Keramika bu mineral va organik qo’shimchalar bilan gildan qoliplash, so’ngra quritish va pishirish orqali olingan sun’iy tosh materiallarining katta guruhining umumiy nomi


Download 0.89 Mb.
bet4/20
Sana07.04.2023
Hajmi0.89 Mb.
#1339677
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
Keramika darslik

1.1.4. Vulkanik shisha
Vulkan shishalari vulqon otilishi paytida otilib chiqqan, qotib qolgan jinslardir. Perlit va obsidian keramika materiallari ishlab chiqarilishi uchun eng muhim hisoblanadi.
Perlitlar – otilib chiqqan jinslarning qotib qolgan vulqonik shishasi bo’lib, tarkibida 12% gacha ishqoriy metall oksidlarini ushlaydi. Ular, bir necha xil keramik plitalarni ishlab chiqarilishida suyuqlantiruvchi sifatida samarali qo’llaniladi.
Obsidian - tarkibida kvarts (10% gacha), dala shpati, biotit (obsidianning kimyoviy tarkibi 1.1-jadvalda keltirilgan) bo’lgan vulqon kelib chiqishi qora, kulrang yoki jigarrang shishasimon jinsdir.
1.1 -Jadval
Obsidianni o’rtacha kimyoviy tarkibi, mas. %

SiO2

Аl2Оз

Fe2O3

СаО

MgO

К2О + Na2O

75,71

13,57

1,63

1,49

0,002

7,44

Obsidian perlit kabi turli keramik plitalar ishlab chiqarishda qo’llaniladi.
1.1.5. Qo’shimchalar
Qo’shimchalar xom ashyo aralashmasining tarkibiy qismlari bilan pishish paytida o’zaro ta’sirlashmaydigan minerallar bo’lib, ular qattiq karkas hosil qiladi va sopolakning qisqarishini keskin kamaytiradi, shu bilan mahsulotlarni quritish va pishishini osonlashtiradi. Qo’shimchalar kelib chiqishiga qarab tabiiy va sun’iy bo’ladi.
O’zida kvars tutuvchi barcha turdagi minerallar (kvarslar va kvars qumi) tabiiy qo’shimchalardir. Kvars kremnezyomning eng muhim kristallik shakllaridan biri bo’lib, yer yuzasi sharoitidan kelib chiqib kremnezyomning barcha yashirin kristalli va kolloid modifikatsiyalari unga birikadi. Kremniy dioksidining kristall tuzilishi shunday tuzilganki, unda begona atomlarni joylashtirish uchun deyarli bo’sh joy yo’q, shuning uchun kvarsdagi SiO2 miqdori deyarli 100% ga yetadi. Lekin, tabiatda kvarts ko’pincha bog’langan minerallar bilan birga topiladi, bu ko’pincha konni to’g’ridan-to’g’ri ishlatish uchun yaroqsiz holga keltiradi va qo’shimcha kremniy dioksidini boyitish operatsiyalarini talab qiladi.
Keramika sanoati uchun kremnezyomning asosiy manbalari to’g’ridan - to’g’ri konlardan yoki kaolinni boyitish mahsulotidan olingan qumlardir. Ko’pincha zich kvarsitlar chinni va fayans va dinasli olovbardoshlar ishlab chiqarishida ishlatiladi.
Sun’iy qo’shimchalar ko’pincha ishlab chiqarish chiqindilari va olovbardosh gilni to’liq kuydirishidan olinadigan shamot kukunlaridir.
Shamotli kukunlaridan ko’proq shamotli olovbardoshlar ishlab chiqarilishida va ta’mirlash ishlarida foydalaniladi. Texnogen mahsulotlar (yog’och qipiqlari, issiqlik elektr stansiyalarining kullari, ko’mir qazib olish chiqindilari, metallurgiya shlaklarining ayrim turlari) dag’al qurilish keramikasi ishlab chiqarilishida ishlatilishi mumkin. Keramikada kvars qumi o’rniga yaroqsiz mahsulotlarini qo’shish ham mumkin.

Download 0.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling