"kelishildi" Toshkent viloyati, Parkent tumani


TASHKILOTNING MAQSAD VA VAZIFALARI


Download 29.44 Kb.
bet2/6
Sana18.06.2023
Hajmi29.44 Kb.
#1580556
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
оилавий устав(1)

2.TASHKILOTNING MAQSAD VA VAZIFALARI
2.1. Tashkilotning maqsadi quyidagilar hisoblanadi:

  • maktabgacha yoshdagi bolalarni (keyingi o'rinlarda bolalar deb ataladi) har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlantirish;

  • ta'lim-tarbiya berish orqali bolalarni maktab ta'limiga sifatli tayyorlash;

  • bolalarni maktabgacha ta'lim bilan qamrab olish.


2.2. Tashkilotning vazifalari quyidagilar hisoblanadi:

  • ta'lim-tarbiya jarayoniga zamonaviy ta'lim dasturlari va texnologiyalarini joriy etish;

  • bolalarning hayotini muhofaza qilish va sog'lig'ini mustahkamlash;

  • bola shaxsini sog'lom va yetuk, maktabda o'qishga tayyorlangan tarzda shakllantirish;

  • bolaning intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlanishini ta'minlash;

  • bolalarda xalqimizning yuksak ma'naviyati va insonparvarlik an'analariga sadoqat tuyg'ularini shakllantirish.

2.3.Tashkilot:

  • ota-onalar bilan kelishuv bo'yicha qo'shimcha xizmatlar ko'rsatish (shu jumladan o'qituvchilar, murabbiylar, tibbiyot xodimlarini taklif qilish);

  • xizmatlar ko'rsatishdan tushgan mablag'lar hisobiga tarbiyachi va uning yordamchisi ishini qo'shimcha ravishda rag'batlantirish;

  • foyda olish;

  • o'z (mualliflik) dasturlaridan foydalanish huquqiga ega.

2.4. Tashkilot majburiyatlari:

  • Tashkilotning kirish joyida peshlavha o'rnatish va peshlavhada;

  • Tashkilot haqidagi ma'lumotlarni;

  • ruxsatnoma nusxasi;

  • davlat-xususiy sheriklik to'g'risidagi bitim nusxasi;

  • pedagog va tibbiyot xodimlarning diplomlari nusxalari;

  • ish tartibi va boshqa hujjatlarning nusxalari joylashtirishi;

  • uyda bolalarning sog'lom o'sishi va tarbiya olishlari uchun zarur shart-sharoitlar bo'lishi;

  • bino va inshootlar yong'in xavfsizligi hamda sanitariya-epidemiologiya nazoratining sanitariya qoidalari, normalari va gigiena normativlariga mos bo'lishi shart.



Download 29.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling