5. Ega bilan kesim bu, u, mana bu so‘zlari bilan ajratilgan holatlarda tire shu so‘zlardan oldin qo‘yiladi: Istiqlol – bu o‘zbek xalqining azaliy orzusi. - II. Quyidagi holatlarda ega bilan kesim orasida bog‘lama bo‘lmasa ham, tire qo‘yilmaydi:
- 1. Ega kishilik olmoshi bilan ifodalangan bo‘lsa, tire qo‘yilmaydi: U tajribali iqtisodchi.
- 2. Kesim kelishik qo‘shimchasini olgan bo‘lsa: Butun umidimiz sendan.
- 3. Ega bilan kesim o‘rtasida ham yordamchi so‘zi bo‘lsa: Men ham kichik paxtakor.
- 4. Kesim sifat, son (miqdor sondan tashqari), ravish bilan ifodalansa: Shahrimiz go‘zal. Kitoblar soni beshta. Mening orzularim ko‘p.
UYGA VAZIFA - Tegishli adabiyotlardan mavzuni konspektlashtirish.
- “Ona tilidan mashqlar to’plami”dagi tegishli mashqlarni bajarish.
- LTQdagi mavzuga tegishli qoliplarni to’ldirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |