Keramika bu mineral va organik qo’shimchalar bilan gildan qoliplash, so’ngra quritish va pishirish orqali olingan sun’iy tosh materiallarining katta guruhining umumiy nomi


Download 0.89 Mb.
bet12/20
Sana07.04.2023
Hajmi0.89 Mb.
#1339677
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   20
Bog'liq
Keramika darslik

2.4.2. Plastik usulda shakllash
Plastik usulda massalardan yarim tayyor mahsulotni ishlab chiqarish bugungi kungacha keramika texnologiyasida mahsulot olishning eng qadimgi va eng keng tarqalgan usuli hisoblanadi. Qadim zamonlardan beri plastik usulda qoliplash jarayonlari gilli materiallarini suv bilan aralashtirganda plastik xamir olinishi, tashqi bosim ta'sirida o’zgaruvchanligi, yaxlitligini yo'qotmasdan istalgan shaklni olish va quritishdan keyin bu shaklni saqlab qolish qobiliyatiga asoslangan.
Texnika keramikasi texnologiyasida gilli komponentlarining mavjudligi mumkin bo’lmagani uchun, texnologik biriktiruvchi sifatida keramik massalarga plastiklik beruvchi organik materiallar (odatda qizdirilgan holatda) ishlatiladi. Hozirda plastik usulda shakllash massalari nozik dispersli mineral zarrachalardan tayyorlangan yuqori konsentrlangan suspenziyalar hisoblanadi.
Keramika massalaridagi suyuq biriktiruvchilarning hajmi 30 - 50% ga yetishi mumkin va gilli materiallarga asoslangan odatdagi massalardagi suv miqdori og'irlik bo'yicha 15 - 20% ni tashkil qiladi.
Plastik usulda qoliplash massalari koagulyatsion tuzilmalarga tegishli, ya'ni qattiq zarralar orasidagi o'zaro ta'sir deyarli to'liq ularni ajratuvchi suyuqlik qatlamlari orqali amalga oshiriladigan tuzilmalardir. Plastik dispers tizimlar juda aniq “oquvchanlik chegarasi” -Pk bilan tavsiflanadi. Agar ularga siljish kuchlanishlari oquvchanlik chegarasidan kamroq ta'sir etsa, tuzilishdagi muvozanat deyarli o'zgarmasdan, doimiy va juda katta samarali qovushqoqlikka -η0 ega bo'lgan, juda sekin massa oqimi sodir bo'ladi.
Oquvchanlik chegarasidan yuqori kuchlanishlarda struktura buzilishlarining boshlanishi natijasida samarali qovushqoqlikning pasayishi kuzatiladi. Kuchlanishning yanada ortishi bilan oquvchanlik tezligi va strukturaning buzilish darajasi oshadi va samarali qovushqoqlik ηm minimal qiymatga tushadi, bu siljish kuchlanishining Ppr ma'lum bir qiymatida butunlay strukturaning buzilishiga olib keladi.
Shvedov-Bingham tenglamasi plastik tizimlar uchun qo'llaniladi. Bu yerda joriy qilingan kuchlanish P va siljish tezligi dε/dτ o'rtasidagi bog'liqlik o'rnatilgan va tizimning harakatini tavsiflash uchun plastik qovushqoqlik ηp tushunchasi kiritilgan:
1.1
Samarali qovushqoqlik nisbati bilan ifodalanadi va plastik materiallarda berilgan tashqi kuchlanishlar qiymati hisobiga ko’p o’zgaradi. Shunday qilib, samarali qovushqoqlik η dan farqli o'laroq plastik qovushqoqlik    nisbatida ifodalanadi, va uning qiymatlari kuchlanishning keng intervallarida va plastik oqim tezligida deyarli o’zgarmas bo'lib qoladi.
Keramik massasining plastik xususiyatlarini baholash uchun ko'plab usullar (Volarovich, Rebinder, Nechiporenko) taklif qilingan, ular plastik usulda shakllash paytida ushbu massalarni tavsiflash imkonini beradi. Bundan tashqari, massalarning plastiklik xususiyatlarini "plastiklik soni" deb ataladigan baholash usuli keng tarqalgan. Bu baholash shakllash xususiyatlari saqlanib qolgan massalarning maksimal va minimal namligi o'rtasidagi farq sifatida aniqlanadi.
Plastiklik soni yuqori bo'lgan massalar yuqori plastik xossalari bilan ajralib turishi amalda aniqlangan. Shuning uchun shu xususiyatga asoslanib gillar plastiklik soniga ko’ra uchta sinfga ajratiladi: 7 dan kichik bo'lgan; 7 – 15 gacha va 15 dan katta. Lekin, bu usul tarkibida gilli komponenti bo'lmagan keramik massalarini va organik texnologik biriktiruvchilarni o'z ichiga olgan massalarni baholash uchun qo'llanilmaydi.
Keramika materiallar texnologiyasida mahsulotlarni qoliplash usuliga ko'ra ekstruziya, shtampli presslash va dumalatib shakl berish usullari ajralib turadi. Ekstruziya usulida plastik massani shakllantirish maxsus shakl beruvchi nasadka orqali sodir bo’ladi; shtampli presslashda mahsulotga shtamp bosilib shakl beriladi va shakllantirish shablonlari yordamida plastik massani aylanish stolida aylantirib dumalab shakl beriladi.
Keramika materiallari texnologiyasida eng muhim va keng qo'llaniladigan usul - bu shnek yoki porshenli siqish mexanizmi yordamida shakl beruvchi mundshtuk orqali massani bosib chiqarilishi hisoblanadi.
Shekli presslarning asosiy afzalligi ularning yuqori unumdorligi va texnologik jarayonning uzluksizligidir. So'nggi yillarda sezilarli yuqori bosimlarni rivojlantirishga qodir bo'lgan qattiq ekstruziya uchun presslar mavjud. Lekin kamchiliklar ham mavjud. Shnekli presslarning kamchiliklariga past bosimdagi kuchlanishlar (1,5 - 3,0 kg / sm2), yuqori plastiklikka ega bo'lgan massalardan foydalanish zarurati, aylanadigan kurakchalar tomonidan massa ta'minoti bilan bog'liq tuzilishdagi halqali nuqsonlar ehtimoli va boshqalari kiradi.
Porshenli presslarning unumdorligi past, presslash davri uzlikli bo'lib, bu massaning keyingi porsiyasini yuklash uchun porshenni vaqti-vaqti bilan chetki holatga o'tkazish zarurati bilan bog'liq.
Lekin, bu turdagi presslarda shnekli presslardagi bosimdan o'nlab marta yuqori bosimlarini yaratish mumkin. Porshenli presslarda halqasimon nuqsonlar bo’lmaydi. Ular qattiq, qolipga tushishi qiyin bo'lgan, gilli komponentlarini va suvli texnologik biriktiruvchilarni o'z ichiga olmaydigan texnik keramika massalarini hosil qilish uchun ishlatilishi mumkin.
Barcha ekstruziya usullarida shakllanadigan massaning press korpusuda harakatlanishi va xususan, pressning chiqish qismida (o'tish joyida va mundshtukda) murakkab kuchlanish holatlari paydo bo'ladi (2.5-rasm).
Bunday holda, harakatlanuvchi va deformatsiyalanadigan massaga maxsus qurilmada hosil bo’lgan bosim ta’sir etadi. Devorlarning sekinlashtiruvchi ta’siri, reaksiyasi va massaning ishqalanishi hisobiga devorlarning hosil bo’layotgan sekinlashtiruvchi ta'siri tufayli yuzaga kelgan chegaraviy bosim ta’sir ko’rsatadi. Agar mahsulot shnekli pressda qoliplangan bo'lsa, shnekning aylanuvchi harakatida paydo bo’layotgan qo'shimcha aylantiruvchi kuchlanish hosil bo'ladi.

Rasm 2.5. Shnekning chiqish qismidagi massaning deformatsiyalanish xarakteri


2.5 rasmda pressning chiqish qismida qoliplanayotgan massaning alohidagi qatlamlarining harakatlanish va deformatsiyalanish xarakterini aniqlash mumkin. Massaning markazi qismi uning tashqi qismiga nisbatan kattaroq tezlikda harakatlanadi, bunda massa qatlamlarida ma’lim miqdorda eguvchi kuchlar va qatlamlar orasida kuchlanish paydo bo’ladi. Bu kuchlanishlar bir muncha xavfli hisoblanadi, chunki bunda, massaning bog’lanish mustahkamligi oshsa, pressdan itarib chiqarilayotgan brus qatlamlanadi va uning qatlamlarida uzilishlar yuzaga keladi. Bu kuchlanishlar massaning bo’g’lanish kuchidan oshib ketgan bo'lsa kuchli xavf to’g’diradi, unda pressdan chiqayotgan brusning massa qatlamlarida uzilishlar paydo bo'ladi.
Ba'zida qatlamlanish ko'rinmaydi, ammo massaning ichki va tashqi qatlamlarining harakat tezligidagi bu farqlar mahsulotning notekis zichligiga olib kelishi mumkin, bunda keyingi texnologik operatsiyalar paytida turli xil nuqsonlar paydo bo'lishi mumkin. Mahsulotlarni plastik qoliplash jarayonida notekis zichligining salbiy oqibatlarini kamaytirish uchun mo'ljallangan asosiy texnologik usul bu, namlik va plastiklik nuqtai nazaridan optimal bo'lgan massani tanlash, massani yaxshi vakuumlash, pressning uzunligi va kallagining konussimonligini, shnek parragining oquvchanlik shakli va boshqa konstruktiv choralarni boshqarishdan ibotatdir.

Download 0.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling