Keramika bu mineral va organik qo’shimchalar bilan gildan qoliplash, so’ngra quritish va pishirish orqali olingan sun’iy tosh materiallarining katta guruhining umumiy nomi
I BOB. KERAMIK QURILISH MATERIALLARI ISHLAB CHIQARISH UCHUN XOM-ASHYOLAR
Download 0.89 Mb.
|
Keramika darslik
- Bu sahifa navigatsiya:
- Gilli minerallar.
I BOB. KERAMIK QURILISH MATERIALLARI ISHLAB CHIQARISH UCHUN XOM-ASHYOLAR
1.1. Keramika qurilish materiallari ishlab chiqarish uchun xom ashyo Keramika qurilish materiallari ishlab chiqarishda quyidagi xom ashyolar qo’llaniladi - gilli minerallar va qoshimchalar. Gilli minerallar. Gilli minerallar cho’kindi tog’ jinslari sinfiga mansub gidrosilikatlar bo’lib, ular suv bilan xamir hosil qilish va qoliplanish noyob qobiliyatiga ega. Tashqi yuk ta’sirida uzluksizlikni yo’qotmasdan deformatsiyalanadi, ma’lum bir shaklga ega bo’ladi va quritgandan so’ng bu shaklni saqlab qoladi, pishgandan keyin toshga o’xshash qattiq jismga aylanadi. Gilli tuproqlarning kelib chiqishi haqida ikkita faraz mavjud - geologik va kimyoviy. Birinchi taxminga ko’ra, gil minerallari dala shpatlarining parchalanishi natijasida hosil bo’lgan: [R2O∙ Аl2O3∙6SiO2] + 2Н2O + СO2 → [Аl2O3∙ 2 SiO2 ∙2Н2О] + R2CO3 + 4SiO2 Dala shpati kaolinit Ikkinchi taxminga ko’ra, gilli minerallar o’rtacha bosim va haroratda Al(OH)3 geli va kremniy kislotasining o’zaro ta’siridan hosil bo’lgan. Paydo bo’lishiga ko’ra - birlamchi va ikkilamchi gilli minerallarga bo’linadi. Birlamchi gilli minerallar, odatda suvda cho’kish joylarida turli dala shpati jinslarining qalin qobigʻining nurab tarqalib ketishidan hosil boʻladi. Shunda konning asosiy gilli minerali kaolinit hisoblanadi. Ikkilamchi gil konlari gilli minerallarning hosil bo’lgan joyidan cho’kish joyiga turli transport - suv, shamol, muzlik va boshqalar yordamida ko’chishi natijasida hosil bo’ladi. Agar, qo’shimchalarsiz, ya’ni faqat nurab tarqalgan gilli mineral hosil bo’lish joyidan cho’kish joyiga ko’chirilsa, ikkilamchi gillar kaolinit xususiyatini saqlab qoladi va ikkilamchi kaolinlar deb ataladi. Ikkilamchi kaolinlar, birlamchi bilan solishtirganda boyitilgan hisoblanadi, chunki ular ko’chirish jarayonida (tabiiy flotatsiya tufayli) birlamchi kaolin tarkibidagi aralashma sifatida mavjud bo’lgan barcha erkin kvarslarni yo’qotadi. Ikkilamchi gilli minerallar konning geologik tuzilishining tabiatiga, gil mineralning qayerdan kelib chiqishiga va ko’chish xususiyatiga qarab, kaolinitdan tashqari boshqa gilli minerallarni ham o’z ichiga olishi mumkin. Muzliklar orqali gillarning tashilishi gillarning ko’plab boshqa minerallar bilan aralashishiga olib keladi, buning natijasida ikkilamchi gillarda sezilarli darajada qo’shimcha aralashmalar paydo bo’ladi. Cho’kkandan keyin, gilli minerallar metamorfizm hodisasi natijasida o’z tarkibini turli darajada o’zgartirishi mumkin. Agar metamorfizm ishqorlarning kiritilishi bilan birga bo’lsa, unda turli xil gidroslyudalar va ularga yaqin bo’lgan hosilalar (illitlar) paydo bo’lishi mumkin. Gilli materiallarning klassifiratsiyasi: - mineralogik tarkibi bo’yicha: 1. Kaolin - nakrit, dikrit, kaolinit minerallari, nazariy tarkibi- [Al2O3∙2SiO2∙2H2O] 2. Montmorillonit - montmorillonit minerali–[Al∙1,67(Na2O0,33;MgO0,33)∙2SiO2∙2H2O] 3. Illit - illit minerallari, gidroslyuda - [K2O∙MgO∙4Al2O3∙7SiO2∙2H2O] 4. Barcha turdagi gilli materillarni o’z ichiga olgan polimineral gillar. - tarkibida alyuminiy oksidining massa miqdori bo’yicha: • yuqori giltuproqli - 45% dan ortiq; • asosiy - 28% dan ortiq; • yarim norton - 28% dan kam. - granulometrik tarkibi bo’yicha: • yuqori dispersli – bunda, o’lchami 0,01 mm dan kam bo’lgan zarrachalar 85% dan ko’proq va o’lchami 0,001 mm dan kam bo’lgan zarrachalar 60% dan ortiq bo’ladi; • dispers - 0,01 mm dan kichik zarrachalar miqdori 40 - 85% va 0,001 mm dan kichik zarrachalar 20 - 60% miqdorida bo’ladi; • dag’al dispersli - bir xil fraksiyalarning tarkibi bilan, mos ravishda 40 dan kam va 20% dan kam. Disperslik gilli minerallarning plastikligi (qayishqoqligi) bilan bevosita bog’liq bo’ladi. Gilli minerallarning plastikligi (qayishqoqligi)- bu tashqi yuk ta’sirida yaxlitlikni yo’qotmasdan har qanday shaklga kirish va yuk olib tashlangandan keyin berilgan shaklni saqlab qolish qobiliyatidir. U plastiklik soni bilan tavsiflanadi: Pp = Wo – Way Bu yerda Wo - oquvchanlik meyoriga (%) mos keladigan namlik miqdori. Bu tizimning plastik va oquvchan - qovushqoq holati o’rtasidagi chegara; va Wya - tizimning mo’rt va plastik holati o’rtasidagi chegarada bo’lgan yassilanish me’yoriga (%) mos keladigan namlik miqdori. Plastiklik soniga ko’ra: Yuqori plastik (Pp ≥ 25) Plastik (Pp = 15 - 25) O’rtacha plastik (Pp = 7-15) Quyi plastik (Pp < 7) Plastik emas. Gilli minerallarining qayishqoqligi qanchalik yuqori bo’lsa, qoliplash xamirini olish uchun shuncha ko’proq suv kerak bo’ladi. Gillarning pishish qobiliyati - bu yuqori haroratda kuydirish natijasida birikib toshsimon tanani (cherepok) hosil qilish qobiliyatidir. Pishish harorati bo’yicha: Quyi haroratda (<1100 °С); O’rtacha haroratda (1100-1300 °С); Yuqori haroratda (> 1300 °С). Kuydirish harorati Tk va deformatsiya sodir bo’lish harorati Tb o’rtasidagi farq kuydirish harorati oralig’i deb ataladi. Gillarning olovbardoshliligi yuqori harorat ta’siriga (erimasdan) bardosh berish qobiliyatidir. - olovbardoshligiga ko’ra: • olovbardosh (>1580 °C); • qiyin eruvchan (1350 - 1580 °C); • yengil eruvchan (< 1350 °S). - kuygan rangiga ko’ra: • kuydirilganda oqich rangga kiruvchi; • kuydirilganda qizil rangga kiruvchi gillar. Yuqori sifatli keramika mahsulotlari va olovbardosh materiallarni ishlab chiqarish uchun zararli aralashmalar (temir, kaltsiy, magniy oksidlari va ishqorlar) minimal bo’lgan gilli minerallardan foydaniladi. Ushbu gillar olovbardoshlar, oq yonuvchanlar sinfiga mansub. Qurilish mahsulotlarini ishlab chiqarish uchun yengil eruvchan va qiyin eruvchan gillardan foydalaniladi: och rangda va tarkibida yuqori miqdorda aralashmalar bo’lgani sababli qizil rangda yonuvchan, (%): • temir oksidi <12; • kaltsiy <15; • magniy < 2; • ishqorlar < 5. Asosan g’isht va keramik toshlar, plitkalar, drenaj va kanalizatsiya quvurlari va barcha turdagi keramik plitkalar ishlab chiqarishda iste’mol qilinadi. 1100> Download 0.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling