Keramika bu mineral va organik qo’shimchalar bilan gildan qoliplash, so’ngra quritish va pishirish orqali olingan sun’iy tosh materiallarining katta guruhining umumiy nomi


Download 0.89 Mb.
bet13/20
Sana07.04.2023
Hajmi0.89 Mb.
#1339677
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   20
Bog'liq
Keramika darslik

2.4.3. Shliker usuluda quyish
Keramik buyumlarni shliker quyish usuli ma'lum bir shakldagi gips qolipiga shlikerni quyish, kerakli qalinlikdagi yarim tayyor mahsulot olinmaguncha ma'lum vaqt davomida ushlab turish (quyish va oqitish usullari) dan iborat. Bundan tashqari termoplastik qatronlar asosidagi erigan ataladan mahsulotlarni metall qolip ichida yoki uning yuzasida sovutish (issiq quyish va muzlatish usuli) bilan buyumlarga shakl beriladi.
Barcha shliker quyish usullari uchun ishlatiladigan konsentrlangan suspenziyalar odatda keramik shlikerlar deb ataladi. Ushbu usullar o'rtasidagi texnologik va fizik-mexanik farqlarga qaramay, har ikkala turdagi shlikerlar uchun ba'zi umumiy talablarni ajratib ko'rsatish kerak:
1. Shlikerlarni saqlash vaqtida va qoliplash jarayonida mineral zarrachalarning cho'kishi ta'sirida shlikerlarning butun hajmi bo'yicha bir xillik sezilarli darajada buzilmasligi kerak. Shuning uchun, suspenziyaning agregativ barqarorligi talabi keramik shlikerlar uchun majburiydir, chunki zarrachalarning konglomeratsiyasi holatida cho'kish tezligi keskin oshadi.
Monofraksiyali tarkibli shlikerni tayyorlash deyarli mumkin emasligi sababli, kattaroq donalarning cho'kishi ehtimoli doimo mavjud va quyma shlikerning qatlamlanishi sodir bo'ladi. Shu bilan birga, dispers faza konsentratsiyasining oshishi shlikerning barqarorligini oshirishga yordam beradi, chunki konsentrlangan suspenziyadagi zarrachalarning o'zaro ta'siri mineral zarrachalarning erkin cho'kishiga to'sqinlik qiladi. Deyarli har doim qattiq va suyuq fazalar nisbati 1:2 dan 2,5:1 gacha bo'lgan va kichik zarrachalarning miqdori 1 mkm dan yuqori bo’lgan, yetarli darajada konsentrlangan suspenziyalar ishlatiladi.

  1. Dispers fazaning yetarlicha yuqori konsentratsiyasida shlikerning yaxshi oquvchanligi (ya’ni, uning past qovushqoqligi) ta’minlanadi. Suvli shlkerlarni quyishda dispers faza kontsentratsiyasining oshishi natijasida sopolakning tayyorlanish vaqti qisqaradi; issiq quyishda yuqori konsentratsiyali shliker plastifikator sarfini kamaytirishga va shaklanayotgan buyumning zichligini oshirishga imkon beradi.

  2. Mahsulot yuzasining yuqori sifatlarida mahsulotni qolipdan tezda bo'shatish qobiliyatini ta'minlash.

  3. Quritgandan keyin mahsulotlarning yetarlicha past qisqarishini va quritilgan holatda ularning yuqori mustahkamligini ta'minlash.

5. Keramika quyma shlikerida gaz fazasi bo'lmasligi kerak, u ko'piklanmasligi va begona aralashmalarni o'z ichiga olmasligi kerak.
Plastik gilni yoki boshqa nozik dispersli materiallarning ko'payishi shlikerning qovushqoqligini va uning agregativ barqarorligini oshiradi, lekin sopolakni hosil bo’lish tezligini pasaytiradi. Shu bilan birga, quritilgan holatda mahsulotning mexanik mustahkamligi keskin oshadi, ham da sopolakning qisqarishi keskin ortadi. Plastik bo'lmagan materiallarning qo’shilishi shlikerning cho'kish tezligining oshishiga olib keladi, lekin shu bilan birga, sopolakni hosil bo’lish tezligining oshishiga va quritish paytida qisqarishning pasayishiga olib keladi.
Shliker quyish jarayonlarining yuqorida muhokama qilinganlarga nisbatan asosiy afzalliklari shundaki, ular deyarli har qanday murakkab shakl va o'lchamdagi mahsulotlarni ishlab chiqarish imkonini beradi (mikroskopik radio va texnik keramikasidan yirik sanitariya va badiiy keramikagacha). Oxirgi paytlarda suvli va organik suyuqliklar asosidagi suspenziyalardan gipsli qoliplarga shliker quyish usullaridan foydalaniladi. Bunda, dispers muhitning juda past qiymatlarigacha (zarrachalarning o'rtacha hajmi bir necha mikrometrgacha) oldindan maydalangan oksidlar, karbidlar, nitridlar va hatto metallarga asoslangan turli xil maxsus texnik keramika mahsulotlarini ishlab chiqarish uchun ishlatiladi.
Ushbu qoliplash usullari uchun gips qoliplari ideal materialdir. Ishlab chiqarish jarayonlari uchun ishchi gips qoliplari yuqori zichlikdagi gipsdan yoki plastmassa asosidagi turli xil kompozitsiyalardan ishlanib maxsus qoliplarda tayyorlanadi.


    1. Download 0.89 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling