Keramika bu mineral va organik qo’shimchalar bilan gildan qoliplash, so’ngra quritish va pishirish orqali olingan sun’iy tosh materiallarining katta guruhining umumiy nomi


Download 0.89 Mb.
bet3/20
Sana07.04.2023
Hajmi0.89 Mb.
#1339677
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
Keramika darslik

1.1.2. Gilli qumtuproqlar (Qumloqlar)
Bu turdagi tuproqlar- o’rtacha plastiklikka ega, cho’kindi jinslarga mansub bo’lib, uning tarkibida gil zarralari (o’lchami 0,005 mm dan kam) 10-30% ga yetadi. Gil zarralari tarkibiga ko’ra ular quyidagilarga bo’linadi:
• og’ir 20 - 30%;
• o’rtacha 15-20%;
• yengil 10-15%.
0,005 - 2 mm o’lchamdagi qum zarralari tarkibiga ko’ra, plastikligi 7 - 12 bo’lgan qumloqlar yengil (40% dan ortiq) va changli yengil (40% dan kam) bo’linadi. Agar qumloqlarning plastiklik darajasi 12 - 17 bo’lsa, unda qum zarralarining yuqorida berilgan tarkibda og’ir va og’ir changli qumloqlar ajralib turadi.
Qumloqlar asosan, keramik devorbop qurilish materiallari (g’isht, cherepitsalar, drenaj quvurlari) ishlab chiqarish uchun qimmatli xom ashyo bo’lib, keramik plitkalar ishlab chiqarishda esa kamroq ishlatiladi.
1.1.3. Suyuqlanuvchi qo’shimchalar (Plavni)
Suyuqlanuvchi qo’shimchalar sifatida shixtaning tarkibiy qismlari bilan o’zaro ta’sir qilib, pishish paytida suyuq fazani hosil qiluvchi minerallar ishlatiladi, buning natijasida pishish harorati pasayadi, sopolak zichlanib qotadi va mustahkamlanadi, keyin kristall faza birikadi. Tabiiy va sun’iy suyuqlanuvchilar mavjud.
Tabiiy suyuqlanuvchilarga ishqoriy metall oksidlari bo’lgan minerallar kiradi, bularga eng muhimlaridan dala shpati, pegmatitlar va vulqon shishalarini namuna keltirish mumkin.
Dala shpatlari K+, Na+, Ca+ kationlarining suvsiz aluminosilikatlari hisoblanadi. Deyarli barcha otqindi jinslarda mavjud. Ular birgina kationning kristall panjarasida boshqa bir nechta turdagi absolyut izomorf almashinish xususiyatini namoyon qiladi. Keramika materiallari ishlab chiqarishida dala shpatining eng muhim turlari:
• Kaliyli dala shpati - mikroklin, ortoklaz [K2O Al2O3 6SiO2];
• Natriyli dala shpati - albit [Na2O Al2O3• 6SiO2];
• Kalsiyli dala shpati - anortit [CaO 2Al2O3 2SiO2].
Dala shpatlari tabiatda keng tarqalgan, lekin odatda boshqa minerallar bilan chambarchas bog’liq bo’lgan mayda mineral agregatlar shaklida uchraydi. Shuning uchun dala shpatlari konlari soni kam. Dala shpatlarining ko’p qismi pegmatitlardan kelib chiqadi, ular kvarsli dala shpati turlaridan tashkil topgan kristalli jinslardir. Hozirgi vaqtda pegmatitlarni flotatsiya usuli bilan boyitish orqali dala shpati konsentratlari olinadi va keramika sanoatida foydalaniladi. Erkin kvars pishish jarayonida suyuq fazasining miqdorini kamaytiradi va bu eng sezilarli darajada natriyli dala shpatida sodir bo’ladi.
Umuman olganda, keramika sanoati uchun tarkibida (K2O + Na2O) kamida 12% bo’lgan dala shpatlari mos keladi.
Sun’iy suyuqlanuvchilardan ba’zi texnogen mahsulotlar - nefelin, singan shisha, ba’zi metallurgiya shlaklari, soda va potashni ko’proq misol ko’rsata olamiz.
Nefelin Na3K[AlSiO4]4 mineral tarkibidagi suvda ham uchraydi, lekin ko’pincha u fosforli o’g’itlar ishlab chiqarish jarayonida chiqindi suvlarida ajralib chiqadi, 12 - 18% gacha ishqorlarni o’z ichiga oladi va barcha turdagi keramik plitkalar ishlab chiqarishda keng qo’llaniladi.
Deraza oynalari va shaffof rangsiz oynalar (idishlar, butilkalar va boshqalar) siniqlari fasad va pol plitkalarini ishlab chiqarishda juda samarali suyuqlantiruvchi hisoblanadi.
Ayrim metallurgiya shlaklarining tarkibida ishqoriy oksidlar bo’lganligi sababli ularni ba’zi turdagi keramik plitkalarni ishlab chiqarishda ham qo’llash mumkin, lekin bu materiallar uchun maxsus sharoitlarning yo’qligi, kimyoviy tarkibidagi og’ishlar va keramika materiallari uchun zararli bo’lgan aralashmalar bilan ifloslanganligi ulardan foydalanishga to’sqinlik qiladi.

Download 0.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling