Keramika bu mineral va organik qo’shimchalar bilan gildan qoliplash, so’ngra quritish va pishirish orqali olingan sun’iy tosh materiallarining katta guruhining umumiy nomi


Download 0.89 Mb.
bet6/20
Sana07.04.2023
Hajmi0.89 Mb.
#1339677
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
Keramika darslik

1.2.3. Xromli ruda
Xromli rudalarining asosiy tarkibiy qismi shpinellarning (Mg,Fe) (Al,Cr)2O4 70 dan 90% gacha murakkab qattiq eritmalaridan tashkil topgan bo’lib, ularda aralashma sifatida kalsitlar, magnezitlar, dolomitlar ishtirok etadi. Xrom rudalari asosiy magmalarning kristallanishi jarayonida hosil bo’ladi, ya’ni ular xilma xil tarkibli va tuzilishli otilib chiqqan tog’ jinslaridir. Olovbardosh materiallarni ishlab chiqarishda xrom rudasi to’liq kuydirilgan magnezit yoki periklaz bilan aralashma holida ishlatiladi.
1.2.4. Sirkoniy dioksidi (baddeleit)
Sanoatda sirkoniy dioksididan eng yuqori olovbardoshlik xususiyatiga ega (2500 °C dan yuqori) va texnik keramika ishlab chiqarilishida foydalaniladi. Mamlakatimizda baddeleit Kuramin tizmasining Toshkent viloyati hududida joylashgan shimoli-gʻarbiy yon bagʻirlarida aniqlangan, undan tashqari zirkoniy dioksidi sirkonni- ZiSiO4 kimyoviy usulda qayta ishlash orqali olinadi. Sirkoniy dioksidi noyob minerallarga tegishli emas, balki boshqa foydali minerallarni ham o’z ichiga olgan monosit qumlarining tarkibida tarqalgan minerallarga tegishli. Sanoat maqsadlarida sirkon qumlardan flotatsiya yo’li bilan ajratiladi, undan so’ng tarkibidagi temirli birikmalardan tozalash maqsadida xlorid kislotasi bilan ishlov beriladi, chunki tayyor mahsulot tarkibida temirli birikmalar 0,15 %og’irlikdan oshmasligi kerak.



  1. KERAMIKA MATERIALLARI TEXNOLOGIYASINING ASOSIY USULLARI

Keramika materiallari ishlab chiqarish texnologiyasi texnologik operatsiyalarning ma’lum bir ketma-ketligi bilan tavsiflanadi, ya’ni: xom ashyoni qazib olish, ularni qayta ishlash, tarkibiy qismlarni aralashtirish, mahsulotni qoliplash, uni quritish va pishirish.
2.1. Xom ashyoni qazib olish
Keramika sanoatida ishlatiladigan mineral xom ashyolar murakkab geologik va fizik-kimyoviy jarayonlar natijasida hosil bo’lgan noorganik, metallmas materiallardir. Ularning keramik xossalari asosiy mineralning kristall tuzilishi va kimyoviy tarkibi, hamda yondosh aralashmalarning miqdori va tabiati bilan belgilanadi.
Shuning uchun xom ashyoning mineralogik xarakteristikalari konga qarab va hatto bir kon chegarasida ham juda xilma-xil bo’lib, xom ashyoni mos ravishda tayyorlashni talab qiladi.
Xom ashyoni qazib olish usuli odatda konning chuqurligi, hosil bo’lishda geologik sharoitlari va ekologiyasi bilan belgilanadi. Iqtisodiy tomondan, ochiq usulda qazib olish usullari eng maqbul deb hisoblanadi.
Ochiq usulda qazib olish usuli ko’pincha qalinligi o’nlab metrga yetishi mumkin bo’lgan unumdor tuproq qatlamini o’z ichiga olgan yuzini olib tashlashdan iborat bo’lib, undan keyin yer qatlami to’liq yoki tanlab Rotorli yoki cho’michli ekskavatorlar bilan ishlab chiqariladi. Birinchi holda o’rtacha tarkibdagi, ikkinchisida boyitilgan xom ashyo olinadi.
Bundan tashqari, gidravlik monitorlar yordamida va portlashlar yordamida ham maydonni qazib olish mumkin.

Download 0.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling