"kelishildi" Toshkent viloyati, Parkent tumani


TA'LIM-TARBIYAVIY VA ILMIY-USLUBIY ISHLAR


Download 29.44 Kb.
bet5/6
Sana18.06.2023
Hajmi29.44 Kb.
#1580556
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
оилавий устав(1)

6. TA'LIM-TARBIYAVIY VA ILMIY-USLUBIY ISHLAR
6.1. Tashkilotda ta'lim jarayoni maktabgacha ta'lim davlat talablari asosida tashkil etiladi.
6.2. Tashkilotda ta'lim-tarbiya o'zbek (rus)tilida olib boriladi.
6.3. Tashkilotda ta'lim mazmuni Maktabgacha ta'lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan “Ilk qadam” davlat dasturiga muvofiq amalga oshiriladi.
6.4. Tashkilotda mashg'ulotlar va to'garak ishlari bolalar va ota onalar hohish istaklarini, bolalarni qiziqishi va qobiliyatini hisobga olgan holda o'tkaziladi.
6.5.Ta'lim dasturi (dasturlari) bolalarning individual va yosh xususiyatlarini inobatga olgan holda tatbiq etiladi.
7. TASHKILOTNING PEDAGOG VA O'QUV-TARBIYAVIY XODIMLARI
7.1. Tashkilotda tegishli pedagogik ma'lumotga ega bo'lgan shaxslar (Tarbiyachi va tarbiyachi yordamchilari, o'qituvchilar) pedagogik faoliyat bilan shug'ullanish huquqiga ega. Sud tomonidan yoki tibbiy xulosaga muvofiq bunday faoliyat bilan shug'ullanishi taqiqlangan shaxslar pedagogik faoliyatga qo'yilmaydi.
7.2. Tashkilotning pedagoglari va boshqa xodimlari bilan mehnat shartnomalari tuzish va ularni bekor qilish qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
7.3. Tashkilotrahbari belgilangan tartibda pedagog kadrlar malakasini oshirishni va ularni qayta tayyorlashni ta'minlaydi, ularning sha'ni va qadr-qimmatini himoya qiladi, ilg'or pedagogik va axborot texnologiyalari, mualliflik dasturlari, metodik qo'llanmalar va didaktik materiallar joriy etilishi uchun shart-sharoitlar yaratadi.
7.4. Tashkilot xodimlarining huquq va imtiyozlari qonun hujjatlarida, ushbu ustavda, shuningdek mehnat shartnomasida belgilanadi.
7.5. Tashkilotning pedagog xodimlari quyidagi huquqlarga ega: Tashkilotni boshqarishda ushbu ustavda belgilanadigan tartibda qatnashish; o'z kasbiy sha'ni va qadr-qimmatini himoya qilish.
7.6. Tashkilotning pedagog xodimlari quyidagilarga majbur: ta'lim tarbiya jarayoniga zamonaviy ta'lim dasturlarini tatbiq etish; ilg'or xorijiy tajribani hisobga olgan holda bolalarni har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlantirish bo'yicha o'ziga yuklatilgan vazifalar doirasida shart-sharoitlar yaratish; bolalarga yuqori professional darajadata'lim tarbiya berish orqali maktabgacha ta'lim sifatini oshirish; pedagog axloq-odobigarioyaqilish, bolaning qadr-qimmatini hurmat qilish, bolalarn itazyiqdanhimoyaqilish, ularnimehnatga, ota-onagahurmat, atrof muhitga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo'lish ruhida tarbiyalash; o'zining kasbiy ko'nikmalarini va pedagogic mahoratini doimiy ravishda takomillashtiris hamda belgilangan muddatlarda o'z malakasini oshirib borish.Pedagog xodimlar qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham olishi mumkin.
7.7. Tashkilot xodimlarini bir yilda ikki marta tibbiy ko'rikdan o'tkazish shartnoma asosida tashkilot tomonidan amalga oshiriladi.

Download 29.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling