Ta’rif. Agar to‘g‘ri chiziqda koordinatalar boshi deb ataluvchi O nuqta, musbat yo‘nalish va masshtab birligi tanlab olingan bo‘lsa.
u holda to‘g‘ri chiziqda Dekart *) koordina-
. .M l talar sistemasi berilgan deyiladi. Bu
O to‘g‘ri chiziqdagi M nuqtani to‘la aniqlash uchun, undan O nuqtagacha bo‘lgan masofa OM kesmaning uzunligi va yo‘nalishi berilgan bo‘lishi kerak. Kesmaning yo‘nalishi + yoki – ishoralar orqali, masalan O nuqtadan o‘ng tomonga ko‘yilsa musbat, chap tomonga qo‘yilsa manfiy deb qabul qilingan. SHu qabul qilingan shartda, to‘g‘ri chiziqning har bir nuqtasi yagona bir sonni ifodalaydi. Bu son qaralayotgan nuqtaning abssissasi (koordinatasi) deyiladi va x harfi bilan belgilanadi, xuddi shuningdek, harbir haqiqiy songa to‘g‘ri chiziqda yagona nuqta mos keladi. Ya’ni to‘g‘ri chiziq ustidagi nuqtalar va haqiqiy sonlar to‘plami orasida bir qiymatlii moslik o‘rnatiladi.
Abssissasi x ga teng M nuqtani M(x) ko‘rinishda belgilanadi. (M1(1), M2(2), M3 (-2), M4(-5), M5(0)) nuqtalarni yasang.
Analitik geometriyada nuqta berilgan deganda, uning koordinatasi berilgani tushuniladi.
Tekislikda Dekart koordinatalar sistemasi Tekislikda to’g’ri chiziqli (Dekart) koordinatalar sistemasi deb umumiy kesishish nuqtasiga (koordinatalar boshiga ) va bir xil masshtab birliklariga ega bo’lgan hamda o’zaro perpendikulyar bo’lgan Ox va Oy o’qlarga aytiladi. Ox – abssissalar o’qi, Oy – ordinatalar o’qi deyiladi. Ixtiyoriy M nuqtadan Ox va Oy o’qlarga perpendikulyarlar tushiramiz. x soni M nuqtaning abssissasi, y soni esa M nuqtaning ordinatasi deyiladi. (x,y) juftlik M nuqtaning koordinatalari deyiladi Tekislikda har bir nuqtaga haqiqiy sonlarning yagona (x,y) jufti mos keladi. Nuqtalarning tekislikda joylashgan o’rnini aniqlash usuli koordinatalar usuli deyiladi.
Tekislikda har bir nuqtaga haqiqiy sonlarning yagona (x,y) jufti mos keladi. Nuqtalarning tekislikda joylashgan o’rnini aniqlash usuli koordinatalar usuli deyiladi.
M(x,y) nuqtadan koordinatalar boshigacha bo’lgan masofa
D= 𝑥2 + 𝑦2
Formula bilan topiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |