosini anglatadi. O`rin- payt kelishigining qo`shimchasi qadimgi turkiy tilda - da / - de / - ta / - te bo`lib, hozirgi turkiy tillarda na / -da / - do / - ta / - to / - la / - lo / - za / - zo / - sa / - so / - - no variantlari mavjud. Misollar: oltoy tuda (tog’da), emde (dorida), qoyda (qo`yda), toshto (toshda), qoasta (qozog`da) , biste (bizda), olarda (ularda), boshqird yulda (yo`lda), bashta (boshda), qazza (g`ozda), qalala (shaharda), minda (menda), bizza (bizda), chuvash lajara (otda) , xulara (shaharda), vermanda (o`rmonda), qilde (uyda), shurda (botqoqda), ulaxra (to`qayda), manra (menda), pirda (bizda), unra (unda) kabi; SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 2 ǀ ISSUE 6 ǀ 2021 ISSN: 2181-1601 Uzbekistan www.scientificprogress.uz Page 350 Bu kelishik qo`shimchalarning - za, - la variantlari boshqird tilida , - ra, - cha shakllari chuvash, -za , - na shakllari turkman tilining ayrim dialektlarida uchraydi. Yoqut tilida - da, - ta qo`shimchalari qurol kelishigi qo`shimchasining variantlari - tan, - dan (bilan) ga juda yaqinlashadi. Yoqut tilida - da (- na) manna ( shu yerda) , sumanna ( mana shu yerda) , itinne ( ana u yerda ) , onno ( u yerda) sonno ( aynan o`sha yerda) kabi olmoshlarida uchraydi. Turkshunoslik adabiyotlarida - in qo`shimchalari orqali hosil bo`ladigan arxaik qurol kelishigi deb nomlanadigan kelishik shakli va ma’nosi ham aslida o`rin- payt kelishigi ma’nosini beradi. Buni hozirgi turkiy tillarda o`rin-payt ravishlari deb yuritiladigan ayrim so`zlar tarkibida yaqqol ko`rish mumkin: qishin (qishda), jazin ( yozda), qozoq qisin ( qishda) , xakas chasxizin (bahorda), yoqut qihin ( qishda), sayin ( yoz ), kuhun ( kuz). Download 417.27 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling