Kеnjа sinf. Gidroidlаr-Hydroidea Turkum. Gidralar-Hydrida Vаkil. Chuchuk suv gidrаsi-Hydra oligactis
-rasm. Chuchuk suv gidrаsi-Hydra oligactis
Download 0.5 Mb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 19-rasm. Gidraning ichki tuzilishi: A
18-rasm. Chuchuk suv gidrаsi-Hydra oligactis: 1-kurtaklanayotgan gidra, 2-gidraning har xil usulda harakat qilish sxemasi.
Gidralar o‘troq hayot kechiradi, lekin ba'zan xuddi “qadamlagan” singari yoki boshi bilan o‘mboloq oshib ham harakat qiladi. Shunday qilib, ektoderma va endoderma ikki xil maxsus hujayralardan tashkil topgan bo‘lib, ular ko‘p hujayrali hayvonlar tanasida ma'lum bir vazifani bajarishga moslashgan holatda tuban tuzilgan to‘qimalarni hosil qiladi. Ovqat moddalari qisman endodermadagi hazm qiluvchi hujayralar tomonidan iste'mol qilinadi, qisman esa ikkala qavat oralig‘ida mezogleya yordamida boshqa organlarga tarqaladi. Ektoderma hujayralari ham ana shu mezogleya orqali oziqlanadi. 19-rasm. Gidraning ichki tuzilishi: A-gidra gavdasi tuzilishining tik kesimi; 1-ektoderma va uning ostidagi tayanch parda; 2-endoderma; 3- og‘iz; 4-paypas-lagichlari; 5-gastral bo‘shliq; 6-paypaslagichdagi otiluvchi hujayralari; 7-tovon; 8-tuxumi rivojlanayotgan bezlar; 9-urug‘don; B- otiluvchi hujayra; D-gidraning ko‘ndalang kesimi. E-gidra tanasining kattalashtirilgan bir qismi; F-kattalashtirilgan muskul hujayrasi; G-paypaslagichda joylashgan otiluvchi hujayralar. Endodermadagi bezsimon hujayralar ovqat hazm qiluvchi shira ishlab chiqaradi va gastral bo‘shliqdagi yirik ovqat zarralarini parchalaydi. Demak, gidralarda ovqat hazm qilish ikki xil: hujayra ichida va faqat ko‘p hujayrali hayvonlarga xos bo‘lgan hujayralardan tashqarida kechadi. Bu esa bo‘shliqichlilarda birinchi marta kuzatiladi. Morfologik tuzilishi va bajaradigan vazifasi jihatidan gidraning tana bo‘shlig‘i yuksak hayvonlarning ichagiga o‘xshaydi. Shuning uchun uni gastral bo‘shliq deb atash ham mumkin. Lekin gidralarda ozuqa tashuvchi maxsus organlar sistemasi yo‘q. Bu vazifani ham qisman gastral bo‘shliq bajarganligi uchun gastrovaskulyar sistema deyish ham mumkin. Gidralar jinssiz va jinsiy usullarda ko‘payadi. Jinssiz ko‘payishda kurtaklar hosil qiladi. Gidra tanasining o‘rta qismida bo‘rtma paydo bo‘lib o‘sadi, unda og‘iz teshigi va paypaslagichlar rivojlanadi. Oldin kurtak «ona» gidra hisobiga oziqlanadi, keyin esa o‘zi mustaqil ravishda mayda jonivorlarni ushlab oziqlanadi. Keyin kurtaklar gidra tanasidan ajralib, o‘zlari alohida yashashga o‘tadi. Erta bahordan kech kuzgacha gidra kurtaklanish usuli bilan ko‘payadi, ba'zan bitta gidrada ikki-uch kurtak hosil bo‘lishi mumkin. Suv havzalari sovigan va ozuqa moddalar kamaygan paytlarda esa gidra jinsiy usulda ko‘payadi. Gidralar orasida ayrim jinsli va ikki jinsli-germafrodit turlari uchraydi. Ektoderma qismidagi interstitsial hujayralarining ayrimlari tuxum hujayrasini, ba'zilari esa juda ko‘p marta bo‘linib, urug‘ hujayralarini hosil qiladi. Tuxum hujayrasi gidra tanasining tovon qismida, urug‘ hujayralari esa og‘iz tomoniga yaqinroq joyda rivojlanadi. Tuxum hujayrasi gidra organizmida urug‘lanib, usti qalin po‘st bilan o‘raladi va shu holatda qishlaydi. Bahorda ulardan yosh gidralar rivojlanadi. Urug‘ hujayralari tuxum hujayrasiga nisbatan oldinroq yetishganligi uchun ikki jinsli gidralar o‘z-o‘zini urug‘lantira olmaydi. Download 0.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling