Kesim va uning ifodalanishi


) otlashgan son bilan: O‘nning yarmi besh


Download 96.87 Kb.
bet2/4
Sana28.02.2023
Hajmi96.87 Kb.
#1237057
1   2   3   4
Bog'liq
5-MA\'RUZA. Kesim

4) otlashgan son bilan: O‘nning yarmi besh.

5) ravish bilan: Dangasaning vaji ko‘p.

6) undov so‘z bilan: Buyruqni bajarmaganning holi voy.

7) modal so‘z bilan: Uning ezgu niyatlari bor.

Kesimning tuzilish jihatdan turlari

1. Sodda kesim bir so‘zdan iborat bo‘ladi:

1) sodda fe'l-kesim: Men keldim.

2) sodda ot-kesim: Uyat o‘limdan qattiq.

2. Murakkab kesim kamida ikkita so‘zdan tuzilgan bo‘ladi:

1) murakkab fe'l-kesim quyidagicha tuziladi:

a) ko‘makchi fe'lli so‘z qo‘shilmasidan iborat bo‘ladi: Odamlar tarqala boshladi.

b) sifatdosh va to‘liqsiz fe'ldan iborat bo‘ladi. Mashg‘ulot haftada bir marta o‘tadigan bo‘ldi. U kelgan edi.

MURAKKAB OTKESIM

Murakkab ot-kesim quyidagicha tuziladi:

a) ot, sifat, son, olmosh, ravish hamda "bo‘lmoq" fe'li yoki to‘liqsiz fe'ldan iborat bo‘ladi: Mehnat qancha qiyin bo‘lsa, noni shuncha shirin bo‘ladi.

b) yo‘q, bor, oz, ko‘p, zarur, lozim, kerak, darkor kabi so‘zlar hamda bo‘lmoq fe'li yoki to‘liqsiz fe'ldan iborat bo‘ladi: Uzoqda ko‘ringan sharpa bir zumda yo‘q bo‘ldi.

d) harakat nomi hamda kerak, lozim kabi so‘zlardan iborat bo‘ladi, bunda kesimni ega bilan moslashtiruvchi shaxs-son qo‘shimchalari harakat nomiga qo‘shiladi: Choyxona yangi solingan qishki binoga ko‘chib kirishi va bayramda ochilishi kerak edi.

BOG‘LAMA

Ot-kesimni ega bilan bog‘lovchi vosita bog‘lama deb ataladi. Bog‘lama -dir kesimlik qo‘shimchasi (Mehnatning noni shirindir), shu qo‘shimchaga sinonim bo‘lgan bo‘lmoq, hisoblanadi, sanaladi fe'llari (U kishi mening ustozim hisoblanadi), to‘liqsiz fe'llar (U mening do‘stim edi), shuningdek, ot-kesimlarga qo‘shilgan shaxs-son qo‘shimchalari (Men o‘quvchiman) bilan ifodalanadi. Bog‘lama ot-kesimga mayl, zamon, shaxs-son ma’nolarini kiritadi.


Download 96.87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling