Keramika bu mineral va organik qo’shimchalar bilan gildan qoliplash, so’ngra quritish va pishirish orqali olingan sun’iy tosh materiallarining katta guruhining umumiy nomi


Download 0.89 Mb.
bet9/20
Sana07.04.2023
Hajmi0.89 Mb.
#1339677
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   20
Bog'liq
Keramika darslik

2.3.1. Dag’al dispers massalar
Dag’al dispers massalar turli xil aralashtirish agregatlarida tayyorlanadi, massani aralashtirish uning namlanishi bilan birga amalga oshiriladi.
Aralashtirish agregatlarining ikki asosiy turlari mavjud: uzluksiz va davriy. Birinchi turga turli shakldagi vintli kurakchali, bir va ikki o’qli aralashtirgichlar kiradi.
Ikkinchi turga og’ir juvali aralashtirgich choporlari va yengil juvali markazdan qochma (tezkor) aralashtirgich choporlari kiradi. Xuddi shu turga gorizontal o’qqa o’rnatilgan Z shaklidagi aralashtirish kurakchalari bo’lgan, majburiy harakatlanuvchi aralashtirgichlar kiradi. Yuqorida aytib o’tilgan barcha turdagi aralashtirgichlarda aralashtiralayotgan shixtalarning bir jinsliligiga qoniqarli darajada erishish mumkin. Amalda aralashtirilayotgan materiallarning bir jinsliligini oshirish uchun ikki bosqichli aralashtirish qo’llaniladi - avval quruq, keyin esa ho’l usulda aralashtiriladi. Bunday jarayonni amalga oshirish uchun ikki yoki undan ortiq aralashtirgichlar uzluksiz ishlovchi agregatlarda ketma-ket o’rnatiladi.
Dag’al dispers plastik massalarni aralashtirishda ketma-ket joylashtirilgan uzliksiz ishlovchi quruq va ho’l aralashtirgichlar afzalroqdir. Quruqroq kukunsimon massalarni tayyorlashda (olovbardosh materiallar ishlab chiqarishida) davriy ishlovchi aralashtirish agregatlari afzalliklarga ega. Ular qayta ishlangan materialga yanada kuchli mexanik ta’sir ko’rsatishi bilan ajralib turadi. Bu ustunlik ushbu agregatlarning past mahsuldorligi bilan bog’liq kamchiliklaridan ko’ra muhimroq bo’lib chiqadi. Ishlov berish natijasida aralashtirgichlarda ko’proq bir jinsli va tuzilish jihatidan farq qiluvchi, keyinchalik qoliplash uchun qulay bo’lgan massalar olinadi.
2.3.2. Nozik dispers massalar
Quruq aralashtirishda mayda zarrachalarning birikish qobiliyati tufayli mayda donador massalarning gomogenlashuvi nihoyatda qiyin. Shuning uchun, nafis keramika mahsulotlari ishlab chiqarishda, materiallarni ho’l usulda kukunlash jarayoni aralashtirish jarayobi bilan birga olib boriladi, yoki komponentlarni alohida ho’l usulda kukunlashdan so’ngra, aralashtirish hovuzlarida shliker shaklida aralashtirish jarayoni amalga oshiriladi.
Keyin olinadigan mahsulot turiga qarab, shu massalar minorali purkagichli quritgichlarda (barcha turdagi keramik plitkalar ishlab chiqarishda) quritiladi, yoki, massalar plastik qoliplash uchun mo’ljallangan bo’lsa, filtr presslarida suvsizlanadi. Bu yerda suv 1,2 - 1,5 MPa bosim ostida olib chiqariladi.
Sanoatning bir qator tarmoqlarida (quyma yoʻli bilan texnik keramika ishlab chiqarish) shu tarzda tayyorlangan shlikerlar bevosita mahsulotlarni qoliplash uchun ishlatiladi. Lekin chinni va fayans buyumlari texnologiyasida namlik miqdori 18-25% bo’lgan oldindan suvsizlangan xamirlardan keyinchalik 40-45% namlikgacha suyiltirilib shliker tayyorlanadi.


Download 0.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling