"kelishildi" Toshkent viloyati, Parkent tumani


TASHKILOTGA BOLALARNI QABUL QILISH


Download 29.44 Kb.
bet4/6
Sana18.06.2023
Hajmi29.44 Kb.
#1580556
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
оилавий устав(1)

4. TASHKILOTGA BOLALARNI QABUL QILISH
4.1. Tashkilotga bolalarni qabul qilish jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e'tiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeidan qat'i nazar, tegishli tibbiy xulosa asosida amalga oshiriladi.
4.2. Tashkilotga bolalarni qabul qilish va muassasadan chiqarish tartibi Tashkilot rahbarining buyrug'i (qarori) asosida amalga oshiriladi va rasmiylashtiriladi.
4.3. Tashkilotda 3 yoshdan 7 yoshgacha bo'lgan bolalar soni 12 nafardan kam bo'lmasligi va 25 nafardan oshmasligi lozim.
5. TA'LIM-TARBIYA JARAYONI QATNASHCHILARI
5.1. Tashkilotda bolalar, ota-onalar yoki ularning o'rnini bosuvchi shaxslar
(keyingi o'rinlarda ota-onalar deb ataladi), pedagog xodimlar ta'lim-tarbiya jarayonining qatnashchilari hisoblanadi.

5.2. Tashkilotbolalarni qabul qilishda ota-onalarni o'z ustavi, kun tartibi, ta'lim-tarbiya dasturlari va boshqa hujjatlar bilan tanishtirishi shart.


5.3. Tashkilot bilan ota-onalar o'rtasidagi o'zaro munosabatlar ushbu ustav hamda shartnoma bilan tartibga solinadi. Ota-onalar bilan tuzilgan shartnoma bolalarning ushbu Tashkilotda bo'lish vaqtini, ta'lim-tarbiya jarayonini tashkil etishda tomonlarning huquqlari, majburiyatlari hamda javobgarligini o'z ichiga oladi.
5.4. Tashkilot O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligi bilan tuzilgan bitimga asosan tarbiyalanuvchilar umumiy sonining 70 foizi miqdorida maxsus kontingentga va ijtimoiy ko'makka muhtoj oilalarning farzandlarini qabul qiladi.
5.5. Maxsus kontingentga va Ijtimoiy ko'makka muhtoj oilalar farzandlari uchun kamida 3 yil davomida ota-onalar to'lovining imtiyozli hajmlarini (shu joydagi davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlari uchun belgilangan hajmlardan oshmaydigan miqdorlarda) belgilanadi.
5.6. Tashkilot pedogog xodimlarini ishga qabul qilish, ijtimoiy himosini ta'minlash va tibbiy ko'rikdan o'tkazish tegishli lavozimlarga qo'yiladigan talablarga muvofiq, O'zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchilik hujjatlariga asosan tashkillashtiriladi va rasmiylashtiriladi.

Download 29.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling