Keramika bu mineral va organik qo’shimchalar bilan gildan qoliplash, so’ngra quritish va pishirish orqali olingan sun’iy tosh materiallarining katta guruhining umumiy nomi
Download 0.89 Mb.
|
Keramika darslik
E = a-a\gP,
Turli xil press kukunlar uchun a -doimiysining qiymatlari 2-20 oralig'ida (ko'pincha 3-10); σ- doimiysining qiymatlari esa 25 - 70 oralig'ida bo’lishi mumkin. Doimiylarning qiymatlarini aniqlash uchun materialni presslash ikki marta- P1 va P2 bosimlarda amalga oshiriladi, odatda mos keladigan g’ovaklikning qiymatlari ε1 va ε2 aniqlanadi. Plastik bo’lmagan kukunlardan tayyorlangan dag’al donali massalarni tavsiflash uchun A. S. Berejnoy tenglamasi mos keladi. Lekin, bu tenglamadan presslash bosimi yetarlicha yuqori bo'lgan holda plastik va nozik donali massalardan presslash jarayonlarini tavsiflash uchun ham foydalanish mumkin. A. S. Berejnoy tenglamasi birdan yuz MPa gacha bo'lgan bosim oralig'ida olib borilayotgan tajribalar orqali tasdiqlangan. Presslash vaqtining yarim tayyor mahsulotning zichlanishiga ta'siri presslash bosimining ta'siridan ancha kam o'rganilgan. Keramik materiallar ishlab chiqarish tajribasi shuni ko'rsatadiki, presslashning yuqori tezliklarida (ayniqsa, dag’al donli massalar uchun) yuqori zichlikka erishish mumkin bo'lsa-da, sekin presslash odatda yuqori zichlik qiymatlariga ega bo’lgan yarim mahsulotlarini olish imkonini beradi. Ko’rinib turibdiki, bosimning sekin oshishi strukturaviy elementlarning deformatsiyasi va ko’chish jarayonlarining to'liq sodir bo’lishiga, materialda paydo bo'ladigan kuchlanishlarning qisman bo'shashishiga yordam beradi, shuningdek, havoning presslangan mahsulotdan ajralib chiqishini osonlashtiradi. Presslashning dastlabki bosqichlarida presslanayotgan yarim mahsulot hajmida havo bir tekis taqsimlanmaydi. Zichlangan materialning havo o'tkazuvchanligi ozgina bo'lganligi sababli, presslash paytida bosimning yanada oshishi g'ovaklardagi mahalliy havo bosimining sezilarli darajada oshishiga olib keladi, bu ba'zi joylarda hisoblangan kritik bosimdan oshib ketishi mumkin, bu esa kuchlanishlar olib tashlanganida namunani buzilishiga olib keladi (haddan tashqari bosim hodisasi). Tez presslash natijasida bunday hodisalarning paydo bo'lish xavfi juda yuqori. Presslashning dastlabki bosqichlarida presslash tezligidan ko'ra oxirgi bosimda presslashning (ushlab turish) davomiyligining ta'siri yarim tayyor mahsulotning zichligi uchun muhimroq hisoblanadi. Presslashning yakuniy bosimida ushlab turish qiymatlarini tavsiflash uchun A. S. Berejniy quyidagi tenglamani taklif qildi: ε= ε0-Alg(Bt+l), Bu yerda ε - ushlab turish vaqti τ dan keyin yarim mahsulotning g'ovakligi, ε0 – presslangandan keyin xuddi shu bosimda, lekin τ vaqt ichida ushlab turmasdan yarim mahsulotning g'ovakligi; A va B berilgan press kukunining doimiylari. Ushbu tenglamani olovbardoshlar texnologiyasida ba'zi massalar bo'yicha tekshirilganda 8-10 sek qiymatida hisobdagi va amaliy natijalar bir- biriga mos kelishini ko'rsatdi. Keyinchalik ushlab turish vaqtini uzaytirish deyarli foydasiz, chunki amaliyot shuni ko'rsatdiki, bunda yarim mahsulotning zichligi oshishi kuzatilmaydi. Ko'pgina sanoat presslarida qoliplashning oxirgi bosimida sezilarli darajada ushlab turmasdan amalga oshiriladi. Odatda, presslash davrining umumiy davomiyligi boshqariladi, bu bilan birga bosimning ortib borish tezligi ham o'zgaradi. Ma'lum bo'lishicha, yuqori tezlikli presslarda bir xil zichlikli yarim mahsulotni olish uchun, sekinroq shakllantiruvchi agregatlarga qaraganda biroz ko'proq bosim talab qilinadi. Keramik press kukunlar tarkibidagi suv yoki suvsiz texnologik biriktiruvchilarning miqdori press kukunlarining zichlanish jarayoniga va yarim mahsulotning oxirgi namligiga ta'sir qiluvchi eng muhim omillardan biridir. Gil tuproqli kukunlarni presslash jarayoniga namlikning ta'siri ko'plab tadqiqotchilar tomonidan o'rganilgan va quyidagilar aniqlangan: 1. Namlikning oshishi zarrachalarning bir-biriga ilashishiga olib keladi, natijasida, dastlabki gilli kukunning zichligi pasayadi, bu kukunni erkin holda to'ldirish vaqtida ko'prikchalarning shakllanishiga olib keladi. 2. Namlik oshishi bilan quyi bosimlarda presslashda yarim mahsulotning cho’kish o’lchamlari va intensivligi ko’payadi. Bu holat siqiladigan tizimda ichki ishqalanishning kamayishi va plastiklikning oshishi natijasida sodir bo’ladi. Lekin, suyuq biriktiruvchi miqdorining ortishi bilan zichlanish jarayoni uning hajmi bilan cheklanadi va zichlikning chegarasi kamayadi. 3. Ko'rsatilgan holatlarga muvofiq holda, namroq kukunlarni past bosim ostida presslashda zichligi yuqori bo'lgan ixcham yarim mahsulotlar ishlab chiqariladi. Biroq, bosim oshgani sayin, biriktiruvchining miqdori kamaygan yarim mahsulotlarning zichligi oshadi va muayyan vaqtda nam kukunlarning zichligidan oshib ketadi. Yarim mahsulotning namligi, bosim va g'ovakligi o'rtasidagi bog'liqlik 2.3 rasmda ko'rsatilgan. Ushbu grafikni tahlil qilib, har bir presslash bosimi uchun mos keladigan optimal namlikda optimal zichlanishga erishiladi degan xulosaga kelish mumkin. Presslash bosimi qanchalik baland bo'lsa, press kukunining optimal namligi shunchalik past bo'ladi. Yarim quruq presslash usulida buyumlarni bir tekis presslash uchun ularning uzunligining diametriga nisbati kabi cheklashlar qo’yiladi. Massada bosimning o'zgarishi murakkab shaklni notekis to'ldirilishi yoki nisbatan uzun qolipning devorlariga nisbatan massani ishqalashi tufayli sodir bo'ladi. Rasm. 2.3. Yarim mahsulotni presslash bosimining va namligining uning g'ovakligiga ta'siri Oxirgi holatda, 2.4 shaklda ko'rsatilganidek, qolip devorlarida zichlanishning maksimal qarshiligi kuzatiladi. Silindrlarni uzunlik va diametr nisbati katta bo'lgan holda, bir tomonlama presslashda bosimning yarim mahsulotning balandligi bo'yicha taqsimlanishida sezilarli farqlar mavjud. Bu holatni amalda ikki tomonlama presslash, turli xil samarali smazkalardan foydalanish, massaga turli sirt faol moddalarni kiritish va boshqalar bilan yaxshilash mumkin. Rasm. 2.4. Silindrsimon shaklda bir tomonlama presslashda zichlangan kukundagi bosimning taqsimlanishi. Doimiy bosim chiziqlari ko'rsatilgan. UD - namuna uzunligining uning diametriga nisbati. Shu bilan birga, uzunlikning diametrga nisbatining o'sishida chegara mavjud - unga erishilganda bosimning notekis taqsimlanishi yuzaga keladi va natijada yarim tayyor mahsulotning zichligi notekis bo’lishi hamda kuydirilgandan so’ng turli nuqsonlar shaklida o'zini namoyon qilishi mumkin. Download 0.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling