"kelishildi" Toshkent viloyati, Parkent tumani


TASHKILOTNI BOSHQARISH VA UNING FAOLIYATINI NAZORAT QILISH


Download 29.44 Kb.
bet6/6
Sana18.06.2023
Hajmi29.44 Kb.
#1580556
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
оилавий устав(1)

8. TASHKILOTNI BOSHQARISH VA UNING FAOLIYATINI NAZORAT QILISH
8.1. Tashkilot uning ta'sischisi hisoblangan Yakka tartibdagi tadbirkor maqomiga ega bo'lgan rahbar tomonidan boshqariladi.
8.2. Tashkilot rahbari davlat maktabgacha ta'lim muassasasi mudiri lavozimiga qo'yiladigan malaka talablariga muvofiq bo'lishi kerak.
8.3. Tashkilot rahbari:
- Tashkilotnomidan ishonchnomasizfaoliyat ko'rsatadi, barcha muassasa va tashkilotlarda uning manfaatlarini ifodalaydi;
- Tashkilot faoliyatini tashkil qiladi;
- bank tashkilotlarida hisob raqamlari ochadi;
- Tashkilot mol-mulkini o'ziga berilgan vakolatlar doirasida tasarruf etadi;
- Tashkilot xodimlarini ishga qabul qilish va joy-joyiga qo'yishni amalga oshiradi,
rag'batlantiradi, intizomiy jazo choralarini ko'radi va ular bilan tuzilgan mehnat
shartnomalari (kontraktlari) ni to'xtatadi;
- barcha xodimlar uchun bajarilishi majburiy bo'lgan buyruqlar chiqaradi.
Tashkilot rahbari uning faoliyatiga daxldor, qonunchilikka hujjatlari talablariga zid
bo'lmagan boshqa harakatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
8.4. Tashkilot rahbari har chorakda kamida bir marta o'z faoliyati to'g'risidagi hisobotni tuman maktabgacha ta'lim bo'limiga taqdim etadi.
8.5. Tashkilot faoliyatini nazorat qilish muassis tomonidan, shuningdek, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda vakolatli davlat organlari tomonidan amalga oshiriladi.
8.6. Tashkilot tomonidan maktabgacha ta'limga qo'yiladigan davlat talablarining va ta'lim-tarbiya dasturlarining bajarilishini nazorat qilish — O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.
8.7. Tashkilotini attestatsiyadan o'tkazish, ularning faoliyatini vaqtincha to'xtatib turish va to'xtatish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
9. TASHKILOTNI MOLIYALASHTIRISH VA MODDIY-TEXNIK TA'MINLASH
9.1. Tashkilotga mol-mulkqonunhujjatlaridabelgilangantartibdabiriktiriladi.
9.2.Tashkiloto'zigabiriktirilgan mol mulkni va o'ziga ajratilgan mablag'lar hisobiga sotib olingan mol-mulkni qonun hujjatlariga muvofiq tasarruf etadi.
9.3.Maktabgacha ta'lim vazirligining hududiy organlari tomonidan Tashkilot faoliyati uchun zarur bo'lgan jihozlar, asbob-uskunalar va o'quv materiallari beriladi. Mazkur jihozlar va o'quv materiallaridan ehtiyotkorlik bilan foydalanish va ularning saqlanishigaTashkilot javobgar hisoblanadi.
9.4.Tashkilot faoliyati qonun hujjatlariga muvofiq muassisning mablag'lari hamda O'zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti hisobidan ajratiladigan subsidiyalar hisobidan moliyalashtiriladi.
9.5.Tashkilotga quyidagi maqsadlar uchun O'zbekiston Respublikasi Davlat byudjetidan subsidiyalar ajratiladi:

  • tarbiyachi va yordamchi xizmatchilarga tegishli toifa bo'yicha 10.5-soatlik davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlari uchun belgilangan mehnatga to'lanadigan haqqa teng shartlarda va hajmlarda ish haqi to'lash uchun;

  • davlatmaktabgachata'limtashkilotlari uchun belgilangan normativlar bo'yicha ovqatlanish, yumshoq inventar, anjomlar va dori-darmonlarga ajratilayotgan miqdorlarda xarajatlarni qoplash uchun.

9.6. Tashkilot mol-mulkinishakllantirishmanbaalaribo'lib:

  • Tashkilot ta`sischisining mablag'lari;

  • Jismoniy va yuridik shaxslarning ixtiyoriy xayriya hamda maqsadli badallari;

  • ota-onalar yoki ularning o'rnini bosuvchi shaxslarning to'lovlari;

  • qo'shimcha ta'lim xizmatlari ko'rsatishdan tushadigan tushumlar xisoblanadi.

9.7. Tashkilot qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablag'lar hisobidan ham
moliyalashtirilishi mumkin.
9.8. Tashkilot moliyaviy-xo'jalik faoliyatini mustaqil yuritadi; har oy yakuni bo'yicha ta'sischiga mablag'lar tushumi va kirimi haqida xisobot beradi.
10. YAKUNLOVCHI QOIDALAR
10.1.Tashkilotda maktabgacha ta'lim tashkilotning asosiy faoliyati bilan bog'liq bo'lmagan tashkilotlarning, siyosiy partiyalar va harakatlarning tashkil etilishiga va faoliyat ko'rsatishiga yo'l qo'yilmaydi.
10.2. Tashkilotdagi ta'lim va tarbiya dunyoviy xususiyatga ega bo'ladi.
10.3. Tashkilot qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qayta tashkil etilishi va tugatilishi mumkin.
10.4. Tashkilotning xalqaro hamkorligi, pedagog kadrlarning amaliyot o'tashi va ularning malakasini oshirish qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.

ONMTT rahbari : Sharifova N
Download 29.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling